Педагогика ва психологияда инновациялар
№9 | 2021 50 Xaitova Firuza Abdullaevna
Download 123.32 Kb. Pdf ko'rish
|
administrator, Pedagogy-2021-10-8
№9 | 2021
50 Xaitova Firuza Abdullaevna Lecturer of the Faculty of Social Sciences TerGU. EXPERIENCE OF FOREIGN COUNTRIES FORMING A CULTURE OF CREATIVE READING IN PRIMARY SCHOOLS ANNOTATION In this article, the attention paid by the leadership of our country to the formation of reading, the most important tool for the formation of human spirituality, which plays an important role in educating the younger generation, the source of sensitive feelings - the culture of reading. foreign experiences of formation are studied, information about scientific researches of foreign researchers, their advanced, effective methods and techniques, didactic readings are given. Based on foreign experience, the methodological basis for the formation of a creative reading culture of primary school students is described. Keywords: reading culture, books, reading, reading, artwork, didactic games, methods, methods, education, upbringing, foreign experience. Mamlakatimizda boshlang’ich ta’limda o’qitishni sifat jihatdan jadal rivojlantirish, o’quvchilarni mustaqil fikrlash, atrofdagi voqelikka ongli munosabatda bo’lish, daxldorlik va ijtimoiy faollik kabi sifatlarni, nutq va tafakkurini rivojlantirish, yuksak ma’naviyatli barkamol shaxsni kamol toptirish sog’lom avlodni voyaga etkazishning muhim omili sifatida qaralmoqda. Yuksak ma’naviyatli shaxslarni kamol toptirish uchun o’quvchilarning kitobxonlik ko’nikmalarini rivojlantirish, o’quvchi-yoshlarda mutolaa madaniyatini tarkib toptirish muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2017 yil 12 fevraldagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi farmoyishi esa bu boradagi eng muhim qadam bo’ldi. O’quvchilarda kitob o’qish va kitobxonlikka ijobiy munosabatni qaror toptirish o’z-o’zidan ro’y bermaydi. Buning uchun har bir shaxsni maktabgacha ta’lim yoshidan boshlab, kitoblar bilan tanishtirish zarur. SHaxsni kitoblar bilan tanishtirishda uzluksiz ta’limning dastlabki bo’g’ini – boshlang’ich sinflar o’ziga xos o’rin tutadi. [1] Bugungi hayotimizda ilmiy adabiyotlar bilan bir qatorda, badiiy adabiyotlar ham muhim o‘rin tutadi. Prezidentimizning 2017 yil 14 sentabrda imzolagan “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori muhim ahamiyatga ega, ayniqsa, ushbu hujjatda: “…jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona-Vatan va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg’usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalshda beqiyos ahamiyatga ega bo’lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda” degan jumlalari keng jamoatchilikning oldiga ulkan ma’suliyatni yuklaydi. [2] Jumladan, “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash Milliy Dasturini tasdiqlash” to’g’risida Vazirlar Mahkamasining Qarorida ham aholining kitobxonlik darajasi va kitobga qiziqishini tizimli o’rganib borish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan loyiha va tanlovlarni tashkil etish, kutubxonachi kadrlar salohiyatini oshirish; “......yosh avlodning o’qishga bo’lgan qiziqishini yanada kuchaytirish, kitobxonlarni ma’naviy va moddiy rag’batlantirish, faol kitobxonlar safini kengaytirish;” masalsiga alohida e’tibor qaratilgan. [3.2-b] Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev “Yoshlarimizning kitob o’qishga bo’lgan qiziqishini oshirishga, ularning kitob bilan do’st bo’lishiga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim”–degan edi. SHu boisdan, azal-azaldan ma’rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o’qishga, undan ilmu odob sirlarini o’rganishga chorlab kelishgan.[4] ПЕДАГОГИКА ВА ПСИХОЛОГИЯДА ИННОВАЦИЯЛАР | ИННОВАЦИИ В ПЕДАГОГИКЕ И ПСИХОЛОГИИ | INNOVATIONS IN PEDAGOGY AND PSYCHOLOGY Download 123.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling