Pedagogik diagnostika


Download 1.85 Mb.
bet66/97
Sana26.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1688289
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   97
Bog'liq
ДИАГ

Topshiriq: 1)Shaxsni tavsiflovchi so`zlarni diqkat bilan o`qib chiqing. O`zingizga talluqli bo`lgan sifatlovchi so`z yoniga belgi(^) qo`ying. Ikir-chikir detallar to`g`risida o`ylab o`tirmasdan, ikkilanmay o`zingizga baho qo`yishga harakat qiling. Sifatlovchi belgilarning mosini tanlaganingizdan so`ng, guruh sardoriga e’lon qiling;
2) tadqiqotning ikkinchi bosqichida siz o`zingizda mavjud bo`lgan sifatlovchi belgilarga to`g`ri baho berayotganligingizga ishonchingiz mukammal bo`lmagan taqdirda, aynan o`Sha so`zlar tagiga chizib chiqing.
3) Tadqiqotning uchinchi bosqichida, siz o`zingizda mavjud bo`lgan tavsifiy belgilaringizga yanada aniqroq baho berishga harakat qiling va har bir tavsiflovchi belgi yoniga foizlarni chiqarishga harakat qiling. Masalan, qat’iyatlilik-45%;, qaysar-65%; kamtarin-60%, Itoatkor-30% va h.k.

  1. Sifatlovchi belgilar juftligini hamda ularga qo`yilgan foizlarni yana bir bor sinchiklab o`rganib chiqing.

Natijalar ishlovi:

        1. Guruh sardorlari tadqiq qilinuvchi talabaning ishlashiga sarflagan vaqtini sarhisob qilib, har bir bosqichda kiritilgan o`zgartirishlarni inobatga olishi lozim.

        2. Har bir talabaning tadqiqotdagi natijalarini D. Dauney Shkalasi bo`yicha baholash lozim:

a) birlamchi javob uchun sarflangan vaqt jadvali


Korreksiyalashda natijalarni baholash
7-jadval (a)

Topshiriqni bajarish uchun sarflangan vaqt

Ballarda baholash mezoni

1,8»-1,53»
1,54»-2,18»
2,19»-2,34»
2,35»-2,49»
2,50»-3,09»
3,10»-3,26»
3,27»-3,56»
3,57»-4,2»
4,31»-5,40»
5,41-15,

10
9
8
7
6
5
4
3
2
1

Ballning yuqoriligi va o`zgartirishlarning kamligi Shaxsning Shiddatkor, qat’iyatli ekanligidan dalolat beradi.


B) Fikr-mulohazadagi qat’iylik (foizlarda) 100% nisbati uchinchi va to`rtinchi bosqichlardagi farq asosida hisoblanadi(22ning ikkinchi bosqichda to`g`ri belgilangan sifatlar yig`indisi).
V) Tadqiqotning to`rtinchi bosqichida vaqt orasidagi tafovutning ranjirovkasi.
7-jadval (b)

Topshiriqni bajarish uchun sarflangan vaqt

Ballarda baholash mezoni

0»-13»
14»-22»
23»-30»
31-35»
36»-42»
43»-53»
54»-1,1»
1,2»-1,10»
1,11»-1,46»
1,47»-5,34»

10
9
8
7
6
5
4
3
2
1

Ballning yuqoriligi va o`zgartirishlarning kamligi Shaxsning Shiddatkor, qat’iyatli ekanligidan dalolat beradi, oldin bajarilgan ishdagi ikkilanish uchramaydi.
4.Yig`ma jadvallarda barcha tadqiq qilinuvchilarning uchala bosqich bo`yicha erishgan natijalarini aks ettiring.
5.Korrelyatsion koeffitsiyent ko`rsatkichlarini rab, rab,rbv (2-ilovaga qarang) hisoblab chiqing.

  1. Tadqiqot jarayonida qat’iyatlilikni namoyish etuvchi sifat tezligi har bir bosqichda o`zgarganligini xulosalang.

  2. 1,5 va 6-bosqichlarda qo`lga kiritilgan natijalarni sarhisob qiling hamda uning Shaxsni sifatlovchi belgilarini tashxislashdagi ahamiyatini argumentlaShga harakat qiling.

Bu alfozda o`tkazilgan treninglar o`smir va o`spirinlarda zo`r qiziqish o`yg`otdi. Tadqiqotda qatnashgan 120 ta talabaning 65,7% tasi qat’iyatliligini namoyish etgan bo`lsa, 47,3 % talaba o`rta miyonada tashabuskorlikka ega ekanligini ko`rsatdi va 7% talaba tadqiqotlarda past ko`rsatkichlarga ega bo`lishdi. Shu sababli biz keyingi bosqichlarda yoshlarni o`z-o`zini tarbiyalash metodikalariga e’tiborni kuchaytirdik.


Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling