Pedagogika va psixologiyasi


-hamma suitsidentlarning umumiy maqsadi – echim qidirish


Download 299.48 Kb.
bet7/61
Sana11.11.2023
Hajmi299.48 Kb.
#1765582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61
Bog'liq
O’smirlik davrida suitsidal xulq-atvor profilaktikasi, diagnosti-fayllar.org

-hamma suitsidentlarning umumiy maqsadi – echim qidirish. Har bir suitsidning maqsadi o’z oldida turgan muammolarga, kuchli qayg’uga echim topish;
-suitsidda umumiy qo’zg’atuvchi sabab chidab bo’lmaydigan psixologik (qalban) og’riqlar hisoblanadi. Bu og’riq, qiynalish, azoblanish, qalban aziyat chekishda ko’rinadi. Chidab bo’lmaydigan qalban og’riqlar o’sha narsadan qochish, qutulish hisoblanadi. Hech kim xursandchilikdan suitsidga qo’l urmaydi;
-umumiy suitsidal hissiyot yordamga muhtojlik hisoblanadi. Suitsidal holatda odam umidsizlik, kuchsizlik, g’amginlik ko’p hollarda depressiyaga tushadi;
-suitsidning umumiy ichki holati ikkilanish hisoblanadi. Bu bir-biriga qarama-qarshi tuyg’ular, ya’ni sevgi va nafrat tuyg’ularini bir vaqtda boshdan kechirish. Har bir suitsident o’lishni, lekin shu bilan bir vaqtda uni qutqarib qolishlarini xohlaydi;
-suitsidda umumiy harakat qochish hisoblanadi. O’z joniga qasd qilishdan maqsad biron narsadan qochish hisoblanib, uning fikricha, eng muhimi o’z hayotini o’zgartirish;
-hayotda o’zini tutishning umumiy qonun-qoidalariga muvofiqlik ob’ektiv qonuniyat hisoblanadi;
I.V.Konochuk tomonidan suitsidning 3 ta asosiy vazifasini sanab o’tgan:
1.Murojaat, “yordam so’rash”.
2.Muammolarni hal etishdan qochish, “chidab bo’lmas og’ir hayotiy vaziyatlardan uzilish”.
3.Emotsional zo’riqishlarni yo’qotish usuli sifatida munosabat bildirish.
G.Seyr suitsidal harakat oldidan hissiyotlarni tahlil qilib, o’z joniga qasd qilishning 4 ta asosiy sabablarini belgilagan:
-yakkalanib qolish (hech kim seni tushunmaydi, sen bilan hech kimning ishi yo’qdek his qilish);
-ojizlik (hayotingni nazorat qila olmaysan, hammasi senga bog’liq emasdek his qilish);
-umidsizlik (kelajakdan hech qanday yaxshilik kutmaslik);
-o’zini ahamiyatsizdek his qilish (qadr-qimmati tahqirlangan, o’ziga past baho berish, biror masalani hal qilolmasligidan qayg’urish, o’zidan uyalish).

Download 299.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling