Pedagogik diagnostika
Shkalalar № Shkalalarning mo’ljallangan-ligi
Download 1.85 Mb.
|
ДИАГ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsning tarbiyalanganlik darajasiga quyiladigan talablar
- Kasbiy madaniyatga aloqador mezonlar
4. Qanday mezonlar asosida tashxislanuvchilarning tarbiyalanganlik darajasini aniqlash mumkin? Quyida keltirilgan mezonlar bu muolajani o`tkazish uchun yetarlimi. Javobingizni izohlang. Shaxsning tarbiyalanganlik darajasiga quyiladigan talablar
5. Qanday mezonlar asosida tashxislanuvchilarning kasbiy madaniyat darajasini aniqlash mumkin? Javobingizni izohlang Kasbiy madaniyatga aloqador mezonlar
Respublikamizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohatlar xar tomonlama uyg`un, barkamol Shaxsni Shakllantirishga va bu borada ta’sirchan mexanizmlarni, yangicha tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini yaratishga qaratilgan. Oliy ta’lim muassasalarining bakalavr yo`nalishida pedagogik tashxislash va korreksiyalash yo`llari o`ziga xos xususiyatlarga ega. Talabalar deganda moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishda ijtimoiy hayotga va mutaxassislikka oid rollarni muayyan qoida va maxsus dastur asosida bajarishga tayyorlanayotgan ijtimoiy guruh tushuniladi. Oliy o`қuv yurtidagi ta’limning o`ziga xos xususiyatlari talabalarning boshqa ijtimoiy guruhlar bilan (ular hoh rasmiy, hoh norasmiy bo`lishidan qat’i nazar) muloqotga kirishish uchun muhim imkoniyat yaratadi. Talabalik davrining asosiy xususiyatlaridan biri ijtimoiy yetuklik( kamolot) Shaxsdan zarur aqliy qobiliyatni hamda ijtimoiy turmushda bajariladigan turli rollarni egallshga(oila qurishga), farzandlarni tarbiyalashga, foydali mehnatda qatnashishga(mas’ul vazifada ishlashga) tayyorlanishni talab qiladi. Mazkur jarayonning bosh mezonlari va ko`rsatkichlari o`rta ma’lumotlilik, jamoatchilik topshiriqlari, mehnatda faollik ko`rsatish, qonunlar oldida javobgarlik, mutaxassis bo`lish imkoniyati, unga intilish tuyg`usi, irodaviy kamolotga erishish, yosh otalik va onalik burchi, ijtimoiy guruhga rahbarlik qilish, sport bilan Shug`ullanish, bo`Sh vaqtni tashkil eta olish, to`garaklarda qatnashish va boshqalardan iborat. Talabalik davri o`spirinlikning ikkinchi bosqichidan iborat bo`lib, 17-22 yoshni o`z ichiga oladi va o`zining betakror xususiyatlari va qarama-qarShiliklari bilan tavsiflanadi. Shu boisdan talabalik davri Shaxsning ijtimoiy hamda kasbiy mavqeini anglashdan boshlanadi. Mazkur pallada o`spirin o`ziga xos ruhiy inqiroz yoki tanglikni boshidan kechiradi, jumladan, kattalarning har xil ko`rinishdagi rollarini tez sur’atlar bilan bajarib ko`rishga intiladi, turmush tarzining yangi jihatlariga ko`nika boshlaydi. Katta odamlarning turmush tarziga o`tish jarayoni Shaxsning kamol topish xususiyatlariga bog`liq ichki qarama-qarShiliklarni keltirib chiqaradi. Oliy ta’lim tizimida pedagogik diagnostika va korreksiyalashning asosiy vazifasi: talabalarni mustaqil bilim olishga, o`z faoliyatini o`zi tashkil qilishga, o`zini o`zi boshqarishga, yangi g`oyalarni ishlab chiqishga o`rgatish, xulqning eng muhim sifatlari-mustaqillik, tashabbuskorlik topqirlik, farosatlilikni o`stirishga yordam beradi. Bir qator olimlar: B.G. Ananev, M.G. DavletShin, I. I. Ilyosov, E. G`oziyevlarning fikrlaricha, talaba 17-19 yoshda ham o`z xulqi va bilish faoliyatini ongli boshqarish imkoniyatiga ega bo`lmaydi va Shunga ko`ra xulq motivlarining asoslanmagani, uzoqni ko`rolmaslik, ehtiyotsizlik kabi holatlar ro`y beradi. V. T. Litovskiyning fikricha, 19-20 yoshlarda ayrim salbiy hatti-harakatlar ko`zga tashlanadi. Mazkur yoshda hohish hamda intilishning rivojlanishi iroda va xarakterdan ancha ilgarilab ketadi. Bunda odamning hayotiy tajribasi alohida ahamiyatni kasb etadi, chunki talaba Shu tajriba yetishmasligi natijasida nazariya bilan amaliyotni, fantaziya bilan reallikni, romantika bilan ekzotikani, haqiqat bilan illyuziyani, orzu bilan hohish, optimizm bilan qat’iylikni aralaShtirib yuboradi. Oliy ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya ishlarini rejalshtirishda talabalarning o`ziga xos xususiyatlarini inobatga olish mazkur davrning muhim Shartlaridan biridir. Ayrim paytlarda ichki va tashqi vositalar, omillar ta’siri ostida uning ruhiy dunyosida umidsizlik, ruhiy parokandalik kayfiyati, istiqbolga ishonchsizlik, ikkilanish, hadiksiraSh kabi salbiy his-tuyg`ular namoyon bo`ladi. O`z Shaxsiyatiga nisbatan ichki ishonchsizlik, o`qishga nisbatan esa salbiy munosabatning kelib chiqishi talaba ruhiyatida keskin tushkunlikni keltirib chiqarishi mumkin. Buning oqibatida yoshlar o`ta zararli oqimlarga: aqidaparastlik, terrorchilik illatlariga qo`shilib ketishi, giyohvandlik, ichkilik, qimorbozlik, turli jinoyat ishlari kabi jirkanch yo`lga kirib qolishlari mumkin. Shu sababli pedagoglar, oila a’zolari, jamoat tashkilotlari, «Kamolot» yoshlar jamag`armasi va boshqa ijtimoiy institutlar o`spirinlikning ikkinchi pallasida turgan yoshlarni o`z vaqtida pedagogik tashxisdan o`tkazib turishlari, zarur bo`lsa korreksion metodikalardan foydalanishlari kerak. Talabalarni diagnostika qilishda o`spirinlikning ikkinchi davri xulqqa, voqelikka baho berishda qat’iyatlilik xususiyati bilan farqlanishini inobatga olish o`ta muhim Talabalarning har doim ham prinsipial bo`la olmasligi ularning hohishlari bilan mavjud imkoniyatning nomutanosibligi tufayli sodir bo`ladi va ko`p hollarda kattalar bilan turli nizolarga olib kelishiga sabab bo`ladi. Yuqorida aytilganlardan qat’iy nazar, yoshlarning oliy o`quv yurtlarida o`qishlari ularning o`z kuchlari, qobiliyatlari, ichki imkoniyatlari va irodadalariga qat’iy ishonch tug`diradi, to`laqonli hayot va faoliyatni uyuShtirishga umid his-tuyg`usini vujudga keltiradi. Odatda talabalar 2 va 3-kurslarda oliy o`quv yurti va mutaxassislikni to`g`ri tanlagani haqida yana jiddiy o`ylay boshlaydilar. Mazkur yosh davrida o`zini boshqarishning tarkibiy qismlari: ijodiy tafakkur, muayyan hayotiy tajriba, o`zlashtirgan bilimlarni tartibga solish asosida his-tuyg`ular, axloqiy qadriyatlar, qarashlar, o`zligini anglash va barqaror e’tiqod Shakllanadi. Talaba hukm va xulosa chiqargach, o`z hatti-harakatida qat’iy turib ularni himoya qiladi, u hayotning turli sohalari bo`yicha har xil darajadagi ko`nikma va malakalarga, nazariy bilimlar, ijtimoiy-psixologik tushunchalarni amaliy faoliyatga tadbiq etish imkoniyatiga ega bo`ladi. Oliy ta’lim tizimida pedagogik diagnostika va korreksiyalash ishlarini tashkillashtirishda talabalar duch keladigan quyidagi qiyinchiliklarni inobatga olish kerak: -Ijtimoiy qiyinchiliklar: hayot va faoliyatning barcha jabhalarida mustaqillikka o`tilishi, irodaviy zo`r berish, aqliy qobiliyatlar bo`yicha qat’iyatsizlik va boshqalar; -Fanlarni o`zlashtirishdagi qiyinchiliklar: umumiy o`rta ta’lim maktabi va oliy o`quv yurtidagi o`quv materiallarining mazmun va ko`lami jihatidan keskin farqlanishi, o`quv matni, ma’ruzalarning murakkabligi, muammoliligib ilmiyligi, mustaqil bilim olish malakalari yetishmasligi, talabalarning mustaqil bilim olishga malakalari yetishmasligi va boshqalar; Kasbiy qiyinchiliklar: tanlangan mutaxassislikning ular uchun ahamiyatliligidan ikkilanish; oliy o`quv yurti Shart-Sharoitlariga moslaShish jarayonini noto`g`ri tasavvur etish; ta’lim olish usullari va vositalarini ko`nikma, malaka va odatlarini egallshda orqada qolish, turli xususiyatga ega bo`lgan mutaxassislik-ixtisoslik amaliyotidan unumli foydalana olmaslik, tanlagan kasbiy talablarga javob bera olmaslik va boshqalar. Oliy maktab muhitida bu qiyinchiliklarning barchasini bartaraf etishda pedagogik diagnostika va korreksiya ishlarini talabalarning o`ziga xos tipologik va yosh xususiyatlari, jinsi, aqliy imkoniyatlari, aql-zakovati, axloqiy fazilatlari, etnik alomatlarini inobatga olgan holda olib borishni taqozo etadi. Аmaldagi ta’lim tizimi zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan boyitilib bormoqda. Bu hol talabalar bilan uyuShtiriladigan turli tarbiyaviy tadbirlarni ham zamonaviy pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyoti asosida tashkil qilishni taqozo etadi. Pedagogik korreksiya jarayonini jadallashtiruvchi axborot texnologiyasi va texnik vositalardan foydalanish samaradorligini oshiruvchi didaktik materiallarni ishlab chiqish va keng qo`llaSh tamoyiliga asoslanadi. YAngi pedagogik texnologiyalar tizimini tashkil qiladigan - masofaviy o`qitish pedagogik tashxislash va korreksiyalash samaradorligini oshirishi mumkin. Bunda sifatli, sertifikatlaShtirilgan didaktik ta’minot zarur bo`ladi. Masofaviy o`qitish jarayonida ta’lim-tarbiyaviy masalalarning to`la-to`kis ro`yobga chiqishi O`xshash didaktik ta’minotga bog`liqki, bunda O`zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standartlarining talablari va mohiyati inobatga olinishi lozim. Pedagogik tashxislash va korreksiyalashda «didaktik ta’minot» so`z birikmasining ma’nosi «ta’limiy-tarbiyaviy maqsad va vazifalarni o`z ichiga qamrab olgan mazmunli o`quv axborotlarining majmui»11 - degan tushunchani beradi. Bu axborot turli tashigichlarda pedagogika, valeologiya, psixologiya, informatika va boshqa fanlarning talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladi va masofaviy o`qitish jarayonida ulardan foydalanish mumkin. Masofaviy o`qitishda didaktik ta’minot quyidagi vazifalarni bajaradi: - ta’limiy nazorat tahririy kommunikatsion refleksiv bashorat qiluvchi Tarmoqli qurilmalarni tanlay olish, didaktik ta’minotni tarkibiy kismlarga ajratish va dasturlangan darajada taqdim qilish «masofaviy o`qitishni to`g`ri tashkil qilishning asosiy ko`rsatkichi hisoblanadi. Buni biz ilg`or mamlakatlarning ta’lim sohasidagi tajribalaridan o`rgandik. Bizning fikrimizcha, pedagogik diagnostika va korreksiyalashda masofaviy o`qitishning didaktik ta’minot majmui quyidagi uch blok ko`rinishida taqdim qilinishi mumkin (13 -rasm)
Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling