Педагогик инновациялар, касб-ҳунар таълими бошқарув ҳамда педагог кадрларни қайта


SIMULYATSION O‘QITISHNI TASHKIL ETISH


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/23
Sana24.12.2022
Hajmi0.88 Mb.
#1053913
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
М.Шорахимов (5)

SIMULYATSION O‘QITISHNI TASHKIL ETISH 
 1-Mavzu: Professional taʼlim tizimida innovatsion texnologiyalar: simulyatsion 
o‘qitishni tashkil etishning zarurligi(nazariy 2 soat) 

Oxirgi yllarda butun dunyoda shu jumladan Respublikamizda ham 


iqtisodiyot sohasining jadal surʼatlar bilan rivojlanishi kuzatilmoqda. 
Xalqaro mehnat bozori talablari, integratsion jarayonlarning jadallashuvi, 
raqamlashtirish, sanoatdagi texnologik inqiloblar davrida zamon talablariga mos 
malaka va ko‘nikmalarga ega raqobatbardosh o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini 
tayyorlashni, kasb-hunar taʼlim sohasida yangi tizimni - xalqaro andozalarga mos 
professional taʼlim tizimini talab qildi. 
Respublikamiz rahbarlari tomonidan professional taʼlim sohasi zimmasiga 
muhim masala, qisqa muddatda barcha professional standartlar va ish beruvchilar 
talablariga mos keladigan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etish. 
Shu tariqa 
- hududlar va sohalar kesimida iqtisodiy taraqqiyotga munosib hissa qo‘sha 
oladigan o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash; 
- yoshlarni malakali mehnat orqali o‘z hayot farovonligini taʼminlashga o‘rgatish; 
- o‘z mehnat faoliyatiga innovatsion va kreativ yondashish, yaratuvchanlik, 
intellektual, madaniy, maʼnaviy potensialni rivojlantirish kabi kompetensiyalarni 
shakllantirish metodologiyasini yaratish vazifasini qo‘ymoqda. 
Mazkur vazifalarni amaga oshirish maqsadida professional taʼlim tizimi 
tubdan isloh qilinib, yangi turdagi taʼlim muassasalari va taʼlim texnologiyalari 
barpo etilmoqda . Bu esa o‘z navbatida taʼlim muassasalarining asosiy vazifasi 
qilib yangilanayotgan iqtisodiyot uchun zamonaviy professional 
kompetensiyalarga (Kompetensiya – talabaning bilim, ko‘nikma va malakalari 
hamda shaxsiy sifatlarining maʼlum sohada muvaffaqiyatli faoliyati uchun zarur 
bo‘ladigan qobiliyatlar majmuasi) ega bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash talabini 
qo‘ymoqda. 
Sobiq kasb-hunar kollejlarini bitirgan (aʼlo baholarga tugatgan bo‘lsa ham) 
o‘rta bo‘g‘in mutaxassislari hayotda, real ish o‘rnida o‘z o‘rnini topib ketishida 
turli murakkabliklar va to‘siqlarga duch kelganlar. Misol uchun shu paytga qadar 
aksariyat hollarda bitiruvchilar kollejda kasbiga oid bilim va ko‘nikmalarni yetarli 
darajada olgan bo‘lsa ham, ish joyiga ko‘nikishi uzoq davom etgan yoki qiyin 
kechgan. Aksariyat hollarda ish beruvchilar ularni qayta tayyorlovdan 
o‘tkazishga majbur bo‘lgan. 
Chunki kollejda anʼanaviy va eski standartlar asosida olingan bilim real ish 
o‘rnida zarur bo‘lgan ko‘nikmalarga mos kelmagan yoki bu bilimni amalda 
umuman qo‘llab bo‘lmagan. 
Yangi professional taʼlimda asosiy vazifa taʼlim sifati va samaradorligiga 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling