Pedagogik texnika haqida tushuncha
Download 120.5 Kb.
|
PEDAGOGIK TEXNIKA HAQIDA TUSHUNCHA
Nutq texnikasi esa – bu til vositalari yordamida, notiqlik san’ati talablariga rioya qilgan holda ko’pchilik oldida nutq so’zlay olish hamda ishchi muloqot o’rnata olish mahoratidir.
2. Nafas texnikasi. Nafas organizmning tirikligini ta’minlab, fiziologik vazifani bajaradi. SHuningdek, u nutqning energiya manbai ham sanaladi. Nutq nafasi fonatsion (grekcha phono - tovush) nafas deb ham ataladi. Kundalik hayotda nutqimiz dialogik harakterda bo’lganiligi uchun nutq nafasida o’qituvchi o’quv materialini tushuntirishi yoki ma’ruza qilish paytida ko’p vaqt o’zi gapirishiga to’g’ri kelaganligi uchun, agar nutq nafasi mashq qildirilmagan bo’lsa, yurak urishi tezlashishi, qizarib ketishi yoki nafas tiqilib qolish mumkin. Nafas texnikasining asosiy holatlarini qisqacha bayon qilamiz. Nafas jarayonida ishtirok etadigan muskullarga ko’ra nutq nafasining 4 hil turi ajratiladi. 1. YUzaki nafas elkani va ko’krak qafasining yuqori qismini ko’tarib tushiradigan muskullar yordamida amalga oshirilida. Bu zaif, yuzaki nafas bo’lib, unda o’pkaning faqat yuqori qismi ishtirok etadi. 2. Ko’krak nafasi qovurg’alararo muskullar yordamida amalga oshiriladi. Bunda ko’krak qafasi eniga kengayadi. Diafragma harakati zaif bo’lganligi uchun chiqarilayotgan nafasning kuchi ham zaif bo’ladi. 3. Diafragma nafasi ko’krak qafasining bo’ylamasiga kengayishi hisobiga amalga oshiriladi. Natijada diafragma qisqaradi, lekin qovurg’alararo muskullar qisqarishi unchalik faol bo’lmaydi. 4. Diafragma–qovurg’a nafasi ko’krak qafasining ham eniga, ham bo’yiga kengayishi natijasida amalga oshiriladi. Natijada diafragma, qovurg’alararo va qorin muskullari qisqaradi. Bu nafas eng to’g’ri nutq nafasi sanaladi. Diafragma–qovurg’a nafasi mehanizmini ko’rib chiqamiz. Diafragma qisqari, pastga qarab egiladi. Va ichki organlarni bosadi yuqori natijada qorinning qismi turtib chiqadi, ko’krak qafasi bo’yiga kengayadi, o’pka kengayib, havoga to’ladi. Nafas chiqarilayotganda diafragma bo’shashib, yuqoriga ko’tariladi, ko’krak qafasi eniga qisqara boshlaydi. Ko’krak qafasining umumiy hajmi qisqaradi, unga nisabatan bosim kuchayadi va havo tashqariga chiqadi. Fonatsion nafas yoki ovoz nafasi oddiy nafasdan nimasi bilan farqlanadi? Oddiy nafasda nafas olish va chiqarish burun orqali amalga oshiriladi va bir maromda bo’ladi. Bunday nafas ketma-ketligi nafas olish, nafas chiqarish, pauza. N.CH. pauza.
Gapirish uchun oddiy fiziologik nafas olish etarli emas. Nutq va o’qish uchun miqdordagi havo talab etiladi, shuningdek, uni tejab ishlatish kerak bo’ladi. Nutq nafasida nafas chiqarish nafas olishga nisabatan uzunroq bo’ladi. Qisqa nafas olishdan so’ng pauza (qorin muskullarini taranglashtirish uchun), keyin esa ovozli nafas chiqarish amalga oshiriladi. N.O. pauza N.CH. Nutq tovushlari nafas chiqarilayotganda hosil qilinadi. SHuning uchun ham uni to’g’ri qurish nutq nafasini va ovozini tashkil qilish uchun muhim ahamiyatga ega. Diafragma, qorin va qovurg’alararo muskullarni rivojlantirish va mustahkamlash uchun qator mashqlar mavjud. Masalan: CHalqancha yotib, burun orqali chuqur nafas olinadi. Bunda siz o’pkaning havo bilan to’planganligini, qorin muskullari va pastki qovurg’alar harakatga kelganligini sezasiz. Huddi shu mashqni tik turgan holda ham bajarib ko’rish kerak. Bunda havo o’pkaning pastki qismida qolishiga, ko’krak qafasining yuqori qismiga ko’tarilmasligiga e’tibor berish kerak. Havoni har doim pastga qarab yo’naltirish lozim. O’z ustida mustaqil ishlash orqali o’qituvchi nutq nafasi tizimini takomillashtirish mumkin. Download 120.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling