Pedagogika va psixologiyasi
Download 299.48 Kb.
|
O’smirlik davrida suitsidal xulq-atvor profilaktikasi, diagnosti-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.“O’zini o’zi jazolash”
- 6“Rad etish”
3. “Chaqiruv” tipidagi xulq-atvorda vaziyatni o’zgartirish maqsadida tashqaridan yordam chaqirish. Shuning uchun shaxsning pozitsiyasi passiv hisoblanadi.
4.“Qochish” suitsidida mojarolarning mohiyati shaxs yoki biologik moslikka tahdid hamda o’ziga nisbatan yuqori baho berishi bir-biriga zid hisoblanadi. Maqsad – chidab bo’lmaydigan vaziyatni bartaraf etishdan qochish bilan tavsiflanadi. 5.“O’zini o’zi jazolash” ni quyidagicha ta’riflash mumkin “shaxsning o’ziga nisbatan ichki noroziligi”, “Men”ning o’ziga xos qarama-qarshiligining kengayishidagi ixtilof, insonda 2 ta obrazning bir vaqtning o’zida mavjudligi aytish orqali ya’ni “Men – hakam”, va “Men – sudlanuvchi”, kabi ta’kidlarni o’zida dushmanni yo’q qilish. 6“Rad etish” suitsidida sabablar mavjudligini rad etish hisoblansa-da, maqsad o’z hayotiga zomin bo’lishdir. O’smir yoshdagilarga xos ziddiyatli guruh O’smirlarning suididial xulq-atvorni sodir etishga moyilligiga ko’ra, ular orasida ziddiyatli guruhlar ham uchrab turadi. Xususan: 1.Avval suitsidga qo’l urgan (tugallanmagan, parasuitsid) o’smirlar. 2.Suitsidal tahdidlarni ochiqchasiga yoki yashirincha namoyish qiladigan o’smirlar. 3. O’ziga shikast etkazishga moyil (autoagressiya) o’smirlar. 4.Naslida suitsidal xulq-atvor va suitsidga moyil bo’lgan yoshlar. 5.Spirtli ichimliklar ta’siridagi o’smirlar. Bunday tipdagi o’smirlarda suitsid xavfi juda yuqori. Ayniqsa, yoshlar o’rtasida 50 % ni tashkil qiladi. Uzoq vaqt spirtli ichimliklarni qabul qilish, bu bir necha avlodning surunkali spirtli ichimlik iste’moli depressiyaning kuchayishiga yordam beradi hamda aybdorlik hissi va psixik kasalliklar suitsidni amalga oshishiga olib keladi. 6. O’smirning surunkali ravishda narkotik va toksik moddalar iste’mol qilishi. PFM (psixik-faol moddalar) iste’moli o’smirning o’zini o’zi nazorat qilishini susaytiradi, hattoki, psixik kasallikni chaqiradi. 7.Asab buzilishlaridan aziyat chekuvchi, ayniqsa, og’ir depressiyaga (psixopatologik sindromlarga) uchragan o’smirlar. 8. Surunkali yoki tug’ma kasalliklardan aziyat chekuvchi o’smirlar (shuningdek, ushbu kasalliklardan katta yoshdagilar ham aziyat chekadilar). 9. Katta yo’qotishlardan qayg’urayotgan o’smirlar, masalan ota-ona (sevimli inson) ning o’limi, ayniqsa, yo’qotishning birinchi yillari va boshqalar. 10. Muammoli oilalarda tarbiya topgan o’smirlar: ma’lum bir yoshda oiladan ketish, ajralish, oilaviy zo’ravonlik va boshqalar. Bu guruhga duch kelgan mutaxassislar (pedagog-psixologlar, ijtimoiy pedagoglar) tezda xulosa chiqarish va masalaga yuzaki qarashdan saqlanishlari kerak. Suitsidga hali moyilligi bo’lmagan o’smirlar ham bu qaltis guruhga tushib qolishlari mumkin. Ta’kidlash joizki, hali o’z joniga qasd qilishga biror bahona va sabab ko’rsatilmaydi. Suitsidga ozgina ishora bo’lsa ham, bunga jiddiy e’tibor berish, agarda ma’lum vaqtgacha saqlanib qolsa, ziyraklik bilan xavfli signallarga diqqat qaratish lozim. Yordamga chaqirgan ovoz mutaxassisning javob berishiga muhtoj ekanligiga shubha yo’q. Download 299.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling