yo‘llarini shu mash’al yordamida yorug‘ ko‘radilar, yorqin
kelajak sari adashmasdan boradilar.
•
Axloq inson uchun muhim fazilat ekanligini barcha o‘z fikri va aql-zakovati, zehni bilan
anglamog‘i, uning hayotiy zarurat ekanligini tushunib etmog‘i lozim.
Axloq qoidalarini
bajarishni kimdandir qo‘rqqanidan emas, balki hayotiy ehtiyoj sifatida his etib, o‘z
xohishi bilan unga doimo rioya qilishi zarur. Odob qoidalarini yoshlikdan o‘rganib, unga
qat’iy rioya qilgan bolalar va yoshlar keyinchalik o‘z hayot yo‘llarini shu mash’al
yordamida yorug‘ ko‘radilar, yorqin kelajak sari adashmasdan boradilar.
•
Odob ta’limini odamzod o‘z atrofidagi insonlardan, bolalar esa ko‘proq
ota- ona
vamuallimlaridan oladilar. Muallimlarning, ota-onalarning va o‘zidan kattalarning odob
to‘g‘risidagi nasihatlarini jon-dildan
qabul qiluvchi, kattalarning yaxshi fazilatlarini
o‘zlashtiruvchi bola, o‘smir va o‘spirin albatta, odobli bo‘lib o‘sadi.
•
Oilada barcha ijtimoiy-ma’rifiy, ma’naviy hamda axloqiy qadriyatlar yoshlarga
singdiriladi. Ularga doimiy amal qilish nazorat ostiga olinadi.
Oilada beriladigan axloqiy
tarbiyaning asosiy maqsadi bolalarda ijobiy sifatlarni hosil qilish, ularni yaxshi xulq-
atvorga o‘rgatish, axloqiy hislatni rivojlantirish hamda
ularda ijobiy xatti-harakat,
ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirishdan iboratdir. Axloqli insonda quyidagi sifatlar
tarkib topgan bo‘lishi zarur deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: