Pedagogika-psixologiya fakulteti


Download 494.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana30.04.2023
Hajmi494.85 Kb.
#1402801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kitob 9061 uzsmart.uz

Tadqiqot ob’ekti. Munavvar Qorining ijodiyotini asarlar, arxiv materiallari va turli manbalar orkali o’rganish jarayoni. 
Tadqiqot predmeti. Munavvar Qorining ma’rifiy-madaniy g’oyalari, ularning pedagogik qarashlarida barkamol insonga 
xos xalqchillik, xalqparvarlik va vatanparvarlik g’oyalarini asoslab berish. 
Tadqiqot maqsadi. Munavvar Qorining pedagogik faoliyati, yaratgan maktab tizimi, mazmuni, asarlarining Turkistondagi 
madaniyat va ma’rifat tarqatishda to’tgan o’rnini ko’rsatish; 
Munavvar Qorining jadid harakatida qushgan xissasi va uning ijtimoiy-siyosiy , ma’rifiy, pedagogik o’rnini aniqlash; 
Munavvar Qori asarlarining taxlili orqali Turkistonda boshlang’ich ta’limni islox qilishdagi o’rnini ko’rsatish; Munavvar 
Qorining tashkil etgan maktab, ta’lim va tarbiya tizimi moxiyatini ochib berish maqsadida uning asarlarini taxlil qilish va undan 
foydalanish yo’llarini ko’rsatish. 
Ilmiy tadqiqotning vazifasi. Munavvar Qorining yashab ijod etgan davrdagi ijtimoiy-iktisodiy va ma’naviy taraqqiyotga 
bag’ishlangan ilmiy, falsafiy, pedagogik asarlarini o’rganish va ularni taxlil qilish; 
Munavvar Qori yozgan darsliklarini risola va ma’ruzalarini o’rganib ularga munosabat bildirish; Munavvar Qori 
zamondoshlarini aniqlash va Munavvar Qori ijodining ma’naviyatimizda qay darajada o’rganilayotganligini belgilash uchun uni 
zamondoshlari ijodiyoti bilan taqqoslash. Munavvar Qori merosini milliy istiqlol mafkurasi taraqqiyotiga qushgan xissasini 
takkoslash. 
Tadqiqotning metodologik asosi. O’zbekistan Respublikasining «Ta’lim to’g’risida» gi Qonun. O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining va xukumatimizning madaniyat, va xalq ta’limi to’g’risidagi farmon va qarorlari. SHaxs kamolotiga doyr ilg’or xalq 
pedagogikasi. 
Tadqiqot metodlari. O’zbekiston Respublikasi Davlat xujjatlaridagi manbalarni ijodiy o’rganish. Adabiy, falsafiy, 
etnografik va pedagogikaga doir ilmiy-nazariy adabiyotlar taxlili. Turkistondagi jadid maktablari dastur va rejalarining taxlili. 

Download 494.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling