Pedagogika va psixologiya fakulteti
Download 73.94 Kb.
|
JUMANIYAZOVA MADINA DILSHODOVNA
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Konfliktologiya”
I BOB. PEDAGOGIK VAZIYATLAR VA ULARNING NAMOYON BO’LISHI
1.1. Pedagogik konflikt tushunchasi, uning namoyon bo’lishi Ta’lim-tarbiyaning samarasi, ta’sirchanligi, avvalo o‘qituvchiga, uning bilim saviyasiga, kasbiy tayyorgarligiga va pedagogik mahoratiga bog‘liqdir. O‘qituvchi ijodiy fikrlovchi: umuminsoniy va milliy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan bo‘lishi, o‘z kasbi va bolalarni yaxshi ko‘radigan insonparvar adolatli, talabchan, odobli, har bir o‘quvchisi ulg‘ayib kelajakda yaxshi inson bo‘lishiga ishonadigan, ularning barkamol shaxs, ishbilarmon kishi bo‘lib yetishishiga ko‘maklashadigan mutaxassis bo‘lmog‘i lozim. Pedagogik konfliktni yuzaga keltirmasligi uchun o‘qituvchi nozik psixolog va mohir pedagog bo‘lishi lozim. Tarbiyachi nazariy bilimlari va pedagogik sezgirligi vositasida o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan oson aloqaga kirishadi, maktabda va undan tashqarida birgalikdagi faoliyatnimohirlik bilan uyushtiradi, tarbiyalanuvchining fikri, tuyg‘usi va irodasini bevosita va bilvosita boshqarish san’atini egallagan bo‘ladi.2 Konfliktli vaziyatga tushib qolgan vaqtimizdagina mana shu konfliktli vaziyatni tahlil qilishga urinamiz. Ammo har doim ham bizning bilim va ko‘nikmalarimiz konfliktli vaziyatdan chiqib ketish uchun yetarli bo‘lmaydi. Chunki bizning hayotiy tajribamiz kam, chunki biz konfliktlar yechimi bo‘yicha maxsus bilimlarni egallamaganmiz. Tabiiyki, har bir inson konfliktlarni tushunadi, ularning mohiyatini to‘g‘ri anglaydi hamda ularni yenga oladi deyish, xato hisoblanadi. Xorijiy ellarda yuqori va quyi bosqichdagi barcha rahbar xodimlar, biznes menejerlarning barchasi konfliktlar yechimi bo‘yicha ta’lim oladilar. Konfliktlar va ularning yechimi bo‘yicha ma’lum bilimlar va ko‘nikmalarni egallamasdan turib, zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda faoliyat olib borib hamda ularni boshqarib bo‘lmaydi. Konfliktlarni o‘rganish, ularni ilmiy anglash, konfliktlar bo‘yicha zamonaviy bilimlarni egallagan mutaxassislarni tarbiyalab – voyaga yetkazish davr bilan hamnafas bo‘lishni anglatadi. Konfliktlarni kelib chiqishini, sabab va oqibatlarini o‘rganuvchi fan “Konfliktologiya” bo‘lib, u lotincha “conflictus” – to‘qnashuv, “logiya” – ta’limot demakdir. Demak, to‘qnashuv haqida ta’lim berish, ya’ni to‘qnashuv haqidagi fan hisoblanadi. Download 73.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling