Pedagogik diagnostika
Yoshlarda ijobiy sifatlarni Shakllantiruvchi bosqichlar
Download 1.85 Mb.
|
ДИАГ
Yoshlarda ijobiy sifatlarni Shakllantiruvchi bosqichlar
Иродавий сифатлар моќиятининг тавсифи I bosqich Œз-œзига танšидий ёндашиш ќислатларини шакллантириш
II bosqich Œз-œзини тарбиялаш, хулšидаги нуšсонларни аниšлай олиш ва уларни коррекциялаш III bosqich I Эќтиёж ва мотивларни œз-œзини ижобий тарбиялашга šаратиш Vbosqich V Ижобий орзу-истакларнинг ушалишига маšсадли ёндашиш bosqich 14-chizma Ba’zan o`quvchi turmushdagi biror fakt yoki voqeani, adabiy asarlardagi mazmunni, kinokartinalarni o`zi mustaqil tushuna olmay noto`g`ri xulosalarga kelib qoladi. Juda og`ir Sharoitlarda o`quvchida xato fikrlargina emas, balki ma’naviy tamoyillar va ustanovkalar ruhiga ko`ra bizga yot bo`lgan xatolar ham yuzaga kelishi mo`mkin. Ko`pchilik noto`g`ri hatti-harakatlarning yuz berishiga ana Shular sabab bo`ladi. Axloqiy ongni tarkib toptirishning eng muhim yo`li o`quvchilarning o`zlarida to`g`ri xulq- atvorni yuzaga keltirish bilan axloqiy tajribani boyitish va umumlashtirish yo`lidir, albatta. O`quvchilardagi axloqiy bilimning turli-tuman formalari ularning ongi va his-tuyg`ulariga jonli, yorqin, otashin so`zning (jamoalarda uyuShtiriladigan etik suhbatlar, leksiyalar, munozaralar) ta’siri bu ishni mazmunan boyitishi mumkin. Axloqqa doir suhbatlar qo`yidagi tamoyillar asosida tuzilishi kerak: 1. Axloqiy mavzudagi suhbatlar mazmuni jihatidan tegishli yoshdagilarga tushunarli bo`lishi lozim. Mavhum va abstrakt tushunchalar, murakkab mulohazalar bilan toliqtirib quyishga yul qo`yib bo`lmaydi. 2. Suhbat o`tkaziladigan jamoani, uning yo`nalishini bu jamoa a’zolarining o`zaro munosabatlarini, o`qituvchiga, o`qishga va boshqalarga munosabatini yaxshi bilish zarur. 3. Suhbatlarni nihoyatda tez-tez o`tkazib turmaslik kerak, chunki psixologik nuqtai nazardan ular kishini toliqtirib quyishi mumkin. Agar suhbatlar konkret sabablar bilan mamlakat yoki jamoa hayotidagi biror voqeaga moslab o`tkazilsa, samarali natija beradi. Suhbatni yorqin, yaxshilab tanlab olingan konkret misollar, hayotiy vokealar yoki adabiy asarlardagi faktlarni hamda kuzatishlarni tahlil qilishdan boshlab umumlashtirish hamda xulosalar chiqarishga o`tish tavsiya etiladi. Emotsional tarzda keltirilgan yorqin va ta’sirchan obrazga oqilona tayanish (nafis san’atdan, adabiyot asarlaridan foydalanish. Kinofilmlar yoki teatr asarlariga kollektiv bo`lib borish yohud ularni jamoada muhokama qilish) zarur. O`quvchilarning ongiga singdiriladigan qoidalarni asoslab berilishi, isbotlangan bo`lishi muhim ahamiyatga ega. Bu hamma narsani tushunib olishga va buning oqibatida dalil qabul qilishga, uning asoslanganligiga ishonch hosil qilishga oqilona isbotlarga rozi bo`lishga qodir bo`lgan o`smirlar va o`spirinlar bilan suhbat o`tkazish paytida juda muhimdir. Boshqa tomondan, bu yoshda so`z ta’sirining samaradorligi pasayib ketishi mumkin, chunki yoshlarda rivojlanib boradigan tanqidiy tendensiyalar ko`pincha uni kattalarning dalillariga ehtiyotkorlik bilan ishonmasdan va noto`g`ri tushunib qabul etishga, ularning dalillarini rad qilishga, biror qoida bilan kelishmaslikka, kattalarning iltimoslari va talabalariga qarShi chiqishga majbur etishi mumkin. YAna Shuni inobatga olish lozimki, o`smirlar ko`pincha kattalarning o`ziga aql-idrokli kishi deb murojaat qilishlaridan mag`rurlanib yuradi. Unda bu ishonchni oqlaSh, ana O`xshash munosabatga munosib kishi bo`lish istagi yuzaga keladi. O`smirlarda maksimal darajada faollik, jonli ravishda fikr almashish istagini uyg`otish, ularning fikrini avj oldirish va o`zlarini axloq masalalari ustida o`ylab ko`rishga majbur qilish zarur. O`smirlarga tayyor haqiqatni zo`rlab qabul qildirish yaramaydi, axloq normalari xaqidagi xulosalarni ularning faol ishtirokida (ammo o`qituvchining rahbarligida) chiqartirish kerak. Buning uchun suhbat jarayonida muhokama qilish kerak bo`lgan masalalarni oldindan tayyorlab qo`yish tavsiya etiladi. O`smirlarda chuqur va ta’sirchan emotsiyalarni uyg`otishga intilish lozim. Bunda o`qituvchi suhbatni befarq va Shavq-zavqsiz emas, balki emotsional tarzda jonli kilib o`tkazgandagina erishish mumkin. O`qituvchi o`zining ehtirosli e’tiqodi o`smirlarga utishini unutmasligi darkor. O`smirlarning o`zlari his etadigan to`yg`ularni taxminan qo`yidagi formada anglab olishlariga erishish juda muhimdir:"Nima uchun bu hodisa menda Shunchalik g`azab va nafrat uyg`otadi?", "Nima uchun men bu xatti -harakatlardan Shunchalik hayratlandim?" Tarbiyachilarning shaxsiy namunasi o`smir shaxsini tarkib toptirishda muhim ahamiyatga ega. Kichik maktab yoshidagi o`quvchi ko`pincha o`qituvchiga taqlid qilib, unga o`xshashga harakat qiladi, lekin birinchidan, buni ko`pincha tushunib yetmasdan qiladi, ikkinchidan o`qituvchining tashqi ko`rinishiga va qiliqlariga taqlid qiladi, chunki u Shaxsning namoyon bo`lishini tahlil qilishini va Shaxsni barqaror hislatlarini anglab yetishga qodir emas. O`smir va o`spirin yoshidagilar esa ko`p hollarda namunaga ongli ravishda taqlid qiladilar. O`smir o`zini katta deb hisoblay boshlagandan e’tiboran kattalarning hatti- harakatlari va ishlariga taqlid qilishga intiladi. Shuning uchun unda tevarak- atrofdagi kishilarning, ayniqsa o`ziga eng yaqin va o`zi uchun eng obro`li kishilarning hatti- harakatiga qiziqish hamda e’tibor berish yuzaga keladi. O`qituvchi qanchalik obro`li bo`lsa, uning e’tiqodi, bilimlari, fikrlari, didi o`quvchilarga Shunchalik ko`p ta’sir qiladigan bo`ladi. O`smir kattalarning biror hislatlariga taqlid qilayotib, ko`pincha bu hislatlarni Shunchalik ilib olish bilan birga, ularning salbiy hislatlari va hatti -harakatlarini ham o`ziga singdirib oladi. Agar o`qituvchi muayyan maqsadni ko`zlaydigan va prinsipial matonatli, o`z burchini qat’iyat bilan bajaradigan bo`lsa, xuddi Shu narsalarni o`z tarbiyalanuvchisidan ham talab qilish unga oson bo`ladi. Aksincha, o`quvchining tajangligi, qo`polligi, o`zini qo`lga ola olmasligi, manmanligi o`quvchilarga salbiy ta’sir ko`rsatadi. O`quvchilar va ota-onalar ba’zan tarbiyaviy ishlarda o`zlarining shaxsan namuna ko`rsatishlarining ta’siriga yetarlicha baho bermaydilar. Holbuki, ularning qilayotgan ishlari, o`zlarining qanday tutishlari ularning aytgan gaplariga, o`rgatgan narsalariga qaraganda kamroq emas, balki ko`proq ahamiyatga ega bo`ladi. XX asrning 20-30 yillaridayoq A. S. Makarenko Shaxs tarbiyasini pedagogik texnologiyalar tizimida o`ta dolzarb muammo, deb qaragan. Pedagogika fanining rivojlanishi «Shaxsni loyihalashni qay darajada bajarganligi bilan o`lchanadi»1, ya’ni tarbiya jarayonida tarbiyachi Shaxsni Shakllantirar ekan, pedagogika oldindan yangi avlod kishisini-barkamol insonni voyaga yetkaza olish qobiliyatiga ega bo`lishi kerak,- degan fikrni ilgari surgan. Demak, pedagogik texnologiyalarga tayanilgan holda jamiyatga zarur bo`lgan komil inson Shaxsini tarkib toptirish ,ko`p jihatdan tarbiyaviy maqsad hamda vazifalar tizimini ishlab chiqishni, tarbiyaviy metodlarni to`g`ri tanlshni, tarbiyaviy maqsadlarni nazorat qilishni, tarbiyaviy maqsadlarga erishilganlikni baholashni taqozo etadi. Ko`rib turganimizdek, pedagogik texnologiya ikkita turli soha: texnik fanlarda-ta’lim tizimini mukammalllaShtirish uchun zarur bo`lgan o`kuv vositalari bilan ta’minlashni nazarda tutsa, gumanitar sohada, ya’ni pedagogikada ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarni oldindan oydinlaShtirishni taqozo etadi. Abdulla Avloniy fikricha, «...tarbiyalash O`xshash individual tahririy dastur bilan olib borilishi kerakki, u Shaxs sifatlarini tarkib toptirishda jamiyat talablaridan birmuncha ilgarilab ketgan bo`lishi zarur»(11-178). To`g`ri hatti-harakatlarda amaliy tajribani uyuShtirish yuqorida ta’kidlab o`tilgandek Shaxsni tarbiyalashda muhim va asosiy omildir. Tarbiyachi o`quvchilarda hatti- harakatlarning O`xshash Shakl va metodlarini tarkib topdirmog`i kerakki, bu Shakl va metodlarda tarbiyaning hal qiluvchi ta’siri ostida yuzaga keladigan yoshlarning e’tiqodlari amalga oshsin. Hatti -harakatlarning aytib o`tilgan Shakllari motivlarni, tarbiyalanuvchining ehtiyoj va munosabatlarini "moddiylaShtirish" ifodasi, vositasi, Shakliga aylanib qolgandagina barqaror omil bo`lib mustahkamlanadi. A.S.Makarenko xuddi ana Shu ma’noda xulq- atvor gimnastikasi to`g`ri hatti -harakatlarni mashq qilishni uyuShtirish zarurligi to`g`risida gapirgan edi. Axloqiy hatti- harakatlarni mashq qilish-bu turli variantlardagi hatti -harakatlarni aslida bir- biriga o`xshash vaziyatlarda uyuShgan va muayyan maqsadni ko`zlagan holda takrorlaShdir. Faqat ana O`xshash qilingandagina hatti -harakatlarning barqaror va ayni vaqtda umumlashgan formalari tarkib topadi. Sun’iy mashqlar emas, balki o`quvchi hayoti va faoliyatining tabiiy Sharoitlari nazarda tutiladi. O`smirlik yoshidan boshlab, tarbiyaning yangi omili o`z- o`zini tarbiyalash vujudga keladi. O`quvchilar o`zlaridan ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan Shaxs hislatlarini tarkib toptirish sohasida xulq-atvoridagi kamchiliklarga salbiy hislat va sifatlarga barham berish sohasida ongli ravishda yondaShsalar maqsadga muvofiq bo`ladi. Bunda o`z ustida muntazam ravishda ishlash «. . . odamning yuksak darajada o`z -o`zini idora qiluvchi, o`z-o`zini kamol toptiruvchi birdan bir tizimdir1»- degan edi L.I. Bojovich. Demak, agar o`z-o`zini tarbiyalashga bo`lgan intilishni kattalar, jamoa yetarli darajada tashxislab, boshqarib va tashkil qilib turmasalar unda o`quvchi o`z-o`zini tarbiyalash mazmunida (nimani tarbiyalashda) hamda uning Shaklida (qanday tarbiyalashda) jiddiy xatolarga yo`l qo`yishi mumkin. Uzluksiz ta’lim tizimida xizmat qilayotgan o`qituvchi, tarbiyachi tashxislash jarayonida quyidagi vazifalarni nazarda tutishi kerak: birinchidan, - o`quvchida Shaxsning ijobiy hislatlarini taraqqiy ettirib, o`z xulq-atvoridagi yomon tomonlaridan xalos bo`lishga intilish istagini uyg`otish. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling