Pedagogik texnika haqida tushuncha


YOmon nutqning tavsifnomasi


Download 120.5 Kb.
bet10/11
Sana18.06.2023
Hajmi120.5 Kb.
#1576185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
PEDAGOGIK TEXNIKA HAQIDA TUSHUNCHA

YOmon nutqning tavsifnomasi
Endi esa bir muncha keng tarqalgan yomon nutqqa hos sifatlarni keltiramiz. Ularni o’qib, o’ylab ko’ring: aynan qaysilaridan qutilishni istar edingiz?.
YOmon nutqqa hos sifatlar:

  • YOqimsiz

  • Keskin yoki chiyildoq

  • Hirildoq

  • Qaltiroq

  • Baland tembrli

  • Sachrovchi

  • Nafas etishmay qoladigan

  • Uzuq-yuluq

  • O’ta baland

  • O’ta past

  • Rangsiz

  • Monoton

  • Kinoyali

  • Zo’riqqan

  • Kuchsiz

  • Zerikarli

Nutq texnikasi egallash va rivojlantirish uchun mahsus mashq-treniglarni bajarish talab etiladi. Masalan, ovoz texnikasini rivojlantirisha oid mashqlar:
1-mashq. Ovoz diapazonini mashq qildirish. Qavatlar sonini aytib, hayolan yuqoriga ko’tariling, Ovoz tonini ham oshirib boring. Keyin shuning aksini bajarib pastga tushing.
2-mashq. Ovoz yordamida balandlikka sakrash harakatini chizing. “YUguraman, sakrayman, mana havoda uchaman, balandlikdan tez uchib o’taman, endi esa sekin tushib, yumshoqqina qo’naman”.
3-mashq. Ovozning harakatchanligini oshirish. So’zlarni avval sekin, keyin esa tezlashtirib ayting va yana sekinlashtirib, dastlabki holatga keltiring.
Nafas texnikasiga oid mashqlar:
4-mashq. 1,2,3,4 deganda nafas olasiz, 5-6 saqlab turasiz, 7,8,9,10,11,12,13,14,15 chiqarasiz.
5-mashq. YUqoridagi mashqni nafas chiqarayotganda ovoz chiqarib sanash bilan davom ettirasiz.
Demak, o’z nutqiy imkoniyatlarimizni holis baholab olganimizdan so’ng, muntazam ravishda o’z ustimizda mashq qilishimiza to’g’ri keladi: nafasni kura olish, to’g’ri talaffuz, temporitm (nutq sur’ati)ni ishlab chiqish, tovush paychalarini chini qtirish. O’qituvchining ovozi yorqin, shirali, jarangdor, aniq, diqqatni tortuvchi, mushohadaga, faoliyatga chorlovchi bo’lishi, allalamasligi kerak. Ammo o’qituvchining pedagogik faoliyati chuqur fuqarolik fidoyilik, halqparvarlik hissi bilan yo’g’rilmagan bo’lsa, texnikani har qancha mukammal egallagan bo’lsa ham, uning nutqi va hulq-atvorida sohtagarlik, nosamimiylik aks etib turadi. SHuning uchun pedagogik texnikada ichki haqiqat muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 120.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling