Pedagogik diagnostika


Download 1.85 Mb.
bet90/97
Sana26.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1688289
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   97
Bog'liq
ДИАГ

ikkinchidan, - o`smir Shaxsiga tanqidiy munosobatda bo`lishda, o`z xulq-atvoridagi xususiyatlarni diqqat bilan va odilona tushunib olishda, o`z kamchiliklarini yaqqol ko`rishda, o`z nuqsonlarini fahmlab olishda yordamlaShish.
uchinchidan - o`qituvchi o`z-o`zini tarbiyalash dasturini tuzishda, Shaxs xulq-atvori hislatlarining qaysi xususiyatlarini (masalan, o`zini qo`lda tuta olish, qat’iylik, empatiya, sovuqqonlik ( yaxshi ma’noda) va Shuning singarilarni) taraqqiy ettirish, qaysilarga (masalan, o`jarlik, yalqovlik, qo`pollikka) barham berish kerakligini belgilab, hamda hal qilib olishda o`quvchi-yoshlarga yordam beradilar. Xuddi Shu yerda Shaxs sifatlarini to`g`ri va ob’ektiv baholashda, hulq-atvordagi nuqsonlarning kelib chiqish sabablarini mohiyatan baholashda ham o`quvchilarga ko`maklaShish muhimdir.
Nihoyat, to`rtinchidan - o`qituvchi, tarbiyachi o`z-o`zini tarbiyalashning oqilona yo`llarini ko`rsatib beradilar, Shaxsning ijobiy hislatlarini tarkib toptirish va kamchilikliriga barham berishga oid eng maqsadga muvofiq va samarali yo`llarni ko`rsatadilar.
O`kituvchilik- inson jamiyati tarixi boshlangandan e’tiboran davom etib, Shu bilan birga hamma vaqt jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tiborga loyiq e’zozlab kelingan kasbdir.
"O`qituvchi-deydi Al Forobiy, - aql- farosatga, chiroyli nutqqa ega bo`lishi va o`quvchilarga aytmoqchi bo`lgan fikrlarini to`la va aniq ifodalay olishni bilmog`i zarur". U o`z fikrini davom ettirib: "O`qituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o`xShaydi, Shu sababli o`qituvchi eShitgan va ko`rganlarining barchasini eslab qolishi, aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo`lishi, yoshlarga aytmoqchi fikrlarini to`la va aniq ifodalab berishni bilmog`i lozim. Shu bilan birga o`z or -nomusini qadrlaShi, adolatli bo`lmog`i lozim. Ana Shundagina u insonlikning yuksak darajasiga ega bo`ladi va baxt cho`qqisiga erishadi1", deb ta’kidlaydi. Abu Ali Ibn Sinoning fikricha "O`qituvchi matonatli sof vijdonli, rostgo`y, bolani tarbiyalash yo`llarini, axloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo`lmog`i lozim. Muallim o`quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o`rganib, uning aql qatlamlariga kirolmog`i lozim".13
Nasriddin Tusiy o`zining "O`qituvchilarni tarbiyalash to`g`risida" degan asarida O`xshash deydi: "O`qituvchi munozaralarni olib borishi, rad etib bo`lmaydigan darajadagi isbot qilishni bilishi, o`z fikrlarining to`g`riligiga ishonishi nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo`lishi lozim. O`qituvchi nutqi hech qachon va hech qayerda zaharhandali, qo`pol yoki qattiq bo`lishi mumkin emas. Dars paytida o`qituvchining o`zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin", 1
Yusuf Hojib Qoshg`ariy: "Men a’zolar kasalligini davolaShdan oldin odamlarning ruxiyatini davolaShni zarur deb topdim. Bunga men o`qituvchilik yo`li bilan erishaman, bunga mening ishonchim komil. Chunki a’zolar kasalligi bilan yuzlarcha, minglarcha odamlar halok bo`lsalar, nodonlik, bilimsizlik tufayli o`n ming va yuz minglarcha odamlar halok bo`ladilar»2,- deb ta’kidlashlari bejiz.
Ulug mutafakkir Alisher Navoiy ham o`qituvchining yoshlarga ta’sir o`tkazish mehnatini xolisona baholab: "Agar Shogird nodonlikka erishsa ham unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi", "Xalq yo`lida kim senga bir harf o`rgatmish ranj ila3" - kabi satrlar bitgan.
Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish jarayonida o`qituvchining yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishda jamiyat oldidagi javobgarligi yanada ortib boraveradi.
Zamonaviy maktab o`qituvchisi kator vazifalarni bajaradi. O`qituvchi - sinfdagi o`quv jarayonining tashkilotchisidir. O`qituvchi o`quvchilar uchun dars payti, qo`shimcha darslarda va Shu bilan birga darsdan tashqari hollarda ham kerakli maslahatlar berishda bilimlar manbaidan biridir. Ko`pchilik o`qituvchilar sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari bo`lib hisoblanadilar.
Zamonaviy o`qituvchi ijtimoiy pedagog-psixolog bo`lmasligi mumkin emas. Shuning uchun ham o`quvchilar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni yo`lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir. Ma’lumki, pedagogik faoliyat - kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir.
Jamiyat tomonidan quyiladigan talablardan eng muhimi o`qituvchining Shaxsi va uning kasbiga bog`liq hislatlarga qaratilgan.
O`qituvchining eng muhim Shaxsiy hislatlari quyidagilardir:

  • o`qituvchining o`z Vataniga sodiqligi, bolalarni sevishi, ularni insonparvarlik ruhida tarbiyalash istagi, o`z yurti, ona tili, o`z xalqining tarixi va uning madaniyatini sevishi, davlatning mustaqilligi g`oyasida yashashidan iboratdir;

  • ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada his etishi;

  • oliyjanobligi, aql-farosatli, ma’naviy pok - ma’naviyat va ma’rifat buyicha yuksak maqsadlarga mos kelishi, hislatlarni jamiyat hohishi bo`yicha bolalarga singdirib borishi;

- o`zini qo`lga ola bilishi, sabr-toqatli, bardam, matonatligidir.
Jamiyatning o`qituvchilik kasbiga qo`yadigan asosiy talabalari quyidagichadir:

  • Shaxsni ma’naviy va ma’rifiy tomondan tarbiyalashning, milliy uyg`onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g`oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashni bilishi, o`z Vatani tabiatiga va oilasiga bo`lgan muhabbati:

  • keng bilim saviyasiga ega bo`lishi, turli bilimlardan xabardor bo`lishi;

  • yoshlar pedagogikasi, psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya va pedagogika, yosh fizologiyasi hamda maktab gigiyenasidan chuqur bilimlarga ega bo`lishi;

  • o`zi dars beradigan fan bo`yicha mustahkam bilimga ega bo`lib, o`z kasbi, sohasida jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo`lishi;

  • ta’lim va tarbiya metodikasini egallshi;

  • bolalarni bilishi, ularning ichki dunyosini tushuna olishi, empatiya his-to`g`ulariga ega bo`lishi;

  • pedagogik texnikani (mantiq, nutq, ta’limning ifodali vositalari) va pedagogik takt (nazokat)ga ega bo`lishi;

  • o`qituvchining o`z bilim va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.

Har bir o`qituvchi ana Shu talablarga eng yuqori darajada mos keladigan bo`lishiga intilishi kerak.
O`qituvchiga jamiyat tomonidan qo`yiladigan talablar, turli xildagi ijtimoiy kuzatishlar, pedagogning individualligi, uning Shu tariqa talablarga javob berishga sub’ektiv tayyorligi muayyan o`qituvchining pedagogik faoliyatiga naqadar tayyorligidan dalolat beradi.
O`qituvchi professiogrammasi muayyan fan tomonidan o`qituvchiga qo`yiladigan maxsus talablarni o`z ichiga qamrab olishi lozim. Bo`lajak o`qituvchi u yoki bu xildagi fan tomonidan qanday talablar quyilishini bilishi va Shu asnoda o`quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish uchun pedagogik oliy o`quv yurtlarida muyyan mutaxassislik bo`yicha o`qituvchi professiogrammasi ishlab chiqilishi zarurdir. Professiogramma psixologik nuqtai nazardan ishlab chiqarish faoliyati xarakteristikasining (anik birorta kasb bo`yicha) kelgusi amaliy ishlar uchun zarur bo`lgan mazmundagi barcha tomonlarini o`z ichiga olishi kerakligi ustida boradi.
Professiogrammada muhim hislatlarning borgan sari bir muncha ortib borishini hisobga olgan holda o`qituvchining qo`yidagi hislatlari ko`rsatib borilishi lozim:

  1. O`qituvchining shaxsiy xislatlari:

  2. Kasbiga xos bilimi:

  3. O`z kasbiga xos xislatlari:

  4. Shaxsiy-pedagogik uddaburonligi:

  5. Tashkilotchilik malakalari:

  6. Kommunikativ malakalari:

  7. Gnostik malakalari:

  8. Ijodiy hislatlari:

Professiogrammani kasbga hos ravishda tashkil qilishda ta’limning samaradorligi va uning muvaffaqiyati Shaxsning qanday qobiliyat va Shaxsiy hislatlarini o`stirishda yordam berganligi inobatga olinadi.
Ma’lumki, qobiliyat- bu kishining biror faoliyatiga yaroqliligi va Shu faktorni muvaffaqiyatli amalga oshirishidir.
«Pedagogik qobiliyat- bu qobiliyat turlaridan biri bo`lib, kishining pedagogik faoliyatga yaroqliligini va Shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli Shug`ullana olishini aniqlab beradi»1.
Reabilitatsion xizmatni boshqarish modeli va uni amalga oshirish mexanizmi hududdagi ijtimoiy madaniy vaziyatlarning ma’lum modelini yaratish imkonini beradi. Bu model bola va o`smirlarning:
Umumorganizmni reabilitatsiya qilish (tibbiy)

  1. Shaxs sifatida reabilitatsiya qilish (psixologik)

  2. Ijtimoiy sub’ekt sifatida (ijtimoiy)

  3. Faoliyat sub’ektiv darajasiga ko`tarishga qaratilgan reablitatsion xizmati bo`lishi kerak. Bu qo`yidagi ko`rinishga ega bo`ladi:

Болалар ва ўсмирларни комплекс реабилитация қилиш модели



Тиббий реабилитация

Педагогик реабилитация

Субъект
таълим фаолияти субъекти

Тарбияси оғир бола

Шахс


Ижтимоий субъект

Реабилитация

Психологик

Ижтимоий педагогик

Xududiy reabilitatsion xizmat xodimlarining faoliyati qo`yidagi mexanizm asosida yuritilganda samarali kechadi:



  • Reabilitatsion xizmat ko`rsatishda muassasalararo umumhamkorlik

  • Reabilitatsion xizmat ko`rsatishni ilmiy metodik ta’minlash

  • Reabilitatsion xizmatda kadrlar masalasi

  • Reabilitatsiya qilish ob’ektlarini tanlsh va diagnostika qilish

  • Reabilitatsiya sub’ektlarining kelishuvi asosida faoliyat ko`rsatish.

O`xshash qilib, nazariy va eksperimental tadqiqotlar Shuni ko`rsatadiki, maktabdagi ta’lim tizimida o`quvchilarning umumiy tarbiyalanganlik darajasini tashxislashga u qadar e’tibor berilmaydi.
Jamiyatimizdagi yoshlarni tarbiyalashda optimal uslub va vositalardan foydalanishimiz lozim, buning uchun esa avvalambor ularning tarbiyalanganlik darajasini tashxis qilishimiz kerak. Tarbiyaviy tadbirlarni rejalshtirganimizda siyqallaShib qolgan tadbirlardan voz kechishimiz Shart.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling