Pedagogika va psixologiya”


-MAVZU Irodaviy xislatlar


Download 292.81 Kb.
bet40/46
Sana02.08.2023
Hajmi292.81 Kb.
#1664556
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46
Bog'liq
Pedagogika va psixologiya”

18-MAVZU Irodaviy xislatlar
Iroda to’g’risida tushuncha
Iroda
Bu-kishining o’z oldiga qo’yilgan maqsadlarga
Erishishda
Qiyinchiliklarni yengib o’tishga qaratilgan faoliyati va xulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va o’z-o’zini boshqarishi demakdir.
Borliqni aks ettirish, faoliyatni muayyan yo’nalishda tashkil qilish, muammolar yechimini egallash yuzasidan ma’lum bir qarorga kelish, uni amalga oshirish jarayonida qiyinchiliklarni yengish harakatlar yordami bilan ro’yobga chiqadi. Turli ehtiyojlar (shaxsiy, jamoaviy, tabiiy, madaniy, moddiy, ma’naviy) tufayli vujudga keladigan, maqsadga yo’nalganlik xususiyatini kasb etadigan shaxsning faolligi o’zining tuzilishi, shakli rang-barang bo’lgan harakatlar, xatti–harakatlar va sa’i–harakatlar yordami bilan tabiat, jamiyat tarkiblarini maqsadga muvofiq kelmaganligi sababli qayta quradi, takomillashtiradi, ezgu niyatga xizmat qildirishga bo’ysundiriladi. Ehtiyoj, motiv, qiziqish, anglashilmagan, anglashilgan mayllar negizidan kelib chiqadigan barcha ko’rinishdagi harakatlar o’zlarining yuzaga kelishiga binoan ixtiyorsiz va ixtiyoriy turkumlarga ajratiladi. Odatda psixologiyada ixtiyorsiz harakatlar anglanilgan yoki yetarli darajada anglanmagan istak, xohish, tilak, mayl, ustanovka va shu kabilarning ichki turtki ta’sirida paydo bo’lishi natijasida ro’yobga chiqariladi.
Mazkur istak va uning boshqa shakllari impulьsiv (lotincha impulsus ixtiyorsiz qo’zg’alish ma’nosini anglatadi) xususiyatiga ega bo’lib, inson tomonidan anglanilmaganligi uchun ma’lum obyektga qaratish yuzasidan rejalashtirilmagan, hatto ko’zda tutilmagan bo’ladi. Insonning favquloddagi vaziyatda yuzaga keladigan sarosimalik affekti, dahshat, hayajonlanish, ajablanish, shubhalanish va shunga o’xshash boshqa mohiyatli, har xil shakldagi xatti-harakatlari ixtiyorsiz turkumdagilarga yorqin misoldir. Undagi atamalar ma’nosi, aks etish imkoniyati bundan oldingi hissiyot to’g’risidagi ma’lumotlarda keng ko’lamda bayon qilingan.
Boshqa kategoriyaga taalluqli harakatlar ixtiyoriy harakatlar deb nomlanib, ular maqsad ko’zlash, maqsadni anglashni va uni amalga oshirishni ta’minlovchi operatsiyalar, usullar va vositalarni shaxs o’z miyasida tasavvur qilishni, samaradorligini taxminan baholashni taqozo etadi. O’zining mohiyati bilan tafovutlanib turuvchi ixtiyoriy harakatlarning alohida guruhini irodaviy harakatlar deb ataluvchi turkum tashkil qiladi. Psixologik ma’lumotlarga asoslangan holda ularga quyidagicha ta’rif berish mumkin: «Maqsadga erishish yo’lida uchraydigan
Qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish jarayonida zo’r berish bilan uyg’unlashgan, muayyan maqsadga yo’naltirilgan ongli harakatlar irodaviy harakatlar deyiladi».
SHAXSNINGINDIVIDUAL-PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARI





  1. Temperament va uning ko'rinishi.

  2. Xarakter haqida tushuneha.

  3. Qobiliyat va iste'dod haqida tushuncha.

1. Temperament va uning ko'rinishi

Psixologiya fani insonning ruhiy olami, muomalasi, xulqi, xarak-teri, temperamenti, qobiliyati va insonlararo munosabatini o'rganadi. Uning amaliy yo'nalishi tadqiqot predmetining cheklanganligi bilan chegaralanib qolmasdan, balki insonning shaxs sifatida o'sishiga yor-dam beruvchi bir qancha jabhaiarni o'ziga qamrab oladi va tekshiradi.

Inson shaxsining eng muhim xususiyatlaridan biri uning indivi-dualligidir. Individuallik deganda, shaxsiy psixologik xususiyatlarning betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, tempe­rament, psixik jarayonlar, holatlarning xususiyatlari yig'indisi, iroda, faoliyat rnotivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, qobiliyanari va shu kabilar kiradi.

Insonning ruhiy olami beto'xtov harakatlar majmuasidan iborat bo'lib, biri ikkinchisini bevosita taqozo etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga o'xshash tarzda hukm suradi. Xuddi shu bois, shaxs ruhiya-tida tashqi atrof-muhit to'g'risidagi taassurotlar, o'trhish xotiralari, kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar, xohish-istaklar, maq­sad va tilaklar, mulohaza, fikrva muammo, emotsional kechinmalar, irodaviy sifatlar uzluksiz tarzda o'zaro o'rin almashib turishi evaziga ontogenetik dunyoga mustahkam negiz hozirlanadi.

Ruhiy olam, uning sur'ati, mazmuni* shakli, ko'lami, xususiyati, xislati, sifati, mexanizmi har bir insonda rang-barang tarzda namoyon bo'lishi kuzatiladi. Shuning uchun boisa kerak, insonlar tabiat hodisa-lariga, ta'sir kuchlariga tez yoki sekin, yengil j^oki qiyinchilik bilan javob q^ytarishga moyillik ko'rsatadilar.

Psixologiya fanining ijtimoiy tarixiy taraqqiyoti davrida tempera-mentga nisbatan bildirilgan mulohazalar, uning moddiy asosi to'g'risi dagi talqinlar xilma-xil bo'lib, shaxsning psixologik xususiyatlarini o'ziga xos tarzda tushuntirish uchun xizmat qilib kelgan. Tempera­ment lotincha «temperamentum» degan so'zdan olingan bo'lib, bu-* ning ma'nosi «aralashma» degan tushunchani anglatadi.

Temperament to'g'risidagi dastlabki ta'limotni yunon olimi Gippokrat (miloddan awalgi 460-356 yillarda yashagan) yaratgan bo'lib, uning tipologiyasi to hozirgi davrgacha qo'llanib kelinmoqda.



Temperamentga ta 'rif beradigan bo 'Isak, u shunday ko 'rinishda bo 'ladi: psixikaning individual jihatdan o 'ziga xos, tabiiy shartlash-gan dinamik ko 'rinishlari majmui kishining temperamenti deyiladi.


Download 292.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling