Pedagogik diagnostika


Download 1.85 Mb.
bet72/97
Sana26.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1688289
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   97
Bog'liq
ДИАГ

5-tipdagi talaba
E:0-4; N: 4-8;
Pedagogik tavsifiy belgilari. Kuzatuvchan, bosiq. Fanlarga bo`lgan qiziqishi sust. Ichki «to`qib chiqarilgan» uy-xayollarga boy, fantaziyaga moyil. Loqayd va befarqligi bilan nafaqat o`qituvchilarni balki tengdoshlarini ham hayratga soladi.
Korreksiyalash yo`llari: Unga quyiladigan talablarga o`ta muhtoj. Qanchalik ko`p mas’uliyatli topshiriqlar yuklatilsa, Shunchalik faolligi oshadi va o`zini kerakli ekanligini his etadi. O`qish va ishga qiziqishini oshirish uchun uning ehtiyojlarini to`laqonli o`rganib chiqish kerak va motivatsion sferasiga ta’sir o`tkazish lozim.
6- tipdagi talaba
E:0-4;N:16-20;
Pedagogik tavsifiy belgilari. Kamtarin, his-hayajonga beriluvchan, notanish vaziyatlarda uyatchan. Fikr-mulohazali. O`z kuchiga ishonmaydi. Muammoli vaziyatlarda o`zini qo`lga oladi. Qat’iyatsizroq.
Korreksiyalash yo`llari: Guruhda unga ko`mak berishga harakat qilish kerak. Talabadagi ijobiy sifatlar: jiddiylik, madaniyatlilik, takalluflik kabi xususiyatlariga e’tiborni qaratmoq lozim. Ezgu g`oya bilan qiziqtirib qo`yish kerak(Masalan, nochorlarga, o`zidan kuchsizlarga , nogironlarga yordam berish va h.k.). Talabadagi optimistik ruhni o`stirishga harakat qilish kerak. Bu undagi o`qishga bo`lgan qiziqishini oshiradi.
7- tipdagi talaba
E:0-4;N: 8-16;
Pedagogik tavsifiy belgilari. Kamtarin, bosiq. Darslarda faol qatnashadi. SHijoatli, o`zining butun borlig`ini bilim o`zlashtirishga chorlaydi. Adolatli. Guruhda o`rtoqlari ko`p. Vafodor do`st bo`la oladi. Topshirilgan vazifani qoyilmaqom qilib bajarishga harakat qiladi, ammo tashkilotchilik qobiliyati sust. O`qishdan tashqari tadbirlarda ishtirok etmaydi. O`quv maskanida o`tkaziladigan katta tantanalarda panada qolishni yoqtiradi. Ayrim paytlarda zerikarli falsafiy mushohada yuritadi.
Korreksiyalash yo`llari: Faoliyatida erkinlikka keng yo`l ochish lozim, chunki bu tashabbuskorlikni rivojlantiradi. Mustaqil fikr yuritish ko`nikmalarini rivojlantirish kerak. Guruh a’zolari oldida tanqid qilmaslik lozim. Ko`proq tashabbuskorligini rag`batlantirib turish kerak. Biron bir kishi yoki g`oya ta’siri ostiga ko`r-ko`rona kirib qolishidan ehtiyot bo`lish kerak.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling