Педагогик инновациялар, касб-ҳунар таълими бошқарув ҳамда педагог кадрларни қайта


-mavzu. Ta’lim muasasalarida “Simulyasion markazlar"ni tashkil etish


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/23
Sana24.12.2022
Hajmi0.88 Mb.
#1053913
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
М.Шорахимов (5)

3-mavzu. Ta’lim muasasalarida “Simulyasion markazlar"ni tashkil etish 
tartibi 
Professional ta’lim muassasalari bazasida zamonaviy o‘qitishni joriy qilish, 
simulyasion markazlar” faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali amalga oshiriladi.
Simulyasion markazlarda - virtual trenajerlar, simulyasion robotlar, turli xil 
ishbilarmonlik o‘yinlari yordamida kasbiy ko‘nikma va kompetensiyalarni 
shakllantirishga yo‘naltirilgan modul birliklaridan foydalaniladi. O‘quvchilarning 
Amaliy ko‘nikma va kompetensiyalar ko‘p marotaba qaytarish, takrorlash, mashq 
qilish, ko‘p marotaba kuzatish, bajarish, imitatsion va virtual trening yordamida
hosil qilinadi. 
o‘quvchilar o‘quv amaliyotlarini avval “Simulyasion markazlar”da 
imitatsion o‘quv jihozlari yordamida bajarib, ma’lum kasbiy kompetensiyaga ega
bo‘lgandan keyin amaliyotning navbatdagi bosqichida real ishchi holatda 
bajaradilar. 
Bunday ikki bosqichli modelning joriy etilishi butun ta’lim-tarbiya 
jarayonining samaradorligini oshirishi mumkin. Simulyasiya texnologiyalari 
yordamida amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish an’anaviy usullarga nisbatan bir 
qator farqlar va afzalliklarga ega: 

qo‘shimcha simulyasiya mashg‘ulotlarini bajargan o‘quvchilar kamroq xatoga yo‘l 
qo‘yadilar;

darslarning davomiyligi tashqi omillarga bog‘liq emas

darslarr qulay vaqtda o‘tkazilishi mumkin; 

mashqlarni takrorlashning takrorlanishi cheklanmaydi; 
Simulyaion markazlarda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning maqsadi -Kasbiy 
faoliyat uchun zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikma va malakalarni simulyasiya orqali 
shakllantirish, takomillashtirish, nazorat qilish, malaka talablariga muvofiq 
tegishli kasbiy mutaxassis kompetensiyasini hosil qilishdan iborat. 
Simulyasion professional ta’limda o‘quv soatlari shunday taqsimlash 
lozimki, o‘quvchining nazariy tayyorgarlik bilan amaliy faoliyatni amalga oshirish 
bir-biriga uzviy bog‘liqligi ta’minlanadi. Bu jarayon oddiydan murakkabga va 


amaliyot bazasigacha ko‘p bosqichli ko‘nikmalar xosil qilish jarayonini o‘z ichiga 
oladi. 
Simulyasion ta’limni joriy qilishda o‘qituvchining roli kattadir. O‘qituvchi 
innovatsion faoliyat yurtishi lozim chunki innovatsion faoliyatning muhim tavsifi 
kreativlikdir. 
Kreativlik termini angliya-amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo‘ldi. 
U individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko‘nikmalar hosil qilish 
qobiliyati, xislatini bildiradi. 
J. Gilford kreativlikni tavsiflaydigan qator individual qobiliyatlarni ko‘rsatadi: 

fikrining ravonligi; 

fikrni maqsadga muvofiq yo‘llay olishi; 

o‘ziga xoslik (originallik); 

qiziquvchanlik; 

farazlar yaratish qobiliyati; 

xayol qila olish, fantastlik (fantaziya). 
O‘qituvchi faoliyatidagi kreativlikning bir necha bosqichlarini belgilash 
mumkin: 
Birinchi bosqichda tayyor metodik tavsiyanomalar tuzukkina ko‘chiriladi; 
ikkinchi bosqichda mavjud tizimga ayrim moslamalar (modifikatsiyalar), metodik 
usullar kiritiladi; uchinchi bosqichda g‘oyani amalga oshirish mazmuni, metodlari, 
shakli to‘la ishlab chiqiladi; to‘rtinchi bosqichda o‘qitish va tarbiyalashning o‘z 
betakror konsepsiyasi va metodikasi yaratiladi. 
O‘qituvchining innovatsiya faoliyati tuzilmasidagi eng muhim komponent
bu refleksiyadir. 
Refleksiya o‘qituvchining o‘z ongi va faoliyatini belgilash va tahlil qila olish 
deb qaraladi, o‘z fikri va harakatlariga tashqaridan nazar (V.A. Slastenin). 
Pedagogikaga oid adabiyotlarda reflektiv jarayonlarni izohlashning ikki 
an’anasi mavjudligi aytiladi: 

ob’ektlar mohiyatini izohlashga va ularni konstruksiyalashga olib 
keladigan ongning reflektiv tahlili; 

shaxslararo muloqot ma’nosini tushunish refleksiyasi; 
Bu bilan bog‘liq ravishda pedagog olimlar quyidagi reflektiv jarayonlarni 
farqlaydilar: 

o‘z-o‘zini va boshqalarni tushunish; 

o‘z-o‘ziga va boshqalarga baho berish; 

o‘z-o‘zini va boshqalarni izohli tahlil qilish. 
 
Refleksiya (lotincha reflxio - ortga qaytish ) sub’ektning o‘z (ichki) 
psixik tuyg‘u va holatlarini bilish jarayoni sifatida qaraladi. 
Falsafa va pedagogikaga oid adabiyotlarda refleksiya shaxsning o‘z ongidagi 
o‘zgarishlarni fikrlash jarayoni deb yoziladi. 


Psixologik lug‘atda shunday izoh beriladi: "Refleksiya - faqat sub’ektning 
o‘z-o‘zini bilishi va tushunishi emas, balki boshqalar uning shaxsiy xislatlari, his 
qilish tuyg‘usi va bilish (kognitiv) tasavvurlarini bilish hamda tushunishini aniqlab 
olishini ham anglatadi. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling