Педагогик инновациялар, касб-ҳунар таълими бошқарув ҳамда педагог кадрларни қайта


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/23
Sana24.12.2022
Hajmi0.88 Mb.
#1053913
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
М.Шорахимов (5)

2. Ikkinchi bosqich – amaliy ko‘nikmani namoyish qilib berish va ko‘p marta 
mashq qilish. Bu bosqichni amalga oshirish uchun amaliy ko‘nikmalarni 
kadamma-kadam algoritmi o‘qituvchi-pedagog tomonidan va videofilmlar orqali 
namoyish etiladi, algoritm asosida bosqichma-bosqich to‘g‘ri bajarishga alohida 
eʼtibor qaratiladi. O‘quvchi amaliy ko‘nikmani mustakil, biroq pedagog nazorati 
ostida ko‘p martalab takroran mashq qilib o‘rganadilar. Dastlab barcha 
bosqichlarini alohida, keyin umumlashtirgan xolda to‘liq va to‘g‘ri bajara olgandan 
so‘nggina ko‘nikmalarni qo‘llashga ruxsat beriladi (imitatsion trening). Ikkinchi 
bosqichni amalga oshirish uchun kafedra tomonidan quyidagilar ishlab ishlab 
chiqilgan bo‘lishi lozim:. 
- amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning qadama-qadam algoritmi va videofilmi; 
- o‘quv-uslubiy qo‘llanma; 
- bajarish sxemasi yoki texnikasi va h.k., 
- baholash mezonlari; 
- simulyatorlar va kerakli shart-sharoitlar maksimal darajada ish sharoitiga yaqin 
holda modellashtirilgan bo‘lishi lozim. 


Ushbu bosqich pedagog nazoratida amalga oshiriladi va zarur holda 
o‘quvchilar ishidagi xatoliklarni bartaraf etadi. Bu jarayonda o‘quvchi harakatlari 
videotasvirga olinib o‘ziga namoyish etilishi, tanqidiy muhokama qilinishi 
maqsadga muvofiqdir. 
O‘quvchi, uning xatosi nimada ekkanligini, o‘qituvchiga va boshqa 
o‘quvchilarga tushuntirib beradi va so‘ngra muolajani takrorlaydi. Interfaollik 
shunda namoyon bo‘ladiki, bunda boshqa o‘quvchilar ekspert sifatida chiqadilar va 
amaliy muolajani bajarayotgan o‘quvchining amaliy ko‘nikmani qay darajada 
o‘zlashtirganligini baholashda ishtirok etadilar. 
Amaliy ko‘nikma avtomatizm darajasigacha yetkazilishi maqsadga muvofiq. 
3. Uchinchi bosqich - o‘rganilgan bilim va amaliy ko‘nikmani amalda qo‘llash. 
Bu bosqichda o‘quvchi o‘zlashtirilgan bilim va amaliy ko‘nikmani turli xil 
holatlarda qo‘llashga, olingan natijalarni tahlil qilishga va shu maʼlumotlar asosida 
harakat taktikasini belgilashga pedagog nazoratida o‘rgatiladi. 
Uchinchi bosqichni amalga oshirish uchun kafedra tomonidan ishlab chiqilgan 
o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar, fotosuratlar, vaziyatli masalalar va testlar to‘plami, 
keyslar, xulosalari, amaliy topshiriqlar standartlari, o‘rgatuvchi ekspertiza 
xulosalari va dalolatnomalar. ishlatilishi lozim. 
Bu holatda ham Interfaollik, topshiriqni bajarayotgan o‘quvchining amaliy 
ko‘nikmani to‘g‘ri o‘zlashtirganlik darajasini baholashda o‘quvchilar ekspert 
sifatida jamoada faol ko‘rsatib ishtirok etadilar. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling