43
umumlashtirish uchun) qo’llaniladi. U eksperiment
natijalarining aniq
baholanishini, xulosalarning ishonchli bo’lishini ta'minlaydi.
Tadqiqot natijalari va ularni amalda tatbiq etish. Pedagogikada bu jarayon
turli yo’llar bilan amalga oshirilishi mumkin.
Chunonchi, tadqiqotchilarning
seminarlarda, ilmiy konferensiyalarda tadqiqot natijalari bo’yicha ma'ruzalar bilan
chiqishi,
ilmiy maqolalar, kitoblar nashr etilishi, o’qituvchiga mo’ljallangan
metodik tavsiyalar bo’lishi mumkin. Pedagogikada hali hal etilmagan muammolar
juda ko’p. Bular ilmiy tadqiqot olib borish yo’li bilan hal etiladi.
Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar:
1. Pedagogika nima bilan shug`ullanadi, nimalarni tadqiq qiladi?.
2. Qaysi ulug` adiblar ta`limiy-tarbiyaviy xarakterdagi asarlarni yaratganlar?
3. XX asrda O`rta Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotiga hissa qo`shgan
olimlar kimlar edi?
4. Asosiy pedagogik tushunchalarni sanang va izoxlang
5. Pedagogika fanining qanday ilmiy tadqiqot metodlarini bilasiz? Ularni misollar
bilan tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: