Pedagogik texnika haqida tushuncha
Download 120.5 Kb.
|
PEDAGOGIK TEXNIKA HAQIDA TUSHUNCHA
Ritmika (nutq sur’ati). Alohida so’z, bo’g’in va iboralarni talaffuz etishdagi tezlik, davomiylik nutqni ritmik va me’yoriy tashkil etish bilan birgalikda nutq temporitmini belgilaydi. Bu nutqning muhim elementi sanaladi. Binobarin, nutqning ifodaliligi va pauzalar o’z-o’zidan so’z bilan birgalikda tinglovchiga emotsional ta’sir etish kuchiga ega bo’ladi.
Nutq sur’ati o’qituvchining individual hususiyatlariga, nutq mazmuni va muloqot vaziyatiga bog’liq. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, nutqning optimal sur’ati o’zbek tilida 100 dan 110 gacha, rus tilida 120 taga yaqin, inglizlarda 120 dan 150 tagacha so’zdan iborat. Ammo, yana tajribalarga tayanib aytish lozimki, o’qituvchi V-VI sinflarda dars o’tayotganda nutq sur’ati minutiga 50-55 so’zdan, kollej, litsey o’quvchilari uchun esa o’qituvchi nutqi tezligi minutiga 65-70 so’zga teng bo’lishi kerak. Alohida so’zlarni talaffuz qilishi doimiyligi faqat so’zning uzunligiga emas, balki shu so’zning muayyan konteksdagi ahamiyatga ham bog’liq. “Quruq so’z huddi g’alvirdan no’hat elanib tushganday chiqadi, ma’noli so’z esa huddi rtut bilan to’ldirilgan pufakka o’hshab sekin aylanadi” (K.S.Stanislavskiy). So’z, matn qanchalik muhim bo’lsa, nutq shuncha sekin bo’ladi. O’quv materialining muhim va murakkab qismini o’qituvchi sekin sur’atda bayon etadi, keyin esa tezroq gapirishi mumkin. U yoki bu hulosani, aniqlikni, qoidani, printsipni, qonunni shakllantirish kerak bo’lganida nutq, albatta, sekinlashadi. SHuningdek, o’quvchilardagi ta’sirlanish darajasini ham inobatga olish lozim. O’quvchi qanchalik ta’sirlangan bo’lsa, o’qituvchi shuncha sekin va past gapirishga to’g’ri keladi. Nutq ifodaliligini oshirish uchun mantiqiy va psihologik pauzalardan mohirona foydalanish talab etiladi. Mantiqiy pauza nutq savodliligini, psihologik pauza nutq jonliligini ta’minlaydi. Pauza, nutq sur’ati va musiqaviyligi birgalikda nutq ohangdorligi, ifodaliligini belgilaydi. Bir maromdagi monoton nutq zerikishga, diqqat va qiziqishning pasayishiga olib keladi. Akademik I.P.Pavlov zerikishni ”ochiq ko’zda uhlash” deb atagan edi. O’qituvchi nutqi tabiyligi, obrazliligi, musiqaviyliligi bilan tinglovchini jalb etish kerak. O’qituvchi nutqining ifodaviy boyligini oshirishga qaratilgan mahsus mashqlar ham bor. Download 120.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling