Pedagogika va psixologiya”


-MAVZU: Kasblarni psixologik o’rganish


Download 292.81 Kb.
bet44/46
Sana02.08.2023
Hajmi292.81 Kb.
#1664556
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
Pedagogika va psixologiya”

19-MAVZU: Kasblarni psixologik o’rganish

KASBIY PSIXOLOGIYA MUTAXASISLIK FANI

HAQIDA TUSHUNCHA

REJA

1.Kasb psixologiyasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari.



2.Kasb psixologiyasi fanining shakllanish tarixi.

3. Kasbga yaroqlilikni aniqlash muammolari


Psixologiya lotincha “psyuxe"-ruh, "logos"-fan, ta'limot so'zlardanoiingan bo'iib, psixologiya fani inson ruhi haqidagi ta'limotdir. Boshqacha qilib aytganda psixologiya ruhshunoslik,insonshunoslik haqidagi fandir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov: «Psixologiya fani biz
uchun eng zarur sohalardan biri. Psixologiyani o‘rganish - hayotni, insonni o‘rganish
degani. Kerak bo‘lsa, rahbarlik qilmoqchi ekansiz, yetakchi bo‘lib, odamlarga ko‘rsatma bermoqchi ekansiz, oldin ularning psixologiyasini har tomonlama o‘rganish kerak, - degan edi. Ushbu fikr kasbiy psixologiya fanining metodologik asoslaridan birini tashkil qiladi.
Har qanday inson kundalik hayotida odamlar bilan uchrashib, muloqotga kirishar ekan, u o‘zining bosiq yoki qiziqqon, beparvo yoki qiziquvchan, mehribon yoki bag‘ritosh, jahldor yoki bosiq va hokazolardan iborat ichki va tashqi ruhiy olamini namoyon qiladi. Bu ruhiy holatlar ongli va ongsiz tarzda namoyon bo‘ladi. Ana shu holatlar- ning barchasi insonning psixikasini tashkil qiladi. Inson psixikasi moddiy va ma’naviy borliqdagi narsa va hodisalarni jonli in’ikos etuvchi murakkab jarayon bo‘lib, u insoniyatning uzoq davom etgan fiziologik rivoji uyg‘unligining mahsuli hisoblanadi Xo‘sh, psixika nima
Psixika-yuqori darajada tashkil topgan materiyaning tizimli (xususiyati), subyekt tomonidan obyektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq manzaralarini subyekt o‘zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o‘z xulqi va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o‘tmishning, hozirgi davr va kelgusi zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingan . Psixikaning asosiy vazifalari -aks ettirish
- faoliyat va xatti-harakatlarni boshqarishdir. Uning namoyon bo‘lish shakllari va ularning o‘zaro bog‘liqligi psixik (bilish) jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq va diqqat), psixologik holatlar(hissiyot, emotsiya, e’tiqodlilik, bardamlik, tetiklik, qiziquvchanlik, hayratlanish,ishonchlilik, ijodiy ruhlanish), shaxsning xususiyatlari (yo‘nalishlar, temperament,xarakter,qobiliyat,iqtidor,aqliysalohiyat,xulq motivatsiyasi,ish
mas’uliyat)da kuzatiladi.
Psixologiya - psixikaning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari, shuningdek insondagi onglilik va ongsizlik fenomenlarining xilma-xil ko‘rinishlarini o‘rganuvchi Psixologiya yunoncha «psixologos» so‘zidan olingan bo‘lib, «jon», «ruh»
haqidagi fan, ta’limot degan ma’noni anglatadi. Biroq hozirgi davr ilmida «jon» tushunchasi o‘rniga «psixika» atamasini qo‘llash qabul qilingan. Chunki lingvistik
nuqtai nazardan «jon», «psixika» tushunchalari aynan bir ma’noni bildiradi. Lekin
«psixika» atamasi bugungi kunda «jon»ga nisbatan kengroq ma’noga, ko‘lamga ega
bo‘lib,inson ruhiyatining ham ko‘zga ko‘rinuvchi,ham ko‘zga ko‘rinmas tomonlarini o‘zida aks ettiradi.
Psixologiya fanining obyektiga psixika, ong va ongsizlik, shaxs va uning faolligi
kirsa, uning predmetini ana shu obyekt haqidagi muayyan bilimlar tashkil qiladi
(Obyekt - kishilarning diqqatini o‘ziga tortadigan moddiy va ma’naviy borliq.
Predmet - moddiy va ma’naviy borliq haqidagi bilimlar majmuasi va o‘rganiladigan
masalalar). Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, kasbiy psixologiya kasb psixologiya tarkibida yuzaga kelgan bo‘lib, aniq faoliyat, ya’ni ichki ishlar idoralari faoliyatidagi
psixologik jihatlarning muhim tomonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan fan hisoblanadi.
Kasbiy psixologiya ilmiy-amaliy fan bo‘lib, umumiy psixologiyaning qonuniyatlarini o‘rganadi va bu fanni samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar ishlab chiqadi.
Kasbiy psixologiya fani kasb doirasidagi munosabatlar, odamlarning psixik
faoliyatini huquqiy boshqarish mexanizmlari va qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir.
Bunda guvohlar, xolislar, jabrlanuvchi, gumonla- nuvchilarning ko‘rsatmalari hamda
so‘roq olib borishning psixologik asoslarini o‘rganish maqsad qilib qo‘yilgan.
Kasbiy psixologiya fanining maqsadi - kasb xodimlari faoliyatining taraqqiyot
qonuniyatlari, turli toifadagi shaxslar bilan o‘zaro munosabatlar jarayonida
psixologik bilimlardan foydalana olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan
iboratdir.
Shu ma’noda, kasbiy psixologiya fanining metodologik asosini O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining asarlari, faylasuf-allomalarning psixologiya faniga oid
g‘oya va nazariyalari hamda hukumat qonunlari, IIVning buyruq va ko‘rsatmalari
tashkil etadi.

Inson-tabiat munosabatini o'zida aks ettiradi, shaxs omili va uni hozirgi davrda ishlab chiqarishda hisobga olish mehnat samaradorligini oshirish, kasb mahoratini takomillashtirish uchun negiz bo'lib hisoblanadi. Kasb-hunar mohiyatini ochib beruvchi professiogramma, professiografiya, psixogramma asosida qishloq xo'jalik mutaxassislarini tayyorlash uchun agrar oliy o'quv yurtlari intilmoqlari lozim. Zero, yuksak texnologiyani boshqarishga layoqatli, ijodiy, mustaqil fikrlovchi, shaxslararo munosabatlarni tashkil qilishga uquvli mutaxassislar yetishtirishga erishilsa, ezgu niyatlar ijtimoiy hayotda qaror topgan bo'lar edi.

Fanni o'qitishdan maqsad – talabalarga fan sohasidagi psixologik tushunchalar, kasblar haqida tushuncha, tasavvurlar zahirasini shakllantirish. Shuningdek, kasb tanlash va kasbga yo'naltirish yuzasidan nazariy, amaliy ma'lumotlar manbaini berish.


Download 292.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling