Pedagogik diagnostika


Download 1.85 Mb.
bet28/97
Sana26.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1688289
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   97
Bog'liq
ДИАГ

Nominal shkala– bu shkala bo`yicha tashxis quyilganda o`quvchi–yoshlarning sifatlovchi belgilariga qarab qo`yiladi. Bunda musiqaviy qiziqishlarni, matematik qobiliyatlarni, sportga qiziqishini, san’atga ishqibozligini differensiatsiya qilish mumkin. Masalan, o`quvchi–yoshlarning san’atga bo`lgan qiziqishlari yaqqol namoyon ekanligini belgilash uchun, shaxsni sifatlovchi belgilarga mos gradatsiyalangan iboralardan foydalanish mumkin. Demak, bunday hislatlarni turkumlash (A=V yokiA=V, V=V) qandaydir belgisiga ko`ra shundaylik va farqlik tomonlari, ya’ni belgining sifat xususiyatlari muhimligini ta’kidlash joizdir. Nominal shkalalash–o`lchashning eng «past» shkalasi. Bunday o`lchashda raqamlar nisbatan kam ishlatilib, biror kategoriyaga mansublikni aniqlash mumkin. Nominal shkalada modal o`lchov(miqdor), ya’ni eng ko`p uchraydigan o`lchov bo`ladi. Agar sinfda 14 nafar bolaning bittadan singlisi yoki ukasi bo`lsa, 11 ta bolaning ikkitadan singlisi yoki ukasi bo`lsa, 5 ta bolaning uchtdan, 4 ta bolaning to`rttadan, 3 ta bolaning beshtadan aka– ukalari bo`lsa, 4ta bola oilada yagona farzand bo`lsa, bunda 14 (ya’ni bittadan singlisi yoki ukasi borlar) modal miqdor hisoblanadi.
Tartibni aniqlovchi shkala. Tashxislash metodlarini konstruksiyalaShda tartibni aniqlovchi shkalalardan foydalanish mumkin. Masalan, o`quvchilarning guruhlarda muloqotga kirishuvchanligini aniqlash uchun ular to`g`risida «xomaki» material to`plash zarur. So`ngra «xomaki» materialdan yoshlarning kirishuvchanlik darajasini aniqlashga zamin yaratiladi. Quyidagi formula asosida o`quvchi–yoshlarning u yoki bu sifatlarini, tarbiyalanganlik darajalarini aniqlashga imkoniyat yaratiladi:
RR=cumf–f/2/N.100
Bunda R–shaxsga oldindan qo`yiladigan baho (0 dan 34 ballgacha belgilanadi);
f–bir xil tavsifiy xususiyatga ega bo`lgan o`quvchi–yoshlar soni;
cumf–kumulyativ chastota;
N–tashxis qilinuvchi umumiy o`quvchi– yoshlar soni.
Agar o`quvchilarni ingliz tilidagi so`zlarni bilishi bo`yicha tavsiflasak, ularning bilimlari hajmi bo`yicha turlicha chiqadi. Buni shunday misolda ko`rib chiqsak:
Hasan 28 ta so`zni, Anvar 26 ta so`zni, Umid 18 ta so`zni, Nigora 12 ta so`zni va Akmal 9 ta so`zni ingliz tilida yod aytib berishdi, deylik.
Buni chizmada tasvirlasak, tartibni aniqlovchi shkalaning muhim farqli belgilari namoyon bo`ladi:

mediana
s o`z soni
0 5 10 15 20 25 30 N

o`rin 5 4 3 2 1


Akmal Nigora Umid Anvar Hasan
Bolalarga ketma ketlikda 1–5 gacha o`rinni belgilash mumkin, lekin qatordagi o`rinlarni ajratuvchi interval turlicha. O`rinlar haqida aniq fikrlash mumkin, biroq ular o`rtasidagi intervallar haqida bunday deya olmaymiz.
26 ta so`z biladigan 2– o`rindagi Anvar 4–o`rindagi Nigoradan 2 barovar ko`p biladi, deb hisoblab bo`lmaydi, chunki 12 so`z 26 so`zdan ikki barovar kam emas. Shuning uchun medianani aniqlashga to`g`ri keladi. Bu o`lchovning ikki tomonida ham bir xildagi son qoladi. Bizning misolimizda mediana Umidning natijasiga to`g`ri keladi. Bu shkala ketma–ketlik va tartibni aniqlaydi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling