Pedagogika fanini o’qitish metodikasi fanidan Ma’ruzalar Kirish


O'quv predmeti (o'quv fani)


Download 89.1 Kb.
bet3/17
Sana23.03.2023
Hajmi89.1 Kb.
#1287461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Ma\'ruzalar matni

O'quv predmeti (o'quv fani) - ta'lim muassasasida o'qitish uchun fan, texnik, san'at, ishlab chiqarish faoliyatining alohida sohalari bo'yicha tanlab olingan bilim, ko'nikma va malakalar tizimi bo'lib, belgilangan vaqt oralig'i (o'rta maktab, o'rta maxsus ta'lim muassasalari -akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy ta'lim tizimining muayyan bosqichi - bakalavriat yoki magistratura)da o'qitiladi
Odatda o'quv predmetlarining o'qitilishi o'quv rejasiga muvofiq tashkil etiladi.
Ushbu turkum fanlar orasida "Pedagogika fanlarini o'qitish metodikasi" o'quv predmeti sanalib, pedagogik turkum fanlar orasida o'ziga xos o'rin tutadi.
"Pedagogika fanlarini o'qitish metodikasi" - pedagogik turkum fanlarini samarali o'qitish qonuniyatlari, tamoyillari, omillari, mazmuni, shakl, metod,
vo sita, usul va texnologiyasini, pedagogik jarayonning muhim tarkibiy
elementlarini o'rganadigan o'quv predmeti (fani)
Mazkur o'quv predmeti oliy ta'lim muassasalarining pedagogika va psixologiya yo'nalishi talabalarini sohaga oid nazariy va amaliy bilimlardan xabardor etib, ular tomonidan kasbiy faoliyatni samarali, oqilona tashkil etishning umumiy asoslarini puxta o'zlashtirilishi uchun xizmat qiladi.
Pedagogik turkum fanlar - shaxsni o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning u yoki bu masalalarini o'rganadigan fanlar majmui.
Pedagogik turkum fanlarining maqsadi - shaxsni har tomonlama rivojlantirish, unda yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlarni
tarbiyalash, dunyoqarashni hosil qilish, muayyan faoliyat ko'nikma va malakalarini shakllantirish sanaladi.
Pedagogik turkum fanlarning ob'yekti shaxsni har tomonlama rivojlantirish, unda ilmiy bilimlarni hosil qilish, dunyoqarashni shakllantirish, yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalash jarayoni bo'lsa, predmetini har tomonlama rivojlangan, barkamol avlodni tarbiyalash jarayonining umumiy mohiyati, qonuniyatlari, ustuvor tamoyillari, ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan pedagogik faoliyat mazmuni, pedagogik hodisalar tashkil etadi.
O'z mohiyatiga ko'ra pedagogik turkum fanlarning asoslari ta'lim va tarbiya jarayonining mazmuni, tamoyillari, qonuniyatlari, bosqichlari, samarali shakllari, metodlari, vositalari, texnologiyalari, o'qituvchi hamda ta'lim jarayoni ishtirokchisi (tarbiyalanuvchi, o'quvchi, talaba, tinglovchi) munosabatlari, ular faoliyatini nazorat qilish va baholash, ta'lim-tarbiya jarayonlarining natijalaridan iborat.
Pedagogik fanlar tomonidan quyidagi vazifalarni hal qilinadi:
1 ) barkamol shaxs, malakali kadrni tarbiyalashga yo'naltirilgan pedagogik jarayon mohiyatini o'rganish;
2) shaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash; 3 ) rivojlangan mamlakatlar ta'lim tajribasi asosida uzluksiz ta'lim tizimini takomillashtirish;
4) ta'lim muassasalari va ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash;
5 ) ilg'or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish;
6) pedagog kadrlarni mutaxassislik bilimlari,ta'lim-tarbiyaning ilg'or usullari b ilan qurollantirish;
7) ta'lim va tarbiya, ijtimoiy tarbiya yo'nalishlari o'rtasidagi o'zaro aloqadorlikni ta'minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o'rganish; 8 ) o'qitish va tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish; 9) oila tarbiyasini to'g'ri tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.
Shaxsni shakllantirish, o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish masalalarini o'rganuvchi pedagogik xarakterdagi fanlarning yaxlitligi, umumiy jihatlari hamda o'ziga xosliklari to'g'risida so'z yuritishdan avval "tizim" tushunchasining mazmunini anglab olish maqsadga muvofiq sanaladi.
Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) - o'zaro bog'langan ko'plab elementlar (tarkibiy qismlar) o'rtasidagi mustahkam birlik va o'zaro yaxlitlik
Ushbu pedagogik fanlar quyidagi maqsadlar uchun xizmat qiladi:

Download 89.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling