Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi bakalavriat 202-guruh talabasi
Emotsiya va hissiyot o‘rtasidagi tafovutlar
Download 141.27 Kb.
|
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagog
1.2. Emotsiya va hissiyot o‘rtasidagi tafovutlar
Hissiyot - tuyg‘ularimizni o’ziga xos aks ettifish jarayoni bo’lib, bunda narsa va hodisalami aks ettirish jarayonida bizda tug’iladigan ichki kechinmalar va munosabatlar ifodalanadi. Jahon psixologiyasida ayniqsa, chet el adabiyotlarida “emotsiya” va ”hissiyot” terminlari bir xil ma’noda ishlatiladi, lekin ularni aynan bir xil holat deb tushunish mumkin emas. Bunday nuqson ommabop adabiyotlarda, chet ellarda chop etilgan darsliklarda aksariyat hollarda uchraydi. Odatda, tashqi alomatlari yaqqol namoyon bo’ladigan his-tuyg’ularni ichki kechinmalarda ifodalanishdan iborat psixik jarayon yuzaga kelishining aniq shaklini emotsiya deb atash maqsadga muvofiq. Masalan, ranglarning o’zgarishi, yuzlarning tabassumlanishi, lablarning titrashi, ko’zlarning yarqirashi, kulgi, yigi, g’amginlik,ikkilanish, sarosimalik va boshqalar emotsiyaning ifodasidir. Lekin vatanparvarlik, javobgarlik, ma’suliyat, vijdon, mehr-oqibat, sevgi-muhabbat kabi yuksak hislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish g’ayritabiiy hodisa hisoblanadi. Ushbu hissiy kechinmalar o’zining mohiyati, quvvati, davomiyligi, ta’sirchanligi, yo’nalganligi bilan bir-biridan keskin farq qilishiga qaramay, ularni emotsiya sifatida talqin qilish oddiy safsataga aylanib qolgan bo’lar edi deya ta’kidlaydi E.G’oziyev. Shu boisdan ularning eng muhim farqi shundaki, hissiyot-ijtimoiy, emotsiya esa individual, xususiy ahamiyat kasb etadi. Ta’kidlab o’tilgan mulohazalarga qaramasdan, hissiyot bilan emotsiyaning o’zaro bir biridan qat’iy cheklab qo’yish ham ba’zi anglashilmovchilikni keltirib chiqarishi mumkin. Faoliyat, xulq-atvor, muomala subekti o’zining shaxsi hamda jamiyati uchun ahamiyatli hisoblangan narsalar va hodisalarni aks ettiruvchi munosabati hissiyotda mujassamlashadi. Shaxsning individual hayoti va faoliyatiga aloqador omillar, qo’zg’ovchilar, turtkilarni ifodalovchi hamda kelib chiqishi instinktlar, shartsiz reflekslar, irsiy belgilar bilan bog’liq soda hissiy holatlar ‘’EMOTSIYA’’ deb ataladi. Emotsiyalar nafaqat insonlarga balki, jonli rivojlangan mavjudodlarga ham taaluqli ruhiy holatlardir. Hayvonlardagi emotsiyalar o’zgarishi murakkab bo’lgan irsiy alomatlarga asoslanuvchi soda tuzilishga egadir. Odam bilan hayvon emotsiyalari o’zlarining mohiyati, tuzulishi, ta’sirchanligi, jadalligi, sifati, shakli bilan keskin tafovutlanadi. Emotsiyalar tashqi ko’rinishga xosligi bilan, muvaqqat xususiyatga egaligi bilan hissiyotdan farqlanadi. SHuni aytib o’tish joizki, hissiyot hayvonot olamiga xos kechinma emas,u aql-zakovat subekti faqat hazrati insongagina xos. Фресс П., Пиаже Ж. [4] Hissiyot odamda sodir bo‘layotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo‘lganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi. Mazkur holda sezgi a’zolariga ta’sir qiluvchi cheksiz miqdordagi qo‘zg‘ovchilardan aniq bo‘lib ajraladi, ba’zilari bir-birlari bilan qo‘shilib ketadi va paydo bo‘lgan hissiyot bilan birlashib ketadi. Natijada ta’ssurot uyg‘otib, biror hissiy nom bilan ifodalangan xotira obrazlari tariqasida saqlanib qoladi. Buni fiziologik jihatdan shunday tushuntirish mumkin: ma’lum qo‘zg‘atuvchilar tirik mavjudotlar uchun xotirjamlik haqida darak beruvchiga aylanadi. Hissiy kechinmalar esa insonning shaxsiy tajribasida tarkib topadigan reflekslar tizimini mustahkamlash sifatida namoyon bo‘ladi. Hissiyotning mana shu darak beruvchilik vazifasi psixologiyada hissiyotning impressiv tomoni deb ataladi. Hissiyot bilan emotsiya inson shaxsining ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlarida yuzaga kelgan, odamning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotida shakllangan, muayyan ijtimoiy-muhitda istiqomat qiluvchi kishilar tomonidan o’zlashtirilgan g’oyalar, me’yorlar, qonun-qoidalar, nizomlar, qadriyatlarni aks ettiruvchi anglanilgan his-tuyg’ular, murakkab ichki kechinmalarning vujudga kelish jarayonidir. Kishi biror narsani idrok va tasawur qilganida, eslab qolganida va esga tushirganida, fikr qilganida va gapirganida hamda harakat qilganida biror yoqimli (xush) yoki yoqimsiz (noxush) holatni kechiradi, bu holat huzur qilish yoki ranjishdan, maza qilish yoki qiynalishdan iborat bo'ladi. Bu kechirmalarda odamning o‘z tevarak-atrofidagi narsalarga (hodisalarga), odamlarga va o'ziga nisbatan subyektiv munosabati ifodalanadi. Yoqimli yoki yoqimsiz kechinma hissiyotimizning birinchi belgisi va elementidir.Voqelikning ayrim hodisalari kishini quvontiradi, ayrim hodisalar xafa qiladi, ba’zi hodisalarga kishi qoyil qoladi, ba’zi hodisalardan g'azablanadi, odam ba’zi hodisalami ko'rib jahli chiqadi, ba’zilaridan qo'rqadi. Xursandlik, xafalik, qoyil bo'lish, g'azablanish, qahr, qo'rquv va shu kabiIaming hammasi emotsional kechinmalarning xilma-xil turlaridir, odamning voqelikka bo'lgan turli subyektiv munosabatidir, odamning o‘ziga ta’sir qilayotgan va uning o'zi ta’sir qilayotgan narsalardan tug'iladigan kechinmalardir.Yoqimli kechinmalarda odamning voqelikdagi ayrim narsalarga, hodisalarga va o‘ziga nisbatan ijobiy munosabati ifodalanadi, yoqimsiz kechinmalarda esa bunga odamning salbiy munosabati ifodalanadi. Shuning uchun ham subyektiv kechinmalardan iborat bo'lgan hissiyotlar ijobiy va salbiy hissiyotlar deb ajratiladi. Lekin hissiyotlar yoqimli yoki yoqimsiz subyektiv kechinmalar bo'lish jihatidangina emas, shu bilan birga obyektiv, ijtimoiy ahamiyatlari jihatidan ham ijobiy va salbiy hissiyotlar deb farq qilinadi. Hissiyotlarga shaxsiy nuqtayi nazardan beriladigan baho bilan ijtimoiy nuqtayi nazardan beriladigan baho hamisha bir-biriga muvofiq bo'lavermaydi. Sub’ektiv ravishda noxush, kishini ranjitadigan kechinmalar tariqasidagi ko'pgina hissiyotlar, ijtimoiy nuqtayi nazaridan qaraganda, ijobiy hissiyotlar hisoblanadi. Masalan, kishidagi uyalish vijdon azobi yoqimsiz va hatto qattiq azob hissi bilan kechiriladi. Lekin ijtimoiy nuqtayi nazardan qaraganda, bu hislar yuksak, ijobiy axloqiy hislardir. G‘azab va qahr hissi har bir kishida salbiy, noxush kechinma holatida o'tadi. Ammo ijtimoiy nuqtayi nazardan qaraganda, bu hissiyot nima sababdan tug'ilganligiga va nimaga yo'nalganligiga qarab ijobiy yoki salbiy hissiyot bo'lishi mumkin. Agar bu hissiyotlar axloq tamoyillarga to'g'ri kelmaydigan nojo'ya ish qilib qo'ygan kishiga nisbatan tug'ilgan bo'lsa, bu hissiyot ijobiy axloqiy hissiyotdir. Ammo bu hissiyot biror shaxsiy norozilik sababli, masalan, majlisda qilingan haqli tanqid sababli tug'dirgan bo'lsa, bunday hissiyot o'zbek kishisiga nomunosib, past hissiyotdir.Hissiyot biz idrok qilayotgan, tasawur qilayotgan va fikr qilayotgan hodisalar va tasawurlar, shuningdek, bizning harakatlarini iz va qiliqlarimiz ta’siri bilan tug'iladi. Narsalar idrok, tasawur va fikr qilinayotganligi uchungina bizda ayrim tuyg'ular tug'ilib qolmasdan, balki, asosan, bu narsalar bizning ehtiyojlarimiz, manfaatlarimiz bilan ma’lum bir darajada bog'langanligi uchun ham bizda turli tuyg'ular tug'diradi, biz idrok, tasawur va fikr qilayotgan narsalar bizning ehtiyojlarimizga va manfaatlarimizga aloqasi bo'lmagan taqdirda bizda sezilarli hissiyotlar tug'ilmaydi. Bunday narsalar ko'pincha e’tiborimizdan chetda qolaveradi.Shunday qilib, hissiyotlarning manbalari (yoki sabablari), bir tomondan, bizning ongimizda aks etayotgan tevarak-atrofdagi voqelik bo'lsa, ikkinchi tomondan, bizning ehtiyojlarimizdir.Ko'p hollarda emotsional kechinmalarimizning mazmuniga bizning intilishlarimiz ham kiradi. Intilishlar esa hamisha ehtiyojni ifodalaydi. Lekin hissiyotlar ehtiyojlar sababli paydo bo'lishi tufayli, intilishlar bilan hissiyotlar bir-biriga «qo'shilib ketib» bitta tuyg'u, kechinma holida namoyon bo'ladi. Bunday hollarda hissiyotlar, odatda, intilishlami tug'diradi yoki mavjud intilishlarni kuchaytiradi, shuning uchun ehtiyojlarning o'zi ham faol kechinmalar bo'lib qoladi. Hissiyotlarning yo'nalishi, faolligi intilishlarda namoyon bo'ladi. Shunday emotsional holatlar ham bo'ladiki, bunda intilish juda sust bo'ladi yoki butunlay bo'lmaydi. Bu xil samarasiz, passiv hissiyotlami, odatda, sentimentallik deb ataydilar. Sentimentallik — harakatsiz hissiyot bo'lib, odatda, faqat so'z bilan cheklanib, oh-vohlar qilish, ba’zan ko'z yoshi to'kishdan nariga bormaydi.Hissiyotlarning faollik darajasi kishidagi qo'zg'alish va kuchlanish holatida yoki tinchish va bo'shashish holatida, yoki kishidagi hamma kuchlarg'ayratga kirgan holatda, yoxud bu kuchlar zaiflashgan va bo'shashgan holatda namoyon bo'ladi. Hissiyotlarning mana shu faollik darajasiga qarab, ular stenik va astenik hissiyotlarga bo'linadi. Kishining hayotiy faoliyatini oshiradigan, g'ayratini orttiradigan hissiyotlar stenik hissiyotlar deb ataladi. Masalan, nihoyatda xursandlik, g'azablanish hislari stenik hissiyotlar qatoriga kiradi. Kishining hayotiy faoliyatini pasaytiradigan, g'ayratini susaytiradigan hissiyot astenik hissiyotlar deb ataladi. G'am-g'ussa, ma’yuslik, afsuslanish kabi hissiyotlar mana shunday astenik hissiyotlardir.«His» degan termin ko'pincha «sezgi» degan termin bilan bir ma’noda ishlatiladi. Masalan, ba’zan: «Men yorug'Iikni his qilyapman, men issiqlikni his qilyapman» deyish o'miga: «Men yorug'Iikni sezyapman, men issiqlikni sezyapman» deb ham aytishadi. Shu vaqtgacha biz psixologiyada ham sezgi organlari deyish o'rniga his qilish organlari deb aytishga odatlanib qolganmiz.Sezgi bilan hisni bir-biridan farq qilish kerak. Sezgi odamdan mustaqil ravishda mavjud bo'ladi, u narsalar va hodisalaming in’ikosidir. Hissiyot esa odamning shu narsalarga va hodisalarga munosabatini ifodalovchi tuyg'ular, kechinmalardir. Sezgilar bizga narsalar va hodisalaming o'zini bildiradi, ammo hissiyot esa odamning shu narsalarga va hodisalarga munosabatini, bu narsalar va hodisalar odamda qanday holat tug'dirganligini (xush yoki noxush holat tug'dirganligini) bildiradi. Download 141.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling