6. Har bir konfliktning o’z g’olibi va o’z maglubi bo’ladi.
Noto’g’ri va stereotip qarash. Ziddiyatda ko’pchilik golib bo’lmoqchi bo’ladi. Shuningdek, ko’pchilik, konfliktda bir tomon - g’olib, ikkinchi tomon - maglub bo’ladi, degan xato karashni ushlab olgan. Mana shu xato qarash odamlarni chalg’itib qo’yadi. Hyech kim "men maglub bo’ldim", degisi kelmaydi, yutiyu chiqqisi keladi. Shuning uchun, real hayotda ko’pchilik, xar bir inson ziddiyat ichida golib bo’lish uchun harakat qilishi kerak, deb o’ylashadi. Bu holat konfliktning ichki mazmunini noto’gri anglashdan kelib chiqadi. Agar odamlar konflikt qarama-qarshiligi faqat g’oliblik asosida yechilmasligini bilsalar, ular golib bo’lishga intilmay qoladilar. Haqiqat shundaki, xdr qanday konflikt - g’olib va mag’lubga ega bo’lavermaydi. Agar siz konflikt, yechimiga «Sen menga qarshisan» shiori bilan munosabatda bo’lsangiz, albatta, ikkinchi tomon qat’iy qarshilik bildirish uchun asos yaratiladi. U tomon ham o’z o’rnida "Sen menga qarshisan" qabilida munosabat bildiradi. Aslida, ikkala tomon biri biriga yemas, ularni to’qnashtirib turgan konfliktga, hamda uni keltirib chiqargan muammoga qarshilik bildirishi lozim. Bu to’g’riroq bo’ladi. "Sen mening dushmanimsan" qabilidagi konflikt rivojida g’olib va mag’lubning yaratilishiga yoki ikki mag’lub bo’lishiga ko’prok vaziyat mavjud. Bu yesa bir tomonning manfaatlarini oshqa tomon manfaatlariga bo’ysundirilishiga olib keladi. Konfliktlar yechimi insonlarni g’olib-g’olib shaklida, ya’ni har ikkala tomon ham konflikt yechimidan koniqqan sharoitni vujudga keltirishga sharoit yaratadi. Shu bois, konfliktga sherikchilik va hamkorlik nuqtai nazaridan yondoshilsa, va muammoni umumiy, har ikki tomonga, ya’ni barchaga taalluqli deb qarab, uning yechimini hamkorlikda kidirilsa, konflikt barcha ishtirokchi tomonlar uchun ijobiy hal bo’liishga imkoniyat beriladi. Shuning uchun faqat bir tomonning golibligi uchun yemas, balki barcha tomonlarning golibligi uchun sayi-harakat qilish darkor.
7. Konflikt, unda ishtqrok yetuvchi tomonlarning har biri uning yechimidan qoniqish hosil qilmasa ham, hal yetilgan bo’ladi.
Noto’g’ri va stereotip qarash. Konflikt yechimidan maqsad bu to’qnashgan tomonlarning o’z xohish va irodasiga suyangan holda o’zaro istykbol, ya’ni kelgusi hamkorlik nuqtai nazaridan kelishuvidir. Demak, konflikt yechimi - tomonlar kelishuvi va tinchlikda yashao’ uchun qilingan qaror va sayi-harakatlar majmuasidan iboratdir. Konflikt o’chokdagi olovga o’xshaydi, agar olov o’chgan bo’lsaham, uchkunlar qolgan bo’lsa, konfliktning qayta olovlanishi hyech ran yemas. Demak, konfliktningto’la yechimi, ya’ni hakiqiy hal bo’lishi bugun har bir tomon ham to’la qoniqish xissini tuygan, uningechimidan to’la rozi bo’lgan bo’lishi shart. Agar konflikt yechimidan qaysi bir tomon qoniqmagan! bo’lsa, uning qayta «olovlanishiga» sabab va imkoniyat doim mavjud bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |