Pedagogika va psixologiya” kafedrasi «pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanidan o’quv-uslubiy majmua guliston– 2017


Tarbiyachilik mahoratining moxiyati


Download 1.04 Mb.
bet59/73
Sana22.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1793855
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA PEDAGOGIK MAHORAT»

Tarbiyachilik mahoratining moxiyati.

O’qituvchining maqsadi:
Tarbiyachilik mahoratining uziga xos tomonlari, xususiyatlarini talabalar ongiga singdiradi. Tarbiyachi faoliyati yunalishlarini dalillaydi.Tarbiyaviy faoliyat yuritishga xavas uygotish.
Uz shaxsida tarbiyachiga xos xususiyatlarni xosil kilishga yunaltirish.
Identiv ukuv maqsadlari:

  1. Tarbiyachilik mxoratining moxiyatini aytib beradi.

  2. Tarbiyachi faoliyatini izoxlaydi.

  3. Tarbiyachilik kobiliyatini asoslab beradi.

Davlatimizning xalk ta’limi sohasida ilgari surayotgan vazifilarini bajarish kup jixatdan tarbiyachi-o’qituvchiga bogliq Yangicha ijtimoiy sharoitda ta’lim tarbiyadan kuzda tutilayotgan maqsadlarga erishish, o’quvchilarning xilma-xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e’tikodli, mexnatsevar, barkamol inson kilib ustirish tarbiyachi-o’qituvchi zimmasiga yuklatilgan.


Xalkimizning kelajagi, mustakil Uzbekistonning istikboli tarbiyachi va o’qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligiga, fidoyiligiga, yosh avlodni ukitish va tarbiyalash ishiga bulgan munosabatiga byuogliq Kupgina o’qituvchilarga ukitish mahoratiga karaganda tarbiyachilik mahoratini egallash jarayoni kiyin kechadi. Albatta buning ob’ektiv sababi bor: tarbiya tushunchasi shaxsni tarbiyalash, akliy imkoniyatlarini rivojlantiruvchi, axlokan poq estetik didli, mexnatsevar kilib tarbiyalash omili sifatida ta’lim tushunchasiga karaganda keng tushunchadir.
Pedagoglarda tarbiyachilik mahoratining kiyin shakllanishiga yana bir sabab, yosh o’qituvchilar shaxsining kasbiy sifatlari tizimini egallash harakati bilan boglik sub’ektiv sabablar mavjudligi. Bu nimani nazarda tutadi? Boshlovchi pedagog o’qituvchining ziddiyatli vaziyatlarda uzini tutishning xilma-xil usullarini topa olishini tarbiyachilik mahorati bilan boglashga moyildir.bu xam axamiyatli, lekin moxir tarbiyachi usullar tuplami bilan kuchli emas. Boshlovchi tarbiyachi jazolash usullarini kuprok egallashga harakat kiladi. Ular oldida doimo «kanday jazolamok kerak?» muammosi barcha tarbiyaviy masalalarni xal kiluvchi savol sifatida turadi.
Tarbiyachilik faoliyati bu tashkilotchilik faoliyatidir. Tarbiyachilik mahorati bolalar xayotining tashkilotchisi mahoratining xuddi uzgina-sidir. Mahorat–bu maktab o’quvchisini rivojlantiruvchi pedagogik vaziyat-larni tashkil kila olish malakasidir. Bu «o’qituvchi-o’quvchi» juftligi masalalarining bir zumda yochilishi emas, balki jamoa va shaxsga tarbiyaviy ta’sir etuvchi jamoa ijodiy faoliyatini tashkil kilishdir.
Mahorat- nazariya va amaliyotning birligidir. Tarbiyachilik mahorati –bu faqat bilim emas, balki tarbiya konuniyatlari, bolalar jamoasi xayotini tashkil kilish konuniyatlaridan kelib chikadigan usul va metodlarning amliyotga ijodiy tadbikidir. Bilim va unga asoslangan ko’nikma, malakalar- tarbiyachilik mahorati moxiyatining asosidir. Tarbiyachining kobiliyatiga: turli pedagogik vaziyatlarda har bir bola olamida yuz berayotgan jarayon-larni tugri tushunish malakasi; tezda ilgash va dikkatni kuchira olish kobi-liyati; ishonch va talabchanlik; bolalar bilan uynash kobiliyati; vaziyatni turli tomondan baxolay olish kobiliyati; xilma-xil pedagogik faktlardan muximini ajrata olish kobiliyati; tasodifiy faktlarda muximlikni kura olish kobiliyati; vaziyatlarda ta’sir etishning turli usullaridan foyda-lana olish kobiliyati; xis-tuygu va fikrlarni suz bilan, mimika va harakatlar bilan anik etkaza olish kobiliyati kiradi.Shu bilan birgalikda ukish, mexnat, sport, badiiy faoliyatlarda bola-lar bilan aloka urnata olish kobiliyati; aloxida yondosha olish; bolalar ta-shabbuskorligini ustira olish kobiliyati; kiyin xolatlarda bolalarga yor-dam bera olish; o’quvchilar bilan doimo maslaxatlashish; utkazilayotgan tad-birlar yuzasidan bolalarning fikrlarini urganish; o’z-o’zini boshkarish-ning turli shakllaridan unumli foydalanish; har bir o’quvchida ijobiy fazi-latlarni kura olish; o’quvchilarni sevimli va sevimsizga bulmaslik; ukuv-chilarda ularning nuktai nazarida tura olish kobiliyatlarini shakl-lantirish xam muxim axamiyatga ega.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling