Pedagogik diagnostika
XULQDAGI IKKIYUZLAMACHILIK, O`Z SO`ZIDA TURA OLMASLIK, YOLG`ONCHILIK KABI NUQSONLARNI KORREKSIYALASH METODIKASI
Download 1.85 Mb.
|
ДИАГ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo`riqnoma: 1-bosqich.
XULQDAGI IKKIYUZLAMACHILIK, O`Z SO`ZIDA TURA OLMASLIK, YOLG`ONCHILIK KABI NUQSONLARNI KORREKSIYALASH METODIKASI
Mazkur metodika Kettel, Ayzenk, Leongard kabi olimlarning «Shaxsni tavsifiy belgilariga qarab tashxislash» so`rovnomalari asosida tashkil qilindi va 1998-2005 yillarda Samarqand davlat universiteti hamda Navoiy davlat pedagogika institutlari talabalari (Jami: 2369 o`spirin yoshlar) bilan olib borilgan diagnostik va korreksion ishlarda sinovdan o`tkazildi. Yo`riqnoma: 1-bosqich. Quyidagi savollarga «ha» yoki «yo`q» deb javob bering. Javoblaringiz ustida chuqur mulohaza qilmang. Javoblarni muayyan raqam ostida belgilab quying. SAVOLLAR: 1. SHovqin-suronli vaziyatlarni yoqtiraman. 2. Har tomonlama tushunadigan do`stlarga ehtiyojim baland. 3. Biron yumushni bajarishni so`raShganlarida hozirjavoblik qilaman. 4. Jahlim tez-tez chiqib turadi. 5. Kayfiyatimni ko`tarish yoki tushurish oson. 5. Do`stlarim bilan chaq-chaqlaShgandan ko`ra, kitob mutolaa qilganda yoki kompyuter bilan ishlaganda ko`proq bahra olaman. 6. Uyquga ketayotganda turli-tuman fikrlar xalaqit beradi. 7.Menga aytilganlarni aynan o`zidek bajaraman. 8.Birovning ustidan kulishni yoqtiraman. 9.O`zimni ba’zan o`ta baxtsiz xis qilaman, garchi bunga sabab bo`lmasada. 10. Men quvnoq va xushchaqchaq insonman. 11.O`qiyotgan dargohimning ichki tartib-qoidalarini buzganman. 12.Vaziyatdan qat’iy nazar, men axloq normalarini buzmaslikka harakat qilaman. 13.Men har qanday sirni saqlay olaman. 14. Tengdoshlarim orasida men hazil-mutoyibalarni bisyor aytib, ularni xushnud qilaman. 15. Notanishlar bilan uchraShganda o`zim birinchi bo`lib so`z boshlayman. Men ko`p hollarda yolg`on so`zlayman. 16.Men ahyon-ahyonda yolg`on so`zlayman. 17.Oxirgi paytlarda tez charchay boshlaganimni sezganman. 18. Hayajonlanmasamda, ayrim paytlarda yuragim tez-tez uradi. 19.Men tez xafa bo`laman. 20. Tez jahlim chiqadiyu, xafachiligimni tez unutaman. 21.Uy yumushlariga har kun kattalarga yordam beraman. 22. Uy yumushlarida ahyon-ahyonda kattalarga yordam beraman. 23. Uy yumushlarida kattalarga yordam bermayman. 24.YAngi tanish orttirishni yoqtiraman. 25. «YAngi do`stdan ko`ra, eskisi afzal» qabilida ish ko`raman. 26. Men ikkinchi darajali ishlar bilan darslarimni bajarib bo`lgach Shug`ullanaman. 27. Qarindosh-urug`lardan, qo`ni-qo`shnilardan birontasi haSharga chaqirishganda hozirjavoblik bilan javob beraman. 28. Uylamay aytgan gapim bilan birovning ko`ngliga ozor yetkazsam uzoq vaqt iztirob chekaman. 29. Maqtanishni yoqtiraman, Shu sababli ayrim paytlarda yolg`on so`zlayman. 30. Qaror qabul qilish uchun ko`p o`ylanib o`tirmayman. 31. O`qituvchi qaysidir sabablarga ko`ra darsni kech boshlaganda, toqatsizlik bilan ketish payiga tushaman. 32. Gohida qo`rqinchli tushlar ko`rib alahsirab chiqaman. 33. Menga yoqmagan inson to`g`risida, garchi pastkaShlik bo`lsada, yolg`on g`iybat tarqata olaman. 34. Milliy kuy va raqslar yoqadi. 35. Men Shovqin-suronli o`yinlarga ishqibozman. 36. Ovqat tanlshda injiqlik qilaman. 37. Dars tayyorlayotganimda diqqatimni jamlay ololmayman. 38. Oralariga sovuqlik tushgan do`stlarimni yaraShtirish uchun yolg`on gapirishdan ham tonmayman. 39. Ota-onamga o`ta mehribonman. 40. Har bayramda qarindosh-urug`larimdan hol-ahvol so`raShni kanda qilmayman. 41. O`rtoqlarimdan kimdir yangi kiyim kiydi. Unga bu libos sira yaraShmagan bo`lsada, «yaraShibdi, qulluq bo`lsin», deyman. 42. Mehmonga borishni yoqtiraman. 43. Topshirilgan vazifani bajarishga hamisha mas’uliyat sezaman. 44. Biron nojo`ya ish qilib qo`ysam, afsuslanib, uzoq vaqtgacha mulzam bo`lib yuraman. 45. YOqmagan yumushni bajarishimni iltimos qilishganlarida «Yo`q» deyishga qiynalaman. 46. Notanish odamdan yordam so`raShga iymanaman. 47. Muvaffaqiyatga erishganimda boshim osmonga yetadi. 48. Menga qo`pol gapirsalar men ham qo`pollaShaman. 49. Hayot faqat Shirin damlardan emas, balki iztirobli damlardan ham iborat ekanligini bilaman. 50. Dars zerikarli bo`lsada, o`kituvchiga xalaqit bermasdan uni tinglaShga harakat qilaman. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling