Pedagogik diagnostika


Download 1.85 Mb.
bet71/97
Sana26.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1688289
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   97
Bog'liq
ДИАГ

3-tipdagi talaba
E:20-24; N:20-24;
Pedagogik tavsifiy belgilari: Faol, Shijoatli. Barcha (o`qituvchilar, ota-onasi, talabalar va yaqinlari) bilan «tenqurlari» sifatida muloqatga kirishishga harakat qiladi. Istehzoli. O`ta Shuhratparast. Kattalar tomonidan bildirilgan tanqidiy qarashlarni salbiy qabul qiladi. O`ziga nisbatan befarqlikni kechira olmaydi.
Korreksiyalash yo`llari: Asosiy qurol: takalluf bo`lishi lozim. Bunday talaba bilan bosiq, ochiqko`ngillik bilan, e’tiqodiy chekinishlarga yo`l qo`ymasdan muloqotga kirishish kerak. Affekt holatida istehzoli so`zlashishi muqarrar. Konflikt vaziyatlarda «orani ochishga» Shoshilmaslik zarur. Muammoli vaziyatni talaba o`ziga kelgandan so`ng yechish ma’qul. Muammo yechimini topishga o`zini undaSh, tashkilotchilik qobiliyatini qullab-quvvatlaSh hamda energetik salohiyatini ezgu ishlarga sarflaShga dav’at etish kerak. Tajriba ko`rsatishicha, bunday talabalarni sport bilan Shug`ullantirish samarali natijalarni beradi.
4-tipdagi talaba
E:0-4;N:20-24;
Pedagogik tavsifiy belgilari: Injiq, o`z kuchiga ishonmaydigan, jur’atsiz. O`zgalar tomonidan homiylik axtaradi. Kamgap. Qiyinchilik bilan muloqotga kirishadi. Darslardagi o`zlashtirish ko`rsatkichlari ko`p hollarda past. Tez xafa bo`ladi. Adaptatsiya jarayoni uzoq cho`ziladi. Faol hayot darajasini xushlamaydi. Kuzatuvchan. Falsafiy fikr-mushohada qilishni yoqtiradi. Muammoli vaziyatda o`zini yo`qotib qo`yadi.
Korreksiyalash yo`llari: Bunday talabani tengdoshlarining kulgi-istehzolaridan xalos etishga harakat qilish kerak. Undagi ijobiy tomonlarga: fikr-mulohazaliligi, biron yumush topshirilganda saranjomlik bilan bajarishini alohida ajratib maqtab turish lozim. Ijtimoiy xulq-atvorini Shakllantirish jarayonida faol muloqatga kirishuvchanlikni, o`ta subordinatsiya talab qilmaydigan topshiriqlarni bajartirish kerak. Tevarak-atrofdagilarga bo`lgan qiziqishini faollaShtirish, ochiq ko`ngil talabalar bilan muloqotga kirishishini ta’minlash kerak.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling