Pedagogika nazariyasi va tarixi fanining


Download 89.27 Kb.
bet1/18
Sana04.01.2023
Hajmi89.27 Kb.
#1077259
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
NAMUNA PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogika yunalishi uchun




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI




TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori
_______________ D.Xolmatov
“___” ___________ 2022-yil












PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI
FANINING


O‘QUV DASTURI


1-kurs uchun


Bilim sohasi: 100000 – Ta’lim
Ta’lim sohasi: 110000 –Ta’lim
Ta’lim yo‘nalishi: 60110100 Pedagogika
Namangan-2022

Fan/modul kodi
PNT1212

O‘quv yili
2022/2023

Semestr
1-2

ECTS-Kreditlar
7+5=12

Fan/modul turi
Majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek

Haftadagi dars soatlari
1-semestr - 6 soat
2-semestr - 4 soat

1

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama (soat)

Pedagogika nazariyasi va tarixi

150

210

360



I. FANNING MAZMUNI
Fanni o‘qitishdan maqsad - bo‘lajak o‘qituvchilarni zamonaviy pedagogika fanlarining nazariy va tarixiy asoslariga doir bilimlar bilan qurollantirish. Ilmiy-nazariy asoslari, pedagogika nazariyasi tushuchasi, uning kategoriya va tamoyillari, o‘quv jarayonini tashkil etishning metod va shakllariga qo‘yilgan zamonaviy talablar, ta’lim oluvchilar shaxsi omillari, uning shakllanish taraqqiyoti, yagona o‘quv-tarbiya jarayoni tashkil etish va amalga oshirish, tarbiya jarayonining qonuniyatlari va tamoyillari amaliyotda tadbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi - pedagogik qonuniyatlar hamda tamoyillarga asoslangan holda o‘quv-tarbiya ishlarini o‘tkazish, ta’limni tashkil etishning asosiy shakllarini amaliyotda qo‘llash, pedagogik vaziyatlarni, ta’lim va tarbiya natijalarini tahlil etish. O‘quvchilar jamoalarini o‘rganish, ta’limda orqada qolish sabablarini aniqlash, pedagogika tarixi kishilik jamiyatining taraqqiyot tarixi va hayotdagi o‘rni va ahamiyatini ochib berish.
II. ASOSIY NAZARIY QISM (MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI)


II.1. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:


1-mavzu. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirishning
konseptual asoslari
Taraqqiyot strategiyasi jadal rivojlanish va yangilanish sari. O‘zbеkistоn Rеspublikаsningi “Tа’lim to‘g‘risi”dаgi qоnuni. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari. Ta’lim tizimi va turlari. Pedagogika fani haqida tushuncha. Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va pedagogik fanlar tizimi. Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.


2-mavzu.Pedagogika” shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to‘g‘risidagi fan. Shaxsning rivojlanishi, tarbiya va ijtimoiylashuvi
Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari. Pedagogika fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishi. Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Pedagogik fanlar tizimi. Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari. Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha. Individ, shaxs, individuallik. Shaxs tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar va shaxs rivojlanishida faoliyatning o‘rni. Shaxs rivojlanishining yosh va psixologik xususiyatlari.


3-mavzu. Didaktika ta’lim nazariyasi sifatida. O‘qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida
Didaktika haqida tushuncha. Didaktikani tashkil topishi va rivojlanishi. Didаktikаning predmeti, mаqsаd vа vаzifаlаri. Tа’lim jаrаyonining mоhiyati. Didaktikani asosiy kategoriyalari va didaktik tushunchalar tizimi. Didaktik nazariya (konsepsiya)lar va ularning falsafiy asoslari. Zamonaviy pedagogikada ta’lim paradigmalari.



Download 89.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling