Pedagogika va psixologiya fakulteti
Pedagogik konfliktologiya fanining predmeti
Download 73.94 Kb.
|
JUMANIYAZOVA MADINA DILSHODOVNA
Pedagogik konfliktologiya fanining predmeti – konfliktlarning yuzaga kelishi, rivojlanishi va tugallanishiga doir umumiy qonuniyatlardir.
Konfliktning o‘zaro ta’sir sub’ekti – alohida odam, yoki odamlar va odamlar guruhi. Konflikt - o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan ziddiyatli manfaatlar va munosabatlarning ochiq to‘qnashuvidir. Konfliktning yechimini topish – konfliktli vaziyatni yo‘qotish hamda u yuzaga keltirgan munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga solish bilimlari va ko‘nikmalari majmuidan iboratdir.3 Konflikt tabiiy hodisa. Konflikt – oddiy hol. Chunki konflikt har birimizning turmushimiz va tirikligimizga hos va hayotimizga tegishli bo‘lgan narsa. Ammo ko‘pchilik ongida an’anaviy mavjud bo‘lgan fikrga ko‘ra, konflikt bu – oddiy hol emas, u ziddiyatli hol, undan o‘zini muhofaza qilish kerak, undan o‘zini tortish zarur, konfliktdan “qochish” kerak. Insonlararo, oilalar ichida bo‘layotgan konfliktlardan o‘zini tortishni bizga bolaligimizdan o‘rgatib kelishadi. Konflikt oldida, konfliktdan qo‘rqish hollari ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bizni bolaligimizdan konfliktli vaziyatlardan o‘zimizni tortishga, “janjalkash” bo‘lmaslikka, nizolarni keltirib chiqargan va unda qatnashgan odamlardan o‘zimizni tortib yurishga o‘rgatishadi. Konflikt – bizning milliy mentalitetimizda “yaxshi” bo‘lmagan holat va vaziyatga tenglashtiriladi. Konflikt bo‘lganidan ko‘ra, konflikt bo‘lmaganini biz afzalroq ko‘ramiz. Biz konfliktni hayotimizdagi eng “yomon” davr sifatida baholaymiz. Konfliktdan uzoqroqda yashash ko‘nikmalari bizning tafakkurimizga chuqur singdiriladi. Konflikt har kunlik hayot tarzimizga hos bo‘lgan voqelik bo‘lishiga qaramay, insonlar ko‘pincha ularni noto‘g‘ri talqin etadi hamda ularni “anglangan” holda qabul qilishga o‘rgatilmaydi. “Konflikt nima” yoki aniqroq aytiladigan bo‘lsa, konflikt qanday o‘zini namoyon etadi, - degan savolga ko‘pchilik, konflikt bu – odamlarning urishishi, janjallashishi, kuch ishlatib, bir-biri bilan to‘qnashishi, so‘z aytishish, birovlarni ayblash, so‘kinish, g‘azablanish, jahl bilan gaplashish, kesatish, birovlarni urib-turtish, do‘q qilish, qo‘rqitishga urinish, u qilaman, bu qilaman deb, ularga tahdid qilish, piching bilan gapirish, to‘g‘ri so‘zlar mazmunini buzib talqin qilish, birovlarning orqasidan gapirish, qasd qilish, birovlarga jismoniy zo‘ravonlik o‘tkazish, zo‘rlash, shantaj, birovlarni oyog‘idan chalish, kamsitish, odamlar ustidan kulish, guruh-guruh bo‘lib, birovlarni yakkalab qo‘yish, dilsiyohlik, hafagarchilik, nafrat va qasos, birovlarni mensimaslik, kibrli munosabat bildirish, o‘zini boshqalardan ustun qo‘yish, kek saqlash, nafsoniyatga tegadigan amallar va so‘zlar ishlatish, birovning har bir so‘zi va amalidan yomonlik qidirish va boshqa shunga o‘xshash vaziyatlarni ta’kidlab aytishadi. Mana shu insonlararo munosabatlarda uchrab turadigan barcha salbiy holatlar aslida konfliktlarning turli ko‘rinishlari, odamlar o‘rtasidagi ziddiyatlarning turli namoyon bo‘lish holatlariga kiradi. Download 73.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling