Педагогика ва психологияда инновациялар
Download 123.32 Kb. Pdf ko'rish
|
administrator, Pedagogy-2021-10-8
№9 | 2021
51 Prezidentimiz Yangi O’zbekistonni va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub o’zgarishlar va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yo’nalishlari, milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritib, «Yangi O’zbekiston orzusi, bugungi kunlarimizga nisbatan aytganda, hozirga davrning taqozosi, uning asl qiyofasini, harakatlantiruvchi kuchlari va omillarini belgilaydigan g’oyaviy-ma’naviy asos, xalqimizga xos yaratuvchanlik shijoati va keng ko’lamli islohotlarimizning yaqqol ifodasidir». [5] Ushbu islohotlarga javoban, o’quvchilarning o’qish, kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish uchun, oilada farzand tarbbiyasi, ta’lim muassasalarining o’qitish tizimida foydalanish uchun rivojlangan xorijiy davlatlarning bu borada olib borayotgan ilgor tadqiqot ishlari bilan tanishish, samarali usul va metodlarini ta’lim jarayoniga tadbiq etish hozirgi glaballashuv davrida dolzarb mavzularidan hisoblanadi. YUNESKO, bolalar ta'limini rivojlantirishga mas'ul bo'lgan xalqaro tashkilot 1972 yildan boshlab xalqaro “Kitob yili”ning e'lon qilinishi bilan o'qish kompaniyasida oldingi o'rinda turadi (Bamberger, 1975). Tashkilotning maqsadi o'qish madaniyatini targ'ib qilishdir. Biroq, YUNESKO har yili 23-aprelni “Jahon kitoblari” kuni sifatida e’lon qildi. Bundan ko'zlangan maqsad kitob va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ayniqsa, yoshlarning kitobxonlik zavqini kashf etishdagi ahamiyatini shakllantirishni targ’ib qilish va dunyo xalqlariga eslatishdir. Kitob terapiyasi. Bilasizmi, Britaniyada g’ayrioddiy kasb – kitob terapevti mutaxassisligi tashkil etilganiga ancha bo’lgan. Ushbu sohada ruhiy muammolar qurshovida qolgan kishilarni kitobga jalb qilish dasturi asosida ish yuritadigan mutaxassislar faoliyat ko’rsatadilar. Masalan, iqtisodiy inqirozdan xavotirga tushgan o’rta yoshdagi kishiga tashxis qo’yishda Frensis Skott Fitsjeraldning “Buyuk Getsbi”, Sol Bellouning “Xendersen – yomg’ir qiroli”, Ayris Merdokning “Qo’ng’iroq” nomli kitoblari tavsiya etilgan. Xonimlarga esa turmush qurayotgan dugonasiga Odri Niffenegger qalamiga oid “Vaqt sayyohining rafiqasi”, Tom Robbins yozgan “Jaz ohanglari” kitobini sovg’a qilish tavsiya etiladi. Ushbu usuldan foydalangan holda, oqituvchilar va ota-onalar o’quvchining qiziqishiga qarab kitob tavsiya qilsalar, olib bersalar faol kitobxon tarbiyalashga erishadilar. Zero, eng og’ir va anduhli yillarning hamrohi, hamrozi bo’lgan kitoblar bugungi yorug’ kunlarda bizga - oilaning otasidan tortib eng jajji bolasigacha hamdami bo’lmog’i darkor! [6] Gruzin kelinlarning sepida albatta Shota Rustavellinning kitobi bo’lar ekan. Bu chindanam yuksak qadriyat. Shu kabi qadriyatlarga, “bir farzandga bir kitob” degan an’analarga biz ham kirishib, tug’ilgan kunlarimizni qimmatbaho sovg’alar emas, kitob sovg’a qilish an’analarini joriy etsak maqsadga muvofiq bo’ladi. Ogugua, Emerole, Egwim, Anyanwu va Haco-Obasi (2015) ma'lumotlariga ko'ra, millat, albatta, rivojlangan o'qish jamiyatiga ega bo'lishi uchun maktabda va uyda ota-onalar tomonidan poydevor qo'yilishi kerak. [7] G'arbiy Avstraliyaning Universiteti Ta'lim bo'yicha katta o'qituvchi Margaret Kristin Merga o’z tadqiqotlaridaasosiy e’tiborni ota – onalarning bolalari bilan birgalikda kitob o'qishi o’qish madaniyatini shakllanishida juda katta ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatib o’tgan.[8] Ushbu tadqiqotlardan ham ko’rinib turibdiki, nafaqat bizning mamlakatimiz balki dunyo mamlakatlarining barchasida o’qish madaniyatiga e’tibor susaygan. Buning turli sabablari mavjud bo’lib, asosan oilada ota-onalarning ishdan kech qaytishi, bola tarbiyasiga kam vaqt ajratishi, kitob o’rniga doimiy ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi, asosiy e’tibor moddiy ehtiyojga qaratilgan. Yosh bolalarning birinchi taqlidchisi va ideali ota-onasi hisoblangani uchun xorijiy mamlakatlarda ham shu muammoni bartaraf etish dolzarb bo’lib qolmoqda. Psixologlar L. S. Vigotskiy, A. N. Leontiev, P. Ya.Galperin o'quvchilarning ishlashiga 200 dan ortiq omillar ta'sir qiladi, deb ta'kidlaydilar. Tabiiyki, bir vaqtning o'zida hamma narsani hisobga olish mumkin emas. Ammo 200 dan faqat 40tasini tanlab, ularning o'quvchilarning ishlashiga ta'sirini o'rgansak ham, birinchi raqamli omil hali ham ravon o'qish qobiliyatidir, bundan tashqari o'qish muallif va tinglovchilar bilan muloqotni o'z ichiga oladi (ovoz chiqarib o'qiyotganda), o'zini o'zi bilan aloqa qilish: ularning tasvirlangan narsalarga munosabati, o'zlarining "men" laridan xabardorligi, ya'ni shaxsning shakllanishi va rivojlanishi. ПЕДАГОГИКА ВА ПСИХОЛОГИЯДА ИННОВАЦИЯЛАР | ИННОВАЦИИ В ПЕДАГОГИКЕ И ПСИХОЛОГИИ | INNOVATIONS IN PEDAGOGY AND PSYCHOLOGY Download 123.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling