Pedagogika fanini o’qitish metodikasi fanidan Ma’ruzalar Kirish
Korrektsion (maxsus) pedagogika
Download 89.1 Kb.
|
Ma\'ruzalar matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasbiy pedagogika
- Ijtimoiy pedagogika
Korrektsion (maxsus) pedagogika - talabalarni kasbiy, ruhiy jihatdan imkoniyati cheklangan kar-soqov (surdopedagogika), ko'r (tiflopedagogika), aqliy jihatdan rivojlanishda ortda qolgan (oligofrenopedagogika) bolalarga ta'lim berish va tarbiyalash jarayoniga tayyorlaydi.
Xususiy metodika (xususiy fanlarni o'qitish) - talabalarni tegishli fanni o'qitishning o'ziga xos, xususiy qonuniyatlari, tamoyillari, yondashuvlari, texnologiyalari, shakllari, metodlari va vositalari bilan yaqindan tanishtirish, tegishli fanlar bo'yicha qobiliyatni rivojlantirish asosida ularda ta'lim jarayonini samarali tashkil etish ko'nikma, malakalarini hosil qiladi. Kasbiy pedagogika - talabalarga turli (ijtimoiy, texnik, madaniy-maishiy, ishlab chiqarish) yo'nalishlarida tegishli soha (masalan, qishloq xo'jaligini rivojlantirish, madaniy-maishiy xizmat ko'rsatish tizimini takomillashtirish va boshqalar) bo'yicha kasbiy faoliyatni samarali yo'lga qo'yish yo'llari to'g'risidagi nazariy bilimlarni berish bilan birga mazkur sohalarda samarali amaliy faoliyat olib borish ko'nikma, malakalarini shakllantiradi. Ijtimoiy pedagogika - talabalarni maxsus va umumiy ta'lim muassasalarida barcha yosh va ijtimoiy guruhlarga mansub shaxslarning ijtimoiylashuvi (ijtimoiy hayotga moslashuvi)ni, jamiyatda qaror topgan ijtimoiy munosabatlarni, jamiyat a'zolarining bir-birlari bilan o'zaro aloqasini, ma'lum guruhlarga birlashish sabablarini, mega, makro, mikro muhitga moslashish jarayonini, salbiy ijtimoiy masalalarning kelib asoslaridan xabardor qilish asosida og'ir ijtimoiy sharoit (nosog'lom yoki noto'liq oila)da o'sayotgan, amoral (axloqsiz) ota-onalarga ega, deviant (ruhiy, ijtimoiy va pedagogik og'ish (o'qishdan qochish, daydilik, aroqxo'rlik, giyohvandlik, axloqsizlik, suiqasd sodir etish holatlari) kuzatilayotgan, delikvent xulq-atvorga ega (agressiv xulq-atvorga egalik (atrofdagilarni haqoratlash, ularga jismoniy va ruhiy azob berish, ob'yektlarga o't qo'yish); g'arazli xulq-atvorga egalik (mayda bezorilik, o'g'rilik, ta'magirlik, avtoulovlarga ziyon yetkazish, mulkiy tajovuz); giyohvand moddalarni yetishtirish va tarqatishda ishtirok etgan) o'smirlar bilan ishlashga, oilalarga ijtimoiy xizmat yoki yordam ko'rsatishga tayyorlaydi. Download 89.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling