Педагогик инновациялар, касб-ҳунар таълими бошқарув ҳамда педагог кадрларни қайта


-mavzu: Simulyatsion o‘qitishning mohiyati, turlari va ularning ta’lim


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/23
Sana24.12.2022
Hajmi0.88 Mb.
#1053913
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
М.Шорахимов (5)

2-mavzu: Simulyatsion o‘qitishning mohiyati, turlari va ularning ta’lim 
jarayonida qo’llanikishi
 
Simulyatsion taʼlim har bir talabaning professional faoliyatini yoki uning 
elementini professional standartlar va qoidalarga muvofiq bajarish uchun 
professional faoliyat modelini qo‘llaydegan professional treningda majburiy 
komponent hisoblanadi. 
Simulyatsiya taʼlim texnologiyalari yordamida o‘qitish ish joyida amaliy 
mashg‘ulotlarning anʼanaviy shakllarini o‘rnni bosa olmaydi. Biroq, bir qator 
amaliy ko‘nikma va malakalarni ustaxonada emas, balki oldindan ishlab chiqarish 
bosqichida, simulyatsiya markazida o‘zlashtirish maqsadga muvofiq va samaralidir 
Professional taʼlim muassasalari bazasida zamonaviy o‘qitishni joriy qilish, 
simulyatsion markazlar” faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali amalga oshiriladi. 
Taʼlim oluvchilar o‘quv amaliyotlarini avval “Simulyatsion markazlar”da 
immitatsion o‘quv jihozlari yordamida bajarib, maʼlum kasbiy kompetensiyaga 
ega bo‘lgandan keyin amaliyotning navbatdagi bosqichida real ishchi holatda 
bajaradilar. 
Simulyatsion taʼlim o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va 
qiyin sharoitlardan chiqib ketishni rejalashtirish maqsadiga qaratilgan. Bunda har 
bir kasbning mavzular ketma-ketligiga qarab ko‘nikmalar ruyxati tuziladi va ularni 


o‘qitish uchun vaqt meʼyorlari ishlab chiqiladi. Ko‘nikmalar ruyxati ilm-fan va 
taraqqiyot rivojiga qarab o‘zgarib boradi. Har bir kasb bo‘yicha pedagog nazorati 
ostida amaliy ko‘nikmalar ruyxati asosida professional kompetensiyani 
shakllantirish uchun sarflangan vaqt bitta modul xisoblanadi. Kunlik o‘tiladigan 
modullar uchun vaqt belgilanadi. 
Har bir modul birliklari 4 bosqichdan iborat bo‘lishi kerak: 
1.Tayyorgarlik darajasi to‘g‘risidagi bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash 
maqsadida o‘tkaziladigan boshlang‘ich nazorat, imitatsiya bo‘yicha instruktaj, 
topshiriqlar olish (ajratilgan vaqtning 20% gacha); 
2.Topshiriqlarni bevosita bajarish (ajratilgan vaqtning 60% gacha) 
3.Bajarilgan topshiriqlar muhokamasi (debrifing) (ajratilgan vaqtning 10% gacha); 
4.Topshiriqlarni yakuniy bajarilishi (ajratilgan vaqtning 10% gacha). 
. 1. Birinchi bosqich – mashg‘ulotning maqsadi va vazifalaridan kelib 
chiqqanholda o‘rganilayotgan amaliy ko‘nikmani o‘rganish motivatsion asosi 
aniqlanadi, uning nazariy jihatlari muhokama qilinadi. 
Amaliy ko‘nikmalarni amalga oshirish uchun zarur asbob anjomlarni 
ishlatish mexanizmi, ishlatish va texnika xavfsizligi qoidalari bilan o‘quvchilar 
tanishtiriladi. Birinchi bosqichni amalga oshirish uchun barcha asbob anjomlar 
mavjud va ishchi holatda bo‘lishi lozim 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling