Pedagogik diagnostika


- mavzu. UZLUKSIZ TA’LIMDA PEDAGOGIK NAZORATNI TASHKIL ETISHNING ILMIY ASOSLARI


Download 1.85 Mb.
bet35/97
Sana26.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1688289
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   97
Bog'liq
ДИАГ

6- mavzu. UZLUKSIZ TA’LIMDA PEDAGOGIK NAZORATNI TASHKIL ETISHNING ILMIY ASOSLARI

Pedagogik nazoratning asosiy funktsiyalari. Test metodidan foydalanishning umumpedagogik asoslari. Pedagogik testlarni ishlab chiqish metodikasi.




Дastlabki test metodining qo‘llanilanishi. Тестлар. Тест – ўрганилаётган жараён ёки объект тўғрисида аниқ маълумот олиш учун зарур бўлган стандартлаштирилган методдир.
Pedagogik diagnostika natijalari o`quvchi–yoshlar va ularning ota–onalariga xabar qilinishi, yetkazilishi kerak. Aks ta'sir sifatida ularning kelajakdagi faoliyatiga ham ta'sir qo`rsatish mumkin. Ma'lumotning o`quvchi–yoshlarga ta'sirini, qo`yilgan maqsadga erishilganlikni nazorat qilish mumkin. Shunday nazorat turlaridan biri–testlar hisoblanadi.
Тест орқали илмий асосланган маълумотга эга бўлиб борилади. Шу боис, уларни мутасадди педагог ва психологлар лойиҳалаштиришади. Бугунги кунда педагогик диагностикада тестларнинг қуйидаги турлари мавжуд:
1. Натижавий тестлар:
1.1. Ривожланиш тестлари
1.2. Интеллектуал тестлар
1.3. Умумий натижаларни кўрсатувчи тестлар
1.4. Мактабдаги ўзлаштиришни кўрсатувчи тестлар
1.5. Касбий тайёргарликни кўрсатувчи махсус тестлар


2. Шахсий психометрик тестлар:
2.1. Шахс таркибий тузилмасини аниқловчи тестлар
2.2. Қизиқиш ва майлларни аниқловчи тестлар
2.3. Клиник тестлар.
Педагогикада кўпроқ мактабдаги ўзлаштиришни кўрсатувчи, интеллектуал ривожланишни аниқловчи, касбий тайёргарликни кўрсатувчи, диққат ва хотирани аниқловчи, шунингдек, ижтимоий тестлардан фойдаланилади.
Xorij davlatlarida diagnostik testlarni qo`llash uzoq tarixga ega. Pedagogik testlar ta'lim va tarbiya jarayonlarini o`rganish uchun qo`llanilib kelmoqda.
O`zlashtirishni test orqali aniqlash 1864 yili ingliz olimi Jorj Fisherning «scale books» (Shkalalangan kitoblar)idan boshlangan. 1894-yili amerikalik J. M. Rays «Orfografiya bo`yicha bilimlarni aniqlash» jadvalini qo`lladi. 1908-yili Torndaykning shogirdi Stoun arifmetikadan birinchi testni nashr qildi. Boshqa sohalarda ham testlar keng qo`llanila boshlandi.
Pedagogik testlar sohasining yirik asoschilaridan biri Edvard Torndayk (1874–1949) amerika maktablariga testlarni kirib kelishini 3 bosqichda ko`rsatadi:
1. Izlanishlar davri 1900–1915 yillarni o`z ichiga qamrab oladi. Bu bosqichda frantsuz psixologi Alfred Bine taklif etgan xotira, diqqat, qabul qilish testlarini anglash va dastlabki qo`llash davri bo`ldi. Aqliy rivojlanish darajasini aniqlovchi intellekt teslari ishlab chiqilib tekshirila boshlandi.
2. Keyingi 15 yillik maktab testlari sohasida «shovqinli» yillar bo`lib hisoblanadi. Bu davrni testlarning ahamiyatini, uning o`rnini, imkoniyatlari va cheklanganliklarini anglash davri deb hisoblashadi. O. Stounning arifmetikaga oid testlari, B. Zekingemning husnixatga oid testlari, E.Torndaykning ko`plab maktab predmetlari bo`yicha testlari ishlab chiqildi va tatbiq etildi. T.Kelli qiziqishlarni o`lchaSh vositalarini ishlab chiqdi. G. Mattesning qobiliyatlarni aniqlash testlari hanuzgacha o`z dolzarbligini yo`qotganicha yo`q.
3. 1931 yildan maktab testlashtirishining hozirgi zamonaviy bosqichi boshlandi. Mutaxassislar testlarning ob'ektivligini oshirishga, yangi samarali diagnostik usularni yaratishga harakat qilishdi.
1963 yilda Y. Farenberg, X. Zarg, R. Gampellar shaxsning ko`pqirralik xususiyatlarini aniqlaydigan, R. Bernsning(1983) xulqni tashxislashga oid testlari, A. Anastazining o`quvchining ichki dunyosini aniqlash testlari ishlab chiqildi. Frantsiyada odatdagi maktabdan aqliy jihatdan rivojlanishi past bo`lgan bolalar tahsil oladigan maktabga o`tkazish uchun pedagogik va tibbiy imtihonlar o`tkazilgan. Shu maqsadda Alfred Bine hamda Teodor Simon 30 ga yaqin topshiriqni o`z ichiga qamrab olgan, murakkablik darajasiga qarab joylaShtirilgan intellektual rivojlanishni aniqlovchi ko`p bosqichli testlarni ishlab chiqib, o`quv maskanlariga taqdim etishdi. Bu testlar dunyodagi eng mashhur testlar qatoridan o`rin oldi.
Lekin sobiq sho`ro hukumati davrida «Pedagogik buzilishlar to`g`risida» (1936-yil)gi qaror bilan faqat intellektual testlar emas, balki barcha o`zlashtirishni aniqlash testlari qo`llanilishi bekor qilindi. Hatto XX asrning 70–80–yillaridagi urinishlar ham testlarni joriy qilishdagi urinishlarni zoye ketkazdi.
Rivojlangan davlatlarda testlarni joriy etish intensiv ravishda kechdi. Bugungi kunda mustaqillik sharofati bilan bizning Respublikamizda zamonaviy texnologiyalarga asoslangan metodikalarni joriy qilish imkoniyati yaratildi.
Ta'lim testlari– bu shaxs rivojlanishi va shakllanishining turli tomonlarini diagnoz qilishning xilma–xil pedagogik va psixologik shakllaridan bir turi xolos. Mazkur testlarni qo`yidagicha tavsiflash mumkin:

  1. Idrok kuchi, aqliy qobiliyat, aqliy rivojlanish testlari;

  2. Faoliyatning turli sohalaridagi maxsus qobiliyat testlari;

  3. Ta’lim, o`zlashtirish, akademik natija testlari;

  4. Shaxsning alohida sifatlari(xotira, tafakkur, intellekt)ni aniqlash testlari. Masalan, Vekslerning mashhur IQ– «intellektni tashxislash», Gilfordning S–«Standartlashgan shkalalari», Amtxauyerning «Z–Qiziqishlarni baholash» kabi diagnostik testlari bunga misol bo’la oladi.


Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling