Pedagogika fanini o’qitish metodikasi fanidan Ma’ruzalar Kirish
Ma\'ruzalar matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-rasm. Pedagogika oliy talim muassasalarida oqitiladigan pedagogik fanlar Ushbu pedagogik fanlar quyidagi maqsadlar uchun xizmat qiladi: Qiyosiy pedagogika
- Pedagogik innovatika
- Pedagogik konfliktologiya
- Neyropedagogika
- Pedagogik texnika
- Akseologiya
Pedagogik fanlar
| ||
| ||
|
| |
Qiyosiy pedagogika |
Pedagogik innovatika |
Ta'lim menejmenti |
Hamkorlik pedagogikasi |
Pedagogik konfliktologiya |
Neyropedagogika |
Pedagogik texnika |
Akmeologiya |
Akseologiya |
Harbiy pedagogika |
Tibbiyot pedagogikasi |
Sport pedagogikasi |
| ||
Valeologiya |
Gender pedagogikasi |
Ta'lim falsafasi |
Axloq tuzatish pedagogikasi | ||
|
3-rasm. Pedagogika oliy ta'lim muassasalarida o'qitiladigan pedagogik fanlar
Ushbu pedagogik fanlar quyidagi maqsadlar uchun xizmat qiladi: Qiyosiy pedagogika - ta'limning jahon, mintaqa, davlat miqyosidagi rivojlanishining umumiy va alohida tendentsiyalari, qonunlari va qonuniyatlarini o'zaro solishtirish, qiyoslash asosida o'rganadi, xalqaro pedagogik tajribaning ijobiy va salbiy jihatlarini, milliy pedagogik madaniyatlar almashinuvining shakl va usullarini aniqlaydi.
Pedagogik innovatika - ta'lim sub'ektlari nuqtai nazardan pedagogik
innovatsiyalarning mohiyati, paydo bo'lish, rivojlanish qonuniyatlarini hamda pedagogik an'analar bilan kelajak ta'limining loyihalashtirilishi o'rtasidagi aloqalarni o'rganadigan fan.
Ta'lim menejmenti - ta'lim muassasasi faoliyatini samarali tashkil etish va oqilona boshqarish masalalarini tadqiq qiladi.
Hamkorlik pedagogikasi - turli fanlar yoki mutaxassislik asoslarining ta'lim beruvchi hamda oluvchilar o'rtasidagi o'zaro muloqot asosida samarali o'rganish mazmuni, tamoyillari, shakllari, metodlari va vositalarini ko'rsatib beradi.
Pedagogik konfliktologiya - o'qitish va tarbiyalash jarayonida ta'lim ishtirokchilari o'rtasida yuzaga keladigan pedagogik nizolar, ularning xususiyati, darajasi, sabablari, oqibatlari, ijobiy pedagogik nizolarni rivojlantirish hamda salbiy pedagogik nizolarning oldini olish yo'llari, shakl, metod, vosita va usullarini o'rganadi.
Neyropedagogika - inson miyasining ijodiy imkoniyatlarini aniqlash va amaliy (funktsional) rivojlantirish, shaxsda faoliyatga nisbatan faol, ongli munosabatni qaror toptirish, ijtimoiy hulq-atvorni psixologik korrektsiyalash, bolalar ruhiy rivojlanishni tashxislash va bashoratlashning yangi ilmiy dasturlari, samarali shakl va metodlarini, shuningdek, yangi turdagi maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini tadqiq etadi.
Pedagogik texnika - nopedagogik OTM pedagoglarini pedagogik mahorat va pedagogik texnika asoslari bilan tanishtirish orqali ularda ta'lim jarayonini sifatli, samarali tashkil etish ko'nikma, malakalarini rivojlantirish masalalarini o'rganadi.
Akmeologiya (qad.yun. "aKuf" ("akme") - cho'qqi, yuksak daraja; "Xoyo^" ("logos") - ta'limot) - shaxsning kamolotga erishishi, u tomonidan jismoniy, ma'naviy-axloqiy va kasbiy rivojlanishda yuksak darajaga erishish, bu rivojlanishning insonparvarlashuvini ta'minlashda yordam ko'rsatishga; individual rivojlanishda yuqori darajaga erishish imkoniyatini ta'minlovchi qonuniyatlar va mexanizmlarni tadqiq etish6ga xizmat qiladi.
Akseologiya (yun. "axio" - qadriyat, "logos" - ta'limot) -qadriyatlarning shaxsni rivojlantirish, ijtimoiy moslashtirish, shuningdek, kasbiy shakllantirishdagi ahamiyati, o'rni va rolini o'rganadi.
Download 89.1 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling