Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANINI O‘QITISHNING ASOSIY
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 3 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
10
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANINI O‘QITISHNING ASOSIY JIHATLARI Xoshimova Marxabatxon Odilovna Andijon viloyati Andijon shahar 13-umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Telefon: +998 90 572 18 70 Anotatsiya: ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga qanday qilib matematika fanini qulay va oson usulda o‘rgatish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Matematika fanini o‘qitish jarayonida didaktik o‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyati ham fikr-mulohazalar yuritilgan. Kalit so‘zlar: didaktik va matematik o‘yinlar, rasmli topishmoqlar, qulay metodlar va dars shakllari. Boshlang‘ich ta’limda matematika fani alohida o‘rin egallaydi, chunki bu fan bolalarni hisoblash qobiliyatlarini shakllantiribgina qolmay ularning dunyoqarashlarini rivojlantirish, hayotda uchraydigan turli-tuman tushunchalar, miqdorlar va har xil xossalar bilan tanishtiradilar. Darsliklarda berilgan har qanday misol va masalalarni yechishda fanlar bog‘lanishlarini aniqlab, ularni hayot bilan bog‘laymiz. So‘nggi yillarda respublikamiz boshlang‘ich sinf maktablarida matematikani o‘qitish butun sistemasida o‘z ko‘lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo‘lgan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Maktab oldiga yangi vazifalarning qo‘yilishi matematika o‘qitish mazmunini tubdan o‘zgarishiga olib keldi. boshlang‘ich sinflarda eng qiziq tashkillanadigan darslardan biri bu matematikadir. O‘quvchilarning fikrlashlari va ularning zamon bilan hamnafas bo‘lishlari uchun fanlarning otasi deb ataladigan matematika bilan yoshlik davridanoq qalbda mehr ila tanishlari zarurdir. O‘z o‘rnida matematika o‘rganiladigan barcha fanlar bilan uzviy bog‘liqdir. Matematika fanini o‘rgatish jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalaniladi. bunda esa ba’zan bir darsning o‘zida bir nechta fanlarga murojaat qilamiz. darslarning qay darajada tashkillanishi bu o‘qituvchining ijodkorlik qobiliyatiga ham bog‘liqdir. Matematik o‘yinlar, rasmli topishmoqlar kundalik darslarga joziba bag‘ishlaydi va o‘quvchilarning ham darsga bo‘lgan ishtiyoq va qiziqishini kuchaytiradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari dastlabki matematik tushunchalarni o‘zlashtirishlari uchun o‘qituvchi qulay metod va dars shakllarini tanlashi kerak. bunda didaktik o‘yinlarning ahamiyati katta. darhaqiqat, o‘yin bog‘cha va maktab yoshidagi bolalarga, o‘smirlarga ta’lim- tarbiya berishning an’anaviy va sinalgan usullaridan biridir. O‘quvchilar matematikadan faqat dastur materiallarini o‘zlashtiribgina qolmay, atrof-muhitni, hodisa va jarayonlarni kuzatishga, solishtirishga, fikrlashga, o‘z xulosalarini asoslashga, matematik til bilan so‘zlashishga urinishlari kerak. didaktik o‘yinlar darsda ishni individuallashtirish, har bir o‘quvchining kuchiga mos topshiriq berish, uning qobiliyatlarini maksimal o‘stirish imkoniyatini beradi. O‘yin orqali o‘quvchilar darsdan olgan bilimlarini mustahkamlaydilar, ularni hayotga tadbiq eta olishga tayyorlanadilar. birinchi sinf o‘quvchilariga 11 dan 20 gacha bo‘lgan sonlarni o‘rgatish jarayonida topishmoqli o‘yinlardan foydalanish o‘rinlidir. Xulosa qilib aytganda, matematikani chuqurroq va batafsil o‘rganish barcha sohalar uchun poydevor hisoblanadi. har bir pedagogik texnologiya o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatini, darsdan kutiladigan natijaning qanday bo‘lishi haqida oldindan tasavvur eta olish imkoniyatini yaratadi. bu esa o‘z navbatida har bir darsni tahlil qilib, o‘qituvchi tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning keyingi darslarda oldini olishga yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1.Adizov b.R. boshlang‘ich ta’limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari. – Toshkent. 2003. 2.Azizxo‘jayev N.N. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar. – Toshkent. 2002. 3. Ishmuhammedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. – Toshkent. 2008. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling