Pedagogika fanini o’qitish metodikasi fanidan Ma’ruzalar Kirish
Download 89.1 Kb.
|
Ma\'ruzalar matni
I daraja - gnoseologik (bilishga oid) xarakteridagi yondashuv; u pedagogik hodisa va jarayonlarni tahlil qilishda bir qadar umumiy ilmiy yondashuvlarni to'g'ri shakllantirish imkoniyatini yaratadi.
II daraja - dunyoqarash xarakteridagi yondashuv; u o'zida shaxsni shakllantirish va rivojlantirish omillari to'g'risidagi, ta'lim, o'qitish, tarbiya hamda pedagogik faoliyatning ijtimoiy hodisa sifatidagi holatni ifodalaydi. III daraja - ilmiy xarakterdagi yondashuv; u pedagogika fanlari qonunlari va qonuniyatlari, shaxsni o'qitish va tarbiyalash nazariyasi hamda metodikasini yoritishga xizmat qiladi. IV daraja - mantiqiy-gnoseologik (mantiqiy bilish) xarakteridagi yondashuv; u pedagogikaning predmeti va ob'yekti, fanlar kategoriyasi, shuningdek, pedagogik kategoriyalarning aniqlanishi va rivoji, pedagogika nazariyasi hamda pedagogik amaliyot o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni, pedagogika fanlarining boshqa fanlar bilan aloqadorligini ko'rsatish, fundamental va amaliy tadqiqot, ishlanmalar o'rtasidagi o'zaro munosabat to'g'risidagi g'oyalarni shakllantirish, pedagogika fanlari taraqqiyotini bashoratlashga yordam beradi19. Pedagogika fanlarining o'ziga xosligida yana bir jihat ko'zga tashlanadi. Bu ularning aniq shaxslar (maktabgacha ta'limda tarbiyalanuvchilar, boshlang'ich ta'limda boshlang'ich sinf o'quvchilari, umumiy o'rta ta'limda o'quvchi (o'smir)lar, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limida o'quvchi (o'spirin)lar, oliy ta'limda talabalar, oliy ta'limdan keyingi ta'limda tadqiqotchilar, malaka oshirish tizimida tinglovchilar) bilan ishlashidir. Uzluksiz ta'limning barcha bosqichlarida shaxslar toifasi, ularning o'ziga xosliklarini bilish ta'sir omillari (ichki va tashqi omillar)ni to'g'ri tanlash, zarur pedagogik shart-sharoitlarni yaratish imkoniyatini oshiradi. Turli yosh, dunyoqarash va psixologik imkoniyatlarga ega shaxslarni o'qitish va tarbiyalashda ularning tashqi omillar bilan shartlangan tavsifini inobatga olish ham talab etiladi. Bunda asosiy e'tibor ularning ijtimoiy va muayyan guruhga mansubligini, rivojlanishidagi yaxlitlik va bosqichlarning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olishga qaratiladi. Binobarin, tashqi muhit shaxsning har tomonlama rivojlanishiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Masalan, og'ir iqlim sharoitiga ega tog'li, cho'l va shimol xalqlari yosh avlodni o'qitish va tarbiyalashda, eng avvalo, mavjud tabiiy shart-sharoitni hisobga olish asosida kun kechirishga, yashashga o'rgatadi. Ular barcha qulayliklarga ega shahar, shaharchalarda yashayotgan kishilarga nisbatan irodali, chidamli, tartibli bo'lishadi, vaqtni qadrlash, oziq-ovqat, yashashga imkon beradigan xomashyolardan tejamkorlik bilan foydalanish ko'nikmalariga ega bo'lishadi. Jamiyatning iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti ham shaxs tarbiyasiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Jumladan, mehnatga haq teng taqsimlangan jamiyat bilan bozor munosabatlariga asoslangan jamiyatda voyaga yetayotgan shaxslarning hayotiy qarashlari bir-biridan farq qiladi. Pedagogika fanlari turli yosh, dunyoqarash va psixologik imkoniyatlarga ega shaxslarni o'qitish, tarbiyalash hamda rivojlantirishda ularning anatomik-fiziologik rivojlanishini ham inobatga oladi. Zero, shaxsning anatomik-fiziologik jihatdan mo''tadil, izchil rivojlanishi uning psixologik barqaror bo'lishini ta'minlaydi. Binobarin, psixologik jihatdan barqaror rivojlangan shaxsda temperament, his-tuyg'u, xatti-harakat va xulq ko'nikma, malakalari me'yorida rivojlanadi. Buning natijasida shaxs samarali ta'lim oladi, tarbiyalanadi va rivojlanadi. Irodaviy, axloqiy va hissiy sifatlarning o'zaro integratsiyalashuvi shaxs kamolotini ta'minlaydi. Pedagogik fanlarni o'qitish jarayoni shaxsda faol hayotiy pozitsiyasini qaror toptirishga yo'naltirishi zarur. Faol hayotiy pozitsiyaga egalik shaxsning xatti- harakatlari va xulqida g'oyaviy-axloqiy yo'l-yo'riq, bilim, malaka, qarash, odatlar va munosabatlarining namoyon bo'lishiga olib keladi. Shaxsning faol hayotiy pozitsiyaga egaligi quyidagilarda namoyon bo'ladi: - xulqi va xatti-harakatlarida maqsadga intilish va onglilik; - sharoit qanday bo'lishidan qat'iy nazar turli faoliyatlarni tashkil etishda mas'uliyatli va faol bo'lish; - shaxs ijtimoiy faolligi va faoliyati natijalarining kasbiy faoliyat va jamiyatning ijtimoiy talablariga mos kelishi; - shaxs xulqi va hayot tarzining u tomonidan sodir etiladigan aniq harakatlarda namoyon bo'lishi20. Download 89.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling