Pedagogika fanini o’qitish metodikasi fanidan Ma’ruzalar Kirish


Download 89.1 Kb.
bet8/17
Sana23.03.2023
Hajmi89.1 Kb.
#1287461
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Ma\'ruzalar matni

Nazorat savollari

1.Metodika tushunchasi haqida gapirib bering


2.Pedagogik fanlarni o'qitish metodikasining predmeti, maqsad va vazifalari qaysilar
3.Pedagogik fanlarni o'qitish metodikasining boshqa fanlar bilan o'zaro aloqasi bilan tanishish
Asosiy adabiyotlar

1. Ochilov M. Muallim qalb me'mori. - Т.: O'qituvchi, 2001.


2. Hasanboeva O., Djamiiova N. Pedagogik fanlarni o'qitish metodikasi. - Т.: 2008.
3. Кукушин B.C. Теория и методика обучения. - Роцов-на-Дону.: Феникс, 2005.
4. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажашмизни мард ва олийжаноб халқимиз билан бирга курамиз. "Ўзбекистон", 2017.
5. Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги - инсон манфаатларини таъминлаш тараккиёти ва халк фаровонлигининг гарови. "Ўзбекистон", 2017.
6. Mavlonova R. va boshq. Pedagogika. - Т.: O'qiluvchi, 2001.
7. Подласый И. П. Педагогика. В 2-х кн. - М.: ВЛАДОС, 2003.
8.http://tdpu.uz
9.http://Ziyonet.uz
2-mavzu. Pedagogik fanlar va ularning o'ziga xosliklari


Reja:

1.Pedagogik fanlar tizimi va ularning o'zaro aloqasi.


2.Pedagogika sohalarining o'ziga xos xususiyatlari.


Tayanch tushunchalar: tizim, pedagogik fanlar, pedagogik fanlar tizimi, pedagogik fanlarning o'ziga xosligi, pedagogika fanlarini o'qitish jarayonining mohiyati, pedagogik fanlarini o'qitish funktsiyalari.
I. Pedagogika fanlarining umumiy jihatlari va o'ziga xosliklari. Tizim sifatida namoyon bo'ladigan pedagogik fanlar o'rtasidagi mustahkam birlik va o'zaro yaxlitlik quyidagilarda namoyon bo'ladi:
1. Shaxsning o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish ob'yekti sifatida qabul qilinishi.
2. Shaxsni o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirishda uning yosh, psixologik, fiziologik (jismoniy) imkoniyatlari, ijtimoiy-axloqiy sifatlarga egaligining inobatga olinishi. 3. Uzluksiz ta'lim tizimining muayyan bosqichi yakuni (savodxonlik, onglilik, tarbiyalanganlik, rivojlanganlik, shuningdek, ma'lumoti darajasi)ning navbatdagi bosqich uchun asos bo'lishi.
4. Turli yosh bosqichlarida shaxsning ma'naviy-axloqiy sifatlar, dunyoqarash, bilim, ko'nikma, malaka, ma'lumoti darajasini inobatga olgan holda o'ziga xos o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish shakllari, metodlari va vositalarini tanlash bilan birga umumiy pedagogik yondashuvlar, didaktik hamda tarbiya tamoyillari, ustuvor pedagogik nazariyalarga tayanib ish ko'rilishi.
5. Pedagogik turkum fanlarini o'qitishda asosiy e'tibor barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab, voyaga yetkazishdan iborat ijtimoiy buyurtmaning bajarilishiga qaratilishi.
Yuqorida aytib o'tilganidek, barcha pedagogik fanlarning tarbiya ob'yekti - muayyan yosh bosqichidagi shaxs sanaladi. Shaxsning shakllanishi va rivojlanishini ifodalovchi jarayon pedagogik turkum fanlar uchun tadqiqot ob'yekti sanaladi. Binobarin, individning shaxs sifatida shakllanishi psixologik jihatdan taraqqiy etish, o'z xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turish, shaxsiy xususiyatlarga, xulq-atvor hamda dunyoqarashga ega bo'lish talab qilinadi.
Individning shaxsga aylanishini ta'minlash uchun:
1) irsiyat (biologik omil);
2) muhit (ijtimoiy omil);
3) tarbiya kabi omillarning mavjud bo'lishi talab qilinadi. Individning shaxsga aylanish jarayoni rivojlanish deb yuritiladi.
"Shaxsning rivojlanishi" deganda individning fiziologik, ruhiy va intellektual o'sishini ta'minlovchi faoliyat, xatti-harakatlarning miqdor va sifat jihatdan o'zgarishini ifodalovchi jarayonni tushunish lozim.
Faoliyatning shaxs rivojlanishiga samarali ta'siri uning maqsadga muvofiqligi, pedagogik jihatdan to'g'ri uyushtirilishi, izchil, uzluksiz va tizimli bo'lishi bilan belgilanadi.
Mehnat shaxsning yashashi, rivojlanishi, ruhiy jihatdan kamol topishi, o'z-o'zini anglashi va o'z-o'zini inson sifatida baholay olishining muhim sharti bo'lib, shaxs mehnat yordamida moddiy va ma'naviy boyliklarni, turmush tarzini yo'lga qo'yish uchun zarur qulayliklarni yaratadi.
Shaxsning rivojlanganlik darajasi uning fiziologik, ruhiy va intellektual o'sishini ta'minlovchi faoliyat, xatti-harakatlarning miqdor va sifat jihatdan o'zgarishi kabi holatlar bilan belgilanadi.
31Pedagogika fanlari tarkibiy tuzilmasiga ko'ra bir-birlari bilan umumiy jihatlarni namoyon qiladi. Pedagogik amaliyot, pedagogik nazariyalar, pedagogik hodisa va jarayonlarning tahlili, o'qitish metodlari pedagogika fanlarining tarkibiy tuzilmadagi umumiy jihatlar sanaladi.
Pedagogik amaliyot pedagog hamda talabalarning o'zaro munosabatlarini namoyon etadi. Ta'lim va tarbiya maqsadidan kelib chiqqan holda pedagogik amaliyot ta'lim hamda tarbiya jarayonining sub'ekti va ob'yektiga nisbatan qo'yiladigan muayyan talablar asosida tashkil etiladi. Mazkur talablarning bajarilishi ta'lim hamda tarbiya jarayonining sifatli, samarali tashkil etilishini ta'minlaydi. Odatda qo'yiladigan talablar pedagogika fanlarining asosiy yo'nalish va shakllarini belgilashga xizmat qiladi.
Pedagogik nazariyalar o'z navbatida pedagogik amaliyotning tahlilidan kelib chiqqan holda ma'lum ilmiy farazlarni ilgari surish va ularning mohiyatini tushunib yetishga imkon beradi. Ilmiy farazlar pedagogik amaliyotda sodir bo'ladigan hodisa va jarayonlar to'g'risidagi ilmiy dalillarni tekshirib ko'rish, muayyan tartibni o'rnatishga yordam beradi. Buning natijasida esa pedagogika fanlarining rivojlanishiga erishiladi.
Pedagogik hodisa va jarayonlarning o'rganish imkoniyatini beradigan pedagogik metodlar, vosita va usullar kutilgan natijalarga erishish imkoniyatini yaratadi.
Qo'yilgan maqsad negizida tashkil etilgan pedagogik faoliyat natijalari tabiiy ravishda ularni tahlil etishni taqozo qiladi. Tahlil, odatda, bir necha darajada amalga oshiriladi hamda pedagogik hodisa, jarayonning mazmuni va uning natijalarini baholashga yo'naltiriladi.
Pedagogik hodisa va jarayonlar quyidagi to'rt darajada tahlil qilinadi:

Download 89.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling