Pedagogika-psixologiya fakulteti


“_____” __________ 2013 _____y.  MUNDARIJA


Download 494.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana30.04.2023
Hajmi494.85 Kb.
#1402801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kitob 9061 uzsmart.uz

 
“_____” __________ 2013 _____y. 
MUNDARIJA 



KIRISH………………………………………………………………....................3 
I BOB. XIX ASR OXIRI VA XX ASR BOSHLARIDA TURKISTONDA 
IJTIMOIY-PEDAGOGIK JARAYON VA JADIDCHILIK......................................6 
1.1. Turkistonda jadidchilik harakatini vujudga keltirgan,tarixiy-ma’rifiy shart-sharoitlar ………………….6 
1.2. Jadidchilik harakatining ilk vakillari, ularning ijtimoiy-ma’rifiy faoliyatlarida Munavvar Qori Abdurashidxonovning 
yetakchilik o’rni .........................................................................................................16 
II. BOB. MUNAVVAR QORI ABDURASHIDXONOVNING YANGI USUL MAKTABLARIDA TA’LIM-TARBIYANING 
TAKOMILLASHUVIDAGI PEDAGOGIK FAOLIYATI………………………26 
2.1 
Munavvar Qorining yangi usul maktablari tizimi, mazmuni va pedagogik faoliyati……26
2.2 
Munavvar Qori yaratgan darsliklarda barkamol inson ma’naviy tarbiyasi muammosining pedagogik 
yechimi..........................................................................................................................................31
XULOSA....................................................................................................................................................................53
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RUYXATI ................................................................... ……………………...55 
ILOVALAR………………………………………………………………………………………………...56 



KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi. Respublikamiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgach, jadid tarbiyashunosligini tadkik etish va 
o’rganish imkoniyatiga ega bo’lindi. Pedagogikamiz tarixida uchmas iz qoldirgan jadidlar pedagogikasini atroflicha o’rganish 
maqsadga muvofikdir. Demak, bizning vazifamiz, avvalambor, mana shu ma’naviyatimiz sarchashmalarini va bobokalonlarimizning 
boy an’analarini davom ettirishdir. 
XX asr, avvalo, kupchilik xalq ommasini savodxon qilish va ayni paytda yangilanayotgan zamonning munosib farzandlarini 
tarbiyalash masalasini kun tartibiga quydi. Boshqacha aytganda, ma’rifat, tenglik, ozodlik degan va xuddi shu davrda aniq mazmun 
-mundarijaga ega bo’lgan yuksak tushunchalar bilan birgalikda talqin qilinishi shart bo’lib qoldi, Turkistonda qisqa muddatda o’zbek 
ma’rifatchilarining butun bir avlodi yetishib chiqdi,Faoliyati o’tgan asrning sungidan boshlanib, inkilobdan keyingi yillargacha kelib 
ulangan bu avlod xalqimizning umumiy ma’rifatidagina emas, ijtimoiy-siyosiy ma’rifatida yangi turmushga tayerlashda ham buyuk 
xizmat edi. 
Jadidlar harakati ijtimoiy-tarbiyashunoslikda alohida oqim sifatida XX asr boshlarida Krim, Kozon, Kavkaz va Markaziy 
Osiyoda shakllandi. Jadidchilikning otasi Krim-tatar Ismoilbek Gasprali edi. U o’zi nashr etgan 

Tarjimon” ruznomasida musulmon 
maktab va madrasalarida diniy bilimlarni arab, fors, rus tillarini o’rganish bilan birga tibbiyot, kimyo, nabotot, nujum, xandasa 
ilmlarini o’rganishni ham keng targ’ib qildi. 
I, Gaspralining 
G

OYA
sini quyidagi ma’rifatparvarlar o’zlarining ijodiy faoliyatlari bilan davom ettirganlar. Bu ma’rifat 
darg’alarining bizga qoldirgan noyob asarlari, faoliyatlari bugungi kun ilmiy pedagogikamiz tarixida, ma’naviy barkamol insonni 
tarbiyalashdagi savobli ishimizda bizga dasturilamal bo’ladi deb o’ylaymiz. Isxoqxon Ibrat, Siddikiy-Ajziy, Saidrasul 
Aziziy,Muhammadsharif Sufizoda, Abdultsodir SHakuriy, Abdulla Avloniy, Sadriddin Ayniy, Maxmudxoja Bexbudiy, Hamza 
Xakimzoda Niyoziy kabilar shular jumlasidandir. Bu ruyxatning boshida, ehtimolki, hayoti va ijodiy faoliyati hozirgacha o’rganish 
bosqichida bo’lgan Munavvar Qori Abdurashidxonov turadi. 
Munavvar Qori ilg’or fikrli, millatning kelajagini oldindan ko’ra bilgan taraqqiyparvar edi. U o’z faoliyatini Turkiston 
ulkasida ayni paytda eng zarur bo’lgan yangi usuldagi maktab tashkil qilish va shu kabi maktablar uchun o’quv darsligi yozishdan 
boshladi. Uning «Adibi avval» “Birinchi muallim”, «Adibi soniy», “Ikkinchi muallim”, «Alifbo», «Jug’rofiya»kabi darslik kitoblari 
shu jumladandir. Yetuk ustoz va ilg’or tashkilotchi bo’lgan Munavvar Qori nazariya bilan amaliyotni birday olib bordi. Ayni davrdagi 
Turkiston ulkasidagi sharoitdan, bolalarning hayotiy ehtiyojlaridan kelib chikib. darsliklar ijod qildi, 
Munavvar Qori, zamondoshlaridan biri ta’kidlaganidek, kuchli siyosatdon ham edi. Uning inqilobgacha bo’lgan asosiy 
faoliyati maorif va uni yuksaltirish yo’lida kechdi.Turkiston jadidlari ozodlik, ma’rifat uchun kurashlarini ma’lum dastur asosida ikki 
yunalishda madaniy taraqqiyotni rivojlantirish, buning uchun ma’rifatparvarlikka asoslanish va bu boradagi faoliyatni amaliyot bilan 
bog’lik holda olib borish orqali amalga oshiradilar. Ular milliy uyg’onishning asosini ta’lim o’quv dasturlarini isloh qilishda kurdilar, 
shu tariqa Turkistonda ijtimoiy ong taraqqayotini boshlab beradilar. Ular kishilar qalbini harakatga keltirish, milliy iftixor tuygusini 
uygotish uchun kurashdilar. 
Turkistonda vujudga kelgan milliy uygonish vakillari-jadidlarning aksar qismi maorifning mavjud xolatiga qarshi bosh 
kutarib, isloxotlar o’tkazish, yangi usul maktablari tashkil etish, Turkistonliklarni qisqa fursatda rivojlangan madaniyatli va farovon 
turmush kechiradigan ulkaga aylantirish yo’lida harakat qildilar. Ularning ezgu amallari, pokiza niyatlari, ilg’or g’oyalari avlodlar 



tomonidan unutilmaydi va mustaqil Vatan ta’limini yo’lga qo’yish amaliyotida, hech shubxasiz, foydalaniladi. Jadidchilik 
harakatining turli soxadagi g’oyalarini bir qator olimlar uzlarining risolalari va ilmiy-metodik qo’llanmalarida ishlab chikdilar. Begali 
Qosimov, Naim Karimov, Sotimjon Xolboev, Sirojiddin Axmedov, Ulug’bek Dolimov, SHuxrat Rizaevlarning Turkiston jadidchilik 
harakatining otasi Munavvar Qori haqida ayrim maqolalari mavjud. Mustaqil O’zbekistonning milliy mafkurasi va Munavvar 
Qorining pedagogik qarashlarining zarurligini hisobga olib BMImiz mavzusini «Munavvar Qorining ma’rifiy va pedagogik 
qarashlari» deb nomladik, 

Download 494.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling