Pedagogika va psixologiya”


Reja:  1.Temperamentning psixologik tavsifi va temperament turlariga psixologik xarakteristika


Download 292.81 Kb.
bet38/46
Sana02.08.2023
Hajmi292.81 Kb.
#1664556
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   46
Bog'liq
Pedagogika va psixologiya”

17-MAVZU Individual tipologik xislatlar

Reja: 

1.Temperamentning psixologik tavsifi va temperament turlariga psixologik xarakteristika. 

2. Xarakter. Xarakter tuzilishi va xususiyatlari. 

3. Xarakter tipologiyalari bo’yicha tavsif. 

4. Qobiliyatlar va ularning turlari.

Shaxsning individual xususiyatlari



Temperament
Xarakter

Qobiliyat

Temperament – (lot. «temperamentum» - aralashma) inson psixikasining individual jihatdan o`ziga xos, shaxs faoliyati va xulqining dinamik, ya’ni o`zgaruvchan va emotsional-hissiy tomonlarini xarakterlovchi xususiyatlar majmuidir.



safro yunon “chole”

shilimshiq yunon “‘hlagma”

qon lotin “sangius”

qora o`t (yunon - “meliane chole”)
Temperament haqida ta’limot ilk bora yunon tabibi Gippokrat (eramizdan avvalgi 460 – 356 yillarda) tomonidan yaratilgan bo`lib, uning ta’limotiga asosan «temperament” tushunchasi paydo bo`lgan va temperament turlarining nomlari shu kunga qadar saqlanib qolgan. Gippokrat fikricha inson organizmida 4 xil suyuqlik mavjud:

Xarakter - ijtimoiy muhit ta’sirida tarkib topib, shaxsning atrofdagi voqelikka va o`z-o`ziga bo`lgan munosabatida ifodalanadigan, muayyan sharoitda tipik xulqatvor usullarini belgilab beradigan barqaror individual psixik xususiyatlar yig`indisidir. (yunonchadan «xislat», «belgi», «tamg`a»). Xarakter hamisha shaxsning o`ziga xos bo`lgan sifatlarini belgilab beradi. Shuning uchun ham xarakter kishining biror hayotiy vaziyat sharoitida o`zini qanday tutishini oldindan ko`rish imkonini beradi. Xarakter tug`ma bo`lmaydi. Faqat layoqat nishonlari tug`ma bo`lishi mumkin, ular nerv sistemasining xususiyatlariga bog`liq bo`ladi. U kishining hayot va faoliyat sharoitlariga bog`liq holda tarkib topib, o`zgaruvchan va tarbiyalanuvchandir. Maxsus sharoitda ta’lim-tarbiya ta’sirida salbiy xarakter xususiyatlarini bartaraf qilish, ijobiy xarakter xususiyatlarini shakllantirish mumkin.

Munosabatlarning xarakterdagi o`rni xususida V.S.Merlin ularning mazmunida ikki komponentini ajratadi:


- mehnat faoliyatida namoyon bo`ladigan xarakterologik xususiyatlar - mehnatsevarlik, mehnatkashlik, tashabbuskorlik, ishga layoqat, mas’uliyat, dangasalik, qo`nimsizlik va boshqalar; - insonlarga nisbatan bo`lgan munosabatlarda namoyon bo`ladigan xarakterologik sifatlar - odoblilik, mehribonlik, takt, jonsaraklik, muloqotga kirishuvchanlik, altruizm, g`amho`rlik, rahm-shafqat va boshqalar; - o`z-o`ziga munosabatga aloqador xarakterologik sifatlar - kamtarlik, kamsuqumlilik, mag`rurlik, o`ziga bino qo`yish, o`z-o`zini tanqid qilish, ibo, sharmu-hayo, manmansirash va boshqalar; - narsalar va hodisalarga munosabatlarda namoyon bo`ladigan xususiyatlar - tartiblilik, oqillik, saronjom-sarishtalik, qo`li ochiqlik, ziqnalik, tejamkorlik, pokizalik va boshqalar.
Xarakter aktsentuatsiyasining tiplarga bo’linishi

  • Gipertem tip

  • Distim tip

  • Sikloid tip

  • Ta’sirchan tip

  • To’xtaluvchan tip

  • Sinchkov { pedant} tip

  • Tashvishli tip

  • Jo’shqin tip

  • Namoyishkorona tip

  • Ekzaltirlashgan tip

  • Ekstraversiv tip

  • Intravertiv tip

Download 292.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling