Pedagogika universiteti a. A. Normatov matematika tarixi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/41
Sana05.01.2022
Hajmi1.91 Mb.
#221594
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41
Bog'liq
matematika tarixi

Ehtimollar nazariyasi – Paskalь, Ferma, Ya.Bernulli ishlari natijasida tasodifiy 

hodisalar ichida ma’lum miqdoriy qonuniyatlarning ko’rinishini ochilishi, katta son-

lar qonunining kashf etilishi bo’ldi. Kombinatorika qonuniyatlarini ochilishi. Konkret 



 

68 


masalalarning kamligi (qimor o’yinlari, ba’zi jadvallar va kuzatish natijalari) va me-

todning elementarligi bu sohani rivoji uchun to’siq bo’lib turadi. 

Bulardan  shu  narsa  ko’rinadiki,  XVIII  asrga  kelib  matematika  etarli  faktlarni 

to’pladi. Shu boisdan bundan keyingi taraqqiyotni ta’minlash uchun FA lari, univer-

sitetlar va bular qoshida davriy nashriyotlar zarurati kuchaydi. Shu bilan birga ma-

tematik  bilimlar  sistemalashuvi  dolzarb  davrga  kirdi.  1661  yil  –  Vyurtsburgda  K. 

Shottning  “Matematika  kursi  yoki  barcha  matematik  fanlarning  to’liq  entsiklope-

diyasi”  ko’ptomligi,  1674  yili  Lionda  De  Shalning  “Matematika  dunyosi  yoki  kursi” 

uchtomligi,  1693  yili  Parijda  Ozanamning  “Matematika  kursi”  beshtomligi  chiqdi. 

Matematikaning  bundan  keyingi  rivojini  ta’min  etuvchi  bu  ishlar  hozirda  ham  da-

vom etib kelmoqda. 

XVIII asrga kelib Rossiyada uyg’onish boshlandi. Bunga sabab Pyotr I ning re-

formasidir.  U  davlat  apparatini,  armiya  va  flotni,  ishlab  chiqarishni  tashkil  etishni, 

zarur mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etishni va shu kabilarni ilgari suradi. Nati-

jada 1701 yili yirik shaharlarda maktablar, 1715 yili dengiz akademiyasi tashkil etila-

di. 1725 yili Peterburg akademiyasi va uning qoshida gimnaziya va universitet tash-

kil  etiladi.  Ilmiy  ishlarni  yo’lga  qo’yish  va  mahalliy  kadrlarni  tayyorlash  uchun  chet 

eldan ko’plab olimlarni taklif etadi. Bulardan, matematiklar: I.Bernullining o’g’illari 

Daniil  va  Nikolay  Bernullilar,  Ya.Bernullining  shogirdi  Ya.o’erman,  keyinroq  esa 

L.Eyler  va  boshqalar.  1726  yili  “Piterburg  FA  sharxlari”  (1728  yili  chiqadi)  jurnali 

tashkil etiladi. 1783 yili FA tugatiladi. 

1755 yil esa Lomonosov tomonidan Moskva universiteti tashkil etiladi. 

Rossiyada matematikaning rivoji bevosita L.Eyler bilan bog’liqdir. 

Leonard  Eyler  1707  yilda  Bazelь  shahrida  tug’iladi.  Ya.Bernulli  boshchiligida 

matematikani o’rganib I.Bernulli boshchiligida matematika bilan shug’ullana bosh-

laydi.  Universitetni  magistr  darajasida  tugatgan  Eyler  ishsiz  qoladi.  D.  va 

N.Bernullilar tavsiyasi  bilan 1727 yili Peterburgga kelib 14 yil (1741 gacha) ishlaydi. 

Bu davrda u 50 dan ortiq  ilmiy ishni e’lon qiladi  va 80 tasini tayyorlaydi. Bular ma-

tematik analiz, sonlar nazariyasi, differentsial tenglamalar va astronomiyaga oiddir. 

Bundan tashqari 1736 yili 2 tomlik “Mexanika” va 1738 yili Rossiyaning geografik xa-

ritasini  e’lon  qiladi.  Shu  bilan  birga  Kotelьnikov,  Rumovskiy,  Fuss,  o’olovin,  Safro-

nov kabi shogirdlarni tayyorlaydi. 

1741  yildan  to  1766  yilgacha  Berlin  akademiyasida  ishlaydi.  Bu  davrda  u  300 

dan  ortiq  ilmiy  asar,  shu  jumladan:  1744  yili  variatsion  hisobga  doir,  1748  yilda 

“Cheksiz  kichiklar  analiziga  kirish”,  1755  yilda  “Differentsial  hisobi”,  1765  yilda 

“Mexanika” (davomi) nomli kitoblarni nashr ettiradi. 

1766 yili Piterburgga qaytib keladi va umrining oxirigacha (1783) shu erda ish-

laydi. Bu davrga kelib butunlay ko’r bo’lib qolgan Eyler 416 ta kitob va maqola “yo-

zadi”. Bulardan dioptrikaga oid uch tomlik “Oy orbitasini hisoblashning yangi naza-

riyasi” (1772 y), kema qurilishi va dengizda suzish nazariyasi (1778 y) va boshqalar. 

Umuman Eyler hayoti davomida 530 ta asar e’lon qiladi, o’limidan so’ng qol-

ganlari e’lon qilinib, jami 886 ta bo’ladi. Bulardan 40 dan ortig’i kitoblar. 




 

69 



Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling