Pedagogik texnika haqida tushuncha


Download 120.5 Kb.
bet6/11
Sana18.06.2023
Hajmi120.5 Kb.
#1576185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
PEDAGOGIK TEXNIKA HAQIDA TUSHUNCHA

3. Ovoz texnikasi.
O’qituvchilar orasida shundaylari ham borki, ularning ovozlari tabiatan to’g’ri qurilgan. Lekin bunday holatlar kam uchraydi.
Ha , yahshi ovoz ham, agar mahsus mashqlar qo’llab turilmasa, yillar davomida buzilishi, eskirishi mumkin. Umuman, aytish mumikinki, har bir kishida kuchli, egiluvchan, jarangdor bo’lishi mumkin bo’lgan o’ziga hos ovoz mavjud.
Ovoz nafas olish jarayonida havoning kekirdak orqali o’tib, tovush paychalarining cho’zilishi va qisqarishi natijasida hosil bo’ladi. O’qituvchi ovozining o’ziga hos tomonlari nimada? Avvalo ovoz kuchi. U nutq apparatidagi barcha organlarning faol ishlashiga bog’liq. CHiqarilayotgan havoning nutq organlariga nisbatan bosimi qancha kuchli bo’lsa, ovoz kuchi ham shuncha yuqori bo’ladi.
Ovoz parvozi. Ovoz eshitilishining muhim sharti sanaladi. Bu ibora orqali mutahassislar ovozni masafoga uzata olish va uni boshqarib turish ko’nikmalarini aniqlaydilar.
Ovozning egiluvchanligi va harakatchanligi ham muhim sifatlardan biridir. Bu o’rinda nutq mazmuniga ko’ra ovozni osongina o’zgartira olish ko’nikmalari tushuniladi. Balandlik – ovozning ton darajasidir. Inson ovoz balandligi jihatdan bemalol ikki aktavagacha o’zgarishi mumkin, biroq odatiy nutq jarayonida biz faqat uch besh notalar bilangina cheklanamiz holos.
Diapazon – bu ovoz hajmi yoki kengligi bo’lib, uning chegarasi eng past va eng yuqori ton bilan belgilanadi. Ovoz diapazonining qotib qolishi monotonlikning paydo bo’lishiga olib keladi. Ovozning bir hilda yangrashi idrokni o’tmaslashtiradi va uyqu chaqiradi.
YAhshi qurilgan ovozga bo’yoqdor tembr boyligi ham hos bo’ladi. Tembr bu ovozning rangi, yorqinligi, shuningdek, uning muloyimligi, iliqligi va individualligidir. YAngrayotgan ovozda har doim asosiy va qo’shimcha tonlar mavjud bo’ladi. Ana shu qo’shimcha tonlar (obertonlar) qancha ko’p bo’lsa, ovoz shuncha yorqin, bo’yoqdor va shirali bo’ladi. Ovozning dastlabki tembri rezonatorlar yordamida o’zgartirilishi mumkin. Rezonatorlarning ikki asosiy turi ajratiladi: yuqori (bosh) va pastki (ko’krak). Bosh chanog’i burun va og’iz bo’shlig’i yuqori, ya’ni bosh rezonatorga kiradi. Pastki (ko’krak) rezonatorlarini qo’lni ko’krak qafasi ustiga qo’yib (gapirganda) his etish mumkin. Demak, bosh va ko’krak rezonator sezgilari yordamida tovush paychalari ishi shunday tashkil etiladiki, kekirdakda paydo bo’ladigan ovozning dastlabki tembri bosh va ko’krak rezonatorlarida rezonans paydo etiladigan qo’shimcha ton (oberton)ga ega bo’ladi.Ovozning bu barcha hususiyatlari mahsus mashqlar yordamida hosil qilinadi. Ovoz tarbiyasi – individual va ko’p mehnat talab etadigan jarayon. U qat’iy individual metodikani, shuningdek, tajribali mutahassislar tomonidan nazorat qilib borishni talab etadi. Ovozni ongli ravishda mashq qildirish natijasida uning tembrini o’zgartirish, yoqimsiz bo’yoqlarni bartaraf etish umumiy tonni pasaytirish mumkin. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, past tonli ovozlar bolalar tomonidan yahshi qabul qilinadi, ularga ko’proq yoqadi va ko’proq taassurot qoldiradi. Nutq tovushini tarbiyalashga qaratilgan mashqlarni Z.V.Savkova hamda V.P.CHihachyovning teatr va san’at oliygohlari uchun yozilgan ma’ruzachi ovozi haqidagi qo’llanmalaridan topish mumkin.
SHu o’rinda o’qituvchi ovozi gigienasi haqida ham gapirib o’tishni lozim topdik. Mahsus tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, ovoz bilanbog’liq kasb egalarida ovoz apparatining kasallanishi ehtimoli yuqoriroq bo’lar ekan. O’qituvchilarda bu ko’rsatgich 40.2% ni tashkil etadi. Ovoz sifatining buzilishi sabablari turlicha. Ularning asosiy to’rt hili ajratiladi: kundalik ovoz sarflash darajasining yuqoridagi, ovoz apparatini ishlatishdagi uquvsizlik, gigiena qoidalariga rioya qilmaslik, ovoz organlarining tug’ma zaifligi.
Ovozni zo’riqtirish natijasida buzilishi, asosan, o’qituvchi ish vaqtining yarmidan ortiqroq qismida faqat o’zi, yana dars vaqtida odatdagidan balandroq ovoz bilan gapirishidandir. Ovoz intensivligining oshib borishi sinf shovqinini bosish zaruratidan kelib chiqadi. Odatda sinf shovqini o’rtacha 55-72 ditsibelni tashkil etsa, sog’lom ovoz intensivligi 65-74 detsibelgacha bo’ladi. Ovozni zo’riqtirish nutq apparatidan foydalanishdagi uquvsizlik bilan bog’liq bo’lganda, bu holat o’quvchilar bilan salomlashishdayoq namoyon bo’ladi. Bunda o’qituvchi qisqa nafas chiqarish jarayonida, ya’ni o’pkada qolgan havo qoldig’i bilan gapiradi. Agar nutq etarli nafas tayanchiga ega bo’lmasa, chiqarilayotgan nafas qisqa bo’ladi, natijada o’qituvchi tez-tez nafas olib turishiga to’g’ri keladi. Bunday holatda o’qituvchi og’zidan nafas olganligi uchun tozalanmagan, namlanmagan havoni yutadi, bu esa tomoq va hiqildoqning shilliq qavatini quritadi va achishtiradi hamda surinkali tovush hirilashiga olib keladi.
Ana shunday kasb kasaliklari oldini olish uchun ovoz gigienasi bilan shug’ullanish, maktabda ishlashning muayyan sharoitlariga rioya qilish kerak. Ish kuni yakunlangandan so’ng o’qituvchi 2-3 soat mobaynida uzoq gapirishdan o’zini tiyishi kerak. Zarur bo’lganda past ovozda gapirib, qisqa iboralar bilan chegaralanishi talab etiladi.
Dars jadvalini tuzayotganda ishni inobatga olish kerakki, ish staji 10 yilgacha bo’lgan o’qituvchilarda ovoz apparati 3-4 soatda charchaydi va faqat 1 soatdan keyin o’z holiga qaytishi mumkin. YUqori ish stajiga ega bo’lgan o’qituvchilarda bu holat 2-3 soatda ro’y berishi mumkin. Ular 2 soatgacha ovozlariga dam berishlari kerak bo’ladi.
YUqori nafas yo’llarining sog’lom bo’lishiga, asab tizimini va ovqatlanish tartibiga alohida e’tibor berish kerak, ovoz apparati o’tkir, achishtiruvchi taomlarga nisbatan sezgir bo’ladi. O’ta sovuq yoki o’ta issiq, achchiq taomlar, alkogol ichimliklar, chekish og’iz va tomoq shilliq qavatining qizarishiga olib keladi. Tomoq qurib qolishning oldini olish uchun mutahassislar ichimlik sodasi va yod aralashmasi bilan chayishini maslahat beradilar.
Quyidagi maslahatlar ham foydadan holi emas:
- nutqni monotonligi ham nutq apparati mushaklarini charchatib qo’yadi, chunki bunday nutqda faqat bir guruh mushaklar ishtirok etadi, shuning uchun nutq qanchalik ifodali bo’lsa, ovoz shunchalik sog’lom bo’ladi;
- bo’r qipiqlaridan hosil bo’lgan chang ham ovozni emiradi, shuning uchun doska artadigan latta doim namlangan bo’lishi kerak;
- ovoz bilan ishlagandan so’ng sovuq kunlarda tez yurish ham mumkin emas, chunki tez yurganda nafas olish tezlashadi va chuqurlashadi, natijada ko’p sovuq havo nafas yo’lidan o’tadi.

Download 120.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling