Pedagogik texnika haqida tushuncha


Download 120.5 Kb.
bet7/11
Sana18.06.2023
Hajmi120.5 Kb.
#1576185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
PEDAGOGIK TEXNIKA HAQIDA TUSHUNCHA

4. Talaffuz va nutq sur’ati.
O’qituvchi uchun talaffuzning aniq bo’lishi muhim kasbiy sifat bo’lib, o’qituvchi nutqining o’quvchilar tomonidan to’g’ri qabul qilinishiga hizmat qiladi. Diktsiya – bu so’z, bo’g’in va tovushlarni to’g’ri, aniq va tushunarli talaffuz qilish demakdir.
Talaffuzning aniqligi nutq a’zolari, ya’ni lablar, til, jag’lar, tish, qattiq va yumshoq tanglay, kekirdaq, hiqildoq, ovoz paychalarining uyg’un va izchil faoliyatiga bog’liq. Nutq tovushlarini hosil qilishda til, lablar, yumshoq tanglay, kichik tilcha, pastki jag’ faol ishtirok etadi. SHuning uchun ham ularni mashq qildirish mumkin.
Agar nutqdan kamchiliklar tug’ma, bo’lsa o’quv mashg’ulotlari yordam bermaydi. Unga tibbiy jarrohlik yo’li bilan ta’sir ko’rsatishga to’g’ri keladi. Masalan: til ostidagi tugunchani jarrohlik yo’li bilan to’g’rilash, tishlarni mahsus moslama yordamida to’g’rilash, u yoki bu tovushni talaffuz qilish jarayonida tilning holatini to’g’rilash uchun mahsus zondlardan foydalanish va sh.k.
Talaffuzdagi noorganik, ya’ni tug’ma bo’lmagan kamchiliklar uyda yoki maktabda bolaning nutqiga e’tiborsizlikning natijasidir. Talaffuzda ko’p uchrab turadigan diffekt tez gapirish natijasida paydo bo’ladigani bo’lib, bunda so’zlar huddi bir-biriga mingashib chiqayotganga o’hshaydi. Tushunarsiz nutq, tovushlarning tishlar orasidan o’tib chiqishi natijasida paydo bo’ladi, bunda so’z ohiridagi unlilar yoki so’z orasidagi ba’zi tovushlar tushirib qoldiriladi. Ba’zilar yuqori lablarini osiltirib gapirganlarida portlovchi va shovqinli undoshlar to’g’ri talaffuz etilmay chiqadi. Diktsiyani rivojlantirish avvalo artikulyatsiyaga – nutq organlarining harakatiga bog’liq. Buning uchun mahsus artikulyatsion gimnastikadan foydalanish kerak. Bu gimnastikaga, birinchidan, nutq apparatini mashq qildirish, ikkinchidan, har bir unli va undosh tovushlarni to’g’ri talaffuz qilishga qaratilgan mashqlar kiradi.
Tabiiyki, nutqda allaqachon ildiz otgan noto’g’ri talaffuz malakalarini tezda yo’qotib bo’lmaydi. Buning uchun qattiq mehnat qilish, sabr-matonat bilan muntazam mashq qilib borish kerak.

Download 120.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling