Pedagogika fanini o’qitish metodikasi fanidan Ma’ruzalar Kirish
Xalq pedagogikasi (Etnopedagogika)
Download 89.1 Kb.
|
Ma\'ruzalar matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oila pedagogikasi
- Andragogika
Xalq pedagogikasi (Etnopedagogika) - talabalarni etnomadaniy an'ana (bayram, marosim, tadbir)lar, urf-odatlar, xalqning poetik va badiiy ijodiyotiga asoslangan og'zaki bilimlar (rivoyat, matal, maqol, tez aytish, masal, pand, nasihat, duo)lar, tarbiyaning xalqona metod va usullari bilan yaqindan tanishtirish orqali turli yoshdagi shaxsni tarbiyalashda ulardan samarali foydalanishga o'rgatadi.
Oila pedagogikasi - talabalarni oilada bolalarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash qonuniyatlari, tamoyillari, yondashuvlari, shakllari, metodlari, vositalarini, ota-onalarda pedagogik bilimlarni shakllantirishga oid bilimlardan xabardor qilish asosida namunali oilalar, ularning oilaviy munosabatlarni tashkil etish, oila byudjetini shakllantirish, oila xo'jaligini yuritish, oilada farzandlarni sog'lom, ma'naviy-axloqiy, aqliy, estetik jihatdan yetuk shaxslar etib tarbiyalashdagi tajribalarini o'rganishga, bolalarni tarbiyalashda oila va ta'lim muassasalari o'rtasida o'zaro hamkorlikni qaror toptirish yo'lida faollik ko'rsatishga tayyorlaydi. Andragogika - talabalarga katta yoshli sub'ekt (shaxs)lar tomonidan bilim va malakalar o'zlashtirilishi qonuniyatlari, pedagogning bu faoliyatni boshqarishining o'ziga xos jihatlari to'g'risidagi bilimlarni berish orqali ularni kattalar auditoriyasida ishlashga tayyorlaydi. III. Pedagogika fanlarini o'qitish jarayonining mohiyati. Ta'lim tizimli bilim olishning eng muhim va ishonchli sohasidir. Ta'limga ikki tomonlama aloqa (ta'lim olish va ta'lim berish), shaxsni har tomonlama rivojlantirish va boshqa xususiyatlar xosdir. Ta'lim o'qituvchi tomonidan boshqariluvchi o'ziga xos anglash jarayonidir. O'qituvchining yo'naltiruvchi sifatidagi roli talabalarning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni ta'minlovchi bilim, ko'nikma va malakalarni to'liq o'zlashtira olishlarida ko'rinadi. Ta'lim o'qituvchining talabalar bilan muloqoti jarayoni ham sanaladi. U talabalarga o'quv materiali mazmunini tushuntiradi, savol va topshiriqlar beradi, ularning faoliyatini nazorat qiladi, xato va kamchiliklarini aniqlaydi, yo'l qo'yilgan xatolarni to'g'rilaydi, qanday ishlash lozimligini qayta ko'rsatadi. Har qanday ta'lim o'zida o'qituvchi va talabaning faoliyati, ya'ni, o'qituvchining o'rgatish hamda talabaning o'rganishga yo'naltirilgan faoliyati, boshqachai aytganda to'g'ridan to'g'ri, bevosita va nisbiy munosabat aks etadi. Pedagogika fanlarini o'qitish jarayonida o'qituvchi va talaba o'rtasida o'zaro muloqat yuzaga keladi. "Muloqot" tushunchasi "ta'lim" tushunchasidan ko'ra keng ma'noga ega. Ta'lim talabalarga nazariy bilimlarni berish asosida ularning bilish qobiliyatlarini o'stirish, ularda amaliy ko'nikma va malakalar, shuningdek, dunyoqarashni shakllantirishga yo'naltirilgan jarayondir. Ta'lim va pedagogika fanlarini o'qitish jarayoni (didaktik jarayon) sinonim tushunchalar emas. Jarayon - yaxlit pedagogik hodisa, pedagogik faoliyatning tarkibiy qismi sifatida ta'lim tizimining muayyan holatini o'zgartirish hisoblanadi. didaktik jarayonning mohiyatini V.P.Bespal'ko tomonidan taklif etilgan quyidagi formula asosida to'laqonli anglash mumkin: dunyoqarash, fikr va e'tiqodlami shakllantirish hamda ulaming qobiliyatlarini o'stirishdir. Ta'lim orqali yosh avlodga insoniyat tajribasi orqali to'plangan bilimlar beriladi, zaruriy ko'nikma va malakalar hamda e'tiqodlar shakllatitiriladi. Ta'lim o'qituvchi va talabalarning birgalikdagi faoliyati bo'lib, u ikki tomonlama xarakteiga ega, ya'ni unda ikki tomon o'qituvchi va talaba faol ishtirok etadi. O'qituvchi aniq maqsadni ko'zlab, reja va dastur asosida bilim; ko'nikma va mala-kalarni singdiradi, talaba esa uni faol o'zlashtirib oladi. Bildi-rish, bilish murakkab, qiyin, ziddiyatli jarayondir. Bu jarayonda inson psixtkasiga tegishli sezgi, idrok tassavvur va tafakkur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi va muhim rol o'ynaydi. Ta'lim berish, yoshlaiga bilim berish, ularda ko'nikma va malakalami hosil qilish, ya'ni haqiqatlami ocha olishga qodir bo'lgan jiddiy mantiqiy tafak-kurni tarbiyalashdir. O'qituvchi, talaba va talabalardagi fikrlash jarayonni to'g'ri yo'lga solish uchun amaliyot har qanday fcilishning negizidir, degan qoidani hisobga olish zarur. Ta'limda o'qituvchi bilim berish bilan cheklanmaydi, u talabalarning fikrlash faoliyatiga ham rahbarlik qiladi, talabalarda ishdagi mustaqillik, ijodkorlik qobiliyatlarini o'stiradi va shu tariqa o'rganilayotgan narsaning ongli ravishda o'zlashtirib olishga erishiladi, materialni idrok qilishlari va tushunib olishlari bilan birga, uni puxta esda saqlab qolishlari to'grisidagi ham g'amho'rlik qiladi. O'qituvchi talaba talabaning bilish faoliyatlarini tashkil qilish maqsadida o'quv ishlarni olib borar ekan, avvalo ta'lim jarayoni orqali uch vazifani, ya'ni bilim berish orqali uch maqsadni hal qilish lozimligini unutmasligi kerak. Bu maqsadlar o'qituvchi va talabalar faoliyatini birlashtiradi: Download 89.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling