8- tipdagi talaba
E:0-4;N: 8-16;
Pedagogik tavsifiy belgilari. Kirishuvchan, faol, tashabbuskor. O`z-o`zini boshqara oladi. Shuxratparast. Liderlik xususiyatlariga ega. O`qituvchilar va talabalar orasida hurmat qozongan. yengil xarakterga ega. Didli, takallufli, nazokatli.
Korreksiyalash yo`llari: Liderlik qilishga imkoniyat yaratish kerak. Shaxsiy va guruhdagi muammolarni hal qilishga yordam berish kerak. Ilmga bo`lgan qiziqishlarini rag`batlantirish zarur.
9- tipdagi talaba
E:12-16;N: 4- 8-;
Pedagogik tavsifiy belgilari. Faol, bosiq, o`rta miyonadagi kirishuvchanlik qobiliyatiga ega. O`rtoqlari kam bo`lishiga qaramasdan, ularga vafodor. O`z oldiga qo`ygan vazifaning uddasidan chiqa oladi. O`qishda raqiblik qilishga moyil emas. Ayrim hollarda tez xafa bo`ladi.
Korreksiyalash yo`llari: Atrofdagilarning unga ishonch ko`zi bilan qarShiga intilish lozim. Ishbilarmonlarcha u bilan muloqotga kirishish kerak. Jamoat topshiriqlarini yuklaSh lozim.
10- tipdagi talaba
E:12-16;N: 16-20;
Pedagogik tavsifiy belgilari. Atrofdagilarga o`ta talabchan. Mag`rur. Shuxratparast. Faol. Ko`zga tashlanishni xush ko`radi. O`qishdagi va Shaxsiy xayotidagi mag`lubiyatga uchraShlarini sir saqlaShga harakat qiladi. Sovuqqon. Barchaning diqqatini o`ziga jalb qilishni yaxshi ko`radi.
Korreksiyalash yo`llari: Pedagogik muloqotga kirishganda o`ta samimiy va ochiq ko`ngillik bildirish zarur. Ushbu talabaga nisbatan qattiqqo`l bo`lish kerak. Ayrim hollarda uning kamchiliklari ustidan kulish mumkin. Bu uning kiborli xususiyatlaridan forig` bo`lishga yordam beradi.
11- tipdagi talaba
E: 16-20; N: 12-16;
Pedagogik tavsifiy belgilari. Mag`rur. O`qishda gi kamchiliklarida o`zgalarni ayblaShga moyil, Shaxsiy adovatni hamma narsadan ustun qo`ya oladi. Shubhachi. Liderlik xususiyatlariga ega. Bosiq. Maqsadiga erishish uchun qat’iy harakat qiladi. Ayrim holatlarda artistlik qobiliyatlarini namoyon qila oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |