Педагогик инновациялар, касб-ҳунар таълими бошқарув ҳамда педагог кадрларни қайта


qaratilishi, yaʼni yoshlarning aynan ish beruvchi talab etayotgan bilim va


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/23
Sana24.12.2022
Hajmi0.88 Mb.
#1053913
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
М.Шорахимов (5)

qaratilishi, yaʼni yoshlarning aynan ish beruvchi talab etayotgan bilim va 
malakalarga ega bo‘lishiga eʼtibor qaratilishi lozim. Endi taʼlim sifati va 
samaradorligi, chinakam bilim berish, haqiqiy professional kadrni tayyorlash, 


ularda tadbirkorlik, daromad topish ko‘nikmalarini shakllantirish va ularni mehnat 
bozorida o‘rnini topib ketadigan mutaxassisga aylantirish ustivorlik kasb etadi. 
 Iinnovatsion texnologiyalar simulyatsion o‘qitishni tashkil etish ” 
modulining taʼlim texnologiyalarini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual 
yondashuvlarga eʼtibor berish kerak. 
Taʼlimning shaxsga yo‘naltirilganligi. O‘z mohiyatiga ko‘ra bu yo‘nalish taʼlim 
jarayonidagi barcha ishtirokchilarning to‘laqonli rivojlanishini ko‘zda tutadi. Bu 
esa Davlat taʼlim standarti talablariga rioya qilgan holda tinglovchining intellektual 
rivojlanishi darajasiga yo‘naltirilib qolmay, uningning ruhiy-kasbiy va shaxsiy 
xususiyatlarini hisobga olishni ham anglatadi. 
• Tizimli yondashuv. Taʼlim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida 
mujassam qilishi zarur: jarayonning mantiqiyligi, undagi qismlarning o‘zaro 
aloqadorligi, yaxlitligi. 
• Amaliy yondashuv. Shaxsda ish yuritish xususiyatlarini shakllantirishga taʼlim 
jarayonini yo‘naltirish; tinglovchig faoliyatini faollashtirish va intensivlashtirish, 
o‘quv jarayonida uning barcha layoqati va imkoniyatlarini, sinchkovligi va 
tashabbuskorligini ishga solishni shart qilib qo‘yadi. 
• Dialogik yondashuv. Taʼlim jarayonidagi ishtirokchi subyektlarning psixologik 
birligi va o‘zaro hamkorligini yaratish zaruratini belgilaydi. Natijada esa, 
shaxsning ijodiy faolligi va taqdimot kuchayadi. 
• Hamkorlikdagi taʼlimni tashkil etish. Demokratiya, tenglik, subyektlar 
munosabatida o‘qituvchi va tinglovchining tengligi, maqsadini va faoliyat 
mazmunini birgalikda aniqlashni ko‘zda tutadi. 
• Muammoli yondashuv. Taʼlim jarayonini muammoli holatlar orqali tinglovchi 
bilan birgalikdagi hamkorlikni faollashtirish usullaridan biridir. Bu jarayonda ilmiy 
bilishning obyektiv ziddiyatlarini aniqlash va ularni hal qilishning dialektik 
tafakkurni rivojlantirish va ularni amaliy faoliyatda ijodiy ravishda qo‘llash 
taʼminlanadi. 
• Axborot berishning eng yangi vosita va usullaridan foydalanishyaʼni o‘quv 
jarayoniga kompyuter va axborot texnologiyalarini jalb qilish. 
Yuqoridagi konseptual yondashuv va “Taʼlimda innovatsion muhit” modulining 
tarkibi, mazmuni, o‘quv axborot hajmidan kelib chiqqan holda o‘qitishning 
quyidagi usul va vositalari tanlab olindi. 
• O‘qitish usullari va texnikasi: muloqot, keys stadi, muammoli usul, o‘rgatuvchi 
o‘yinlar, “aqliy hujum”, “Birgalikda o‘rganamiz”, pinbord, maʼruza (kirish 
maʼruzasi, vizual maʼruza, tematik, maʼruza-konferensiya, aniq holatlarni yechish, 
avvaldan rejalashtirilgan xatoli, sharhlovchi, yakuniy). 
• O‘qitishni tashkil qilish shakllari: frontal, kollektiv, guruhiy, dialog, polilog va 
o‘zaro hamkorlikka asoslangan. 
• O‘qitish vositalari: odatdagi o‘qitish vositalari (darslik, maʼruza matni, tayanch 
konspekti)dan tashqari grafik organayzerlar, kompyuter va axborot texnologiyalari. 
• O‘zaro aloqa vositalari: nazorat natijalarining tahlili asosida o‘qitishning 
diagnostikasi (tashxisi). 
• Boshqarishning usuli va vositalari. O‘quv mashg‘ulotini texnologik karta 
ko‘rinishida rejalashtirish o‘quv mashg‘ulotining bosqichlarini belgilab, qo‘yilgan 


maqsadga erishishda o‘quvchi va tinglovchining hamkorlikdagi faoliyatini 
tinglovchilarning auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarini aniqlab beradi. 
Taʼlim innovatsiyalari: 
· pedagogik tizimning tamomila o‘zgarishi; 
· o‘quv jarayonining o‘zgarishi; 
· pedagogik nazariyaning o‘zgarishi; 
· o‘qituvchi faoliyatining o‘zgarishi; 
· o‘quvchi (talaba) faoliyatining yangilanishi; 
· pedagogik texnologiyaning o‘zgarishi; 
· taʼlim mazmunining yangilanishi; 
· o‘qitish shakl, metod va vositalarining o‘zgarishi; 
· taʼlim tizimi boshqaruvning o‘zgarishi; 
· taʼlim maqsadi va natijalarning o‘zgarishi. 
Ish beruvchi va bozor talablarini tez o‘zgarishlarni hisobga olgan holda 
taʼlim muassasalari talabalarni tez o‘zgaruvchan kasblarni zamonaviy 
kompetensiyalar orqali egallashlarini taʼminlashlari lozim. Buning uchun ular o‘z 
o‘quv reja va dasturlarini talab asosida qayta ko‘rib chiqishlari kerak. Ammo, reja 
va dasturlarning o‘zgarishi o‘z navbatida amaliy darslarda 
qo‘llaniladigan jihozlarni ham tez-tez yangilanishini talab qiladi. Bu esa o‘z 
navbatida jihozlarni sotib olish uchun zarur bo‘lgan katta mablag‘larni talab qiladi 
Professional taʼlim muassasalari bazasida zamonaviy o‘qitishni joriy qilish, 
Simulyatsion markazlar” faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali amalga oshiriladi. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling