Pedagogika fanini o’qitish metodikasi fanidan Ma’ruzalar Kirish


II. Pedagogika fanlarini o'qitishning o'ziga xosliklari


Download 89.1 Kb.
bet10/17
Sana23.03.2023
Hajmi89.1 Kb.
#1287461
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
Ma\'ruzalar matni

II. Pedagogika fanlarini o'qitishning o'ziga xosliklari. Oliy ta'lim muassasalarida pedagogika fanlarini o'qitishda umumiy jihatlar bilan birga o'ziga xosliklar ham ko'zga tashlanadi. Pedagogika fanlarini o'qitishdagi o'ziga xosliklar quyidagilardan iborat:
Umumiy pedagogika - talabalarga har tomonlama rivojlangan, barkamol shaxsni shakllantirish, unda dunyoqarash va yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashga oid bilimlarni berish bilan birga ularda ta'lim va tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, tamoyillaridan xabardor bo'lish, ijtimoiy tarbiya turlari bo'yicha kasbiy faoliyatni tashkil etishda samarali shakl, metod va vositalarni tanlash, o'qitish va tarbiya jarayonida ta'lim hamda tarbiya texnologiyalaridan foydalanish, ta'limni muvaffaqiyatli boshqarish ko'nikmalarini hosil qiladi.
Maktabgacha pedagogika - talabalarni maktabgacha ta'lim yoshi bolalarini axloqiy, aqliy, jismoniy va estetik tarbiyalash, ularga boshlang'ich bilimlarni berishga nazariy va amaliy jihatdan tayyorlaydi, ularda maktabgacha ta'lim yoshi bolalari bilan muloqot, munosabatda yosh, psixologik, jismoniy hamda anatomik-fiziologik imkoniyatlarni hisobga olish, harakatli o'yinlarni maqsadga muvofiq tanlash va ulardan foydalanish malakalarini shakllantiradi.
Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi - talabalarga boshlang'ich sinf o'quvchilarining yosh, psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ularni o'qitish va tarbiyalash jarayoni asoslari to'g'risidagi bilimlarni berish asosida ularni mazkur yoshdagi bolalarda savodxonlik, og'zaki va yozma nutq ko'nikmalarini shakllantirish, murakkab bo'lmagan matematik hisob-kitoblarni, jismoniy mashqlarni bajarishga o'rgatishga tayyorlaydi.
Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya - talabalarda turli yosh, psixologik, fiziologik va dunyoqarashga ega shaxslar bilan pedagogik jarayonni metodik jihatdan to'g'ri, samarali tashkil etish, o'qituvchi va o'quvchi munosabatlarini oqilona yo'lga qo'yish, kasbiy faoliyatni samarali tashkil etish, ilg'or pedagogik texnologiyalarni ta'lim amaliyotiga samarali tatbiq etishga oid bilim, ko'nikma, malakalarni hosil qiladi.

Download 89.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling