Pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
R.Ergashev darsligi
“Integratsiya” tushunchasi XVIII asrdayoq Spenser tomonidan izohlangan
edi. Biz ham integratsiyani tafakkur o‘stirish omili sifatida qarab, uni fanlararo aloqa hamda ta’lim shakllarini sintezlash tarzida talqin etishga harakat qildik. Professor R.A.Mavlonova shunday yozadi: Integratsiya – “butun” degan ma’noni bildiradi, demak, bu tafakkur o‘sishi jarayonining turli qism va integratsiya atama va uslubiy nuqtaiy nazardan hodisa sifatida nima ekanligini ko‘rib chiqaylik. “Integratsiya” so‘zi lotincha integratio-tiklash, to‘ldirish, “integer” butun so‘zidan kelib chiqqan 2 . Ma’lumki, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” e’lon qilingandan buyon o‘quv rejasidagi fanlarning soni boshlang‘ich ta’limda 10 taga etdi. O‘quv fanlari miqdorini oshirish, albatta, har doim ham ijobiy natija beravermaydi. Hozirda boshlang‘ich ta’lim mazmuniga ham, sifatiga ham zamonaviy talablar qo‘yilmoqda va ularga mos davlat me’yoriy hujjatlari (Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha nizomlar, konsepsiyalar, Davlat ta’lim standartlari, uzviylashtirilgan davlat ta’lim standartlari va ularga mos o‘quv dasturlari va shu kabilar) tayyorlangan. Bunda boshlang‘ich sinflar bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bolalarning bitta o‘qituvchi qo‘lida ta’lim olishi maqsadga muvofiqdir. Chunki, 2 Mavlonova R., Rahmakulova N. Boshlang’ich ta’limni integratsiyalash. – T., 2011. 67 boshlang‘ich ta’lim mazmunini o‘quvchilar ongiga singdirishda ma’lumotlarning uzluksizligi va uzviyligini o‘qituvchi tomonidan ta’minlash o‘quvchilar o‘zlashtirishini yuksaltirishga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va bu orqali oddiydan murakkabga (osondan qiyinga) qarab bayon qilinayotgan ma’lumotlarni o‘rganishga mustahkam didaktik asos yaratiladi. Ushbu sohada Respublikamiz olimlari va mutaxassislari ko‘pgina ilmiy- amaliy ahamiyatga molik tadqiqotlarni olib bormoqda. Ularning ishlari tufayli boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi ham mazmun jihatidan, ham sifat jihatidan boyib, takomillashib bormoqda. Ushbu sohada Sh.Abdullaeva, B.Adizov, M.Botirova, A.Bekmurodov, R.Ibragimov, X.Ibragimov, R.Mavlonova, M.Mahmudov. U.Musayev, Sh.Muhiddinova, G.Najmiddinova, R.Nurjanova, N.Ortiqov, Z.Otaxonova, S.Ortiqboeva, S.Rajabov, O.Roziqov, R.Safarova, Z.Tojiyeva, X.To‘raqulov, I.To‘raqulova, N.Usmonov, O‘.Farmonov, M.Xolmatov, R.Hasanov, M.Haydarov, O.Hasanboyeva, N.G‘oyibnazarova va shu kabilarning ta’kidlashicha zamonaviy o‘qituvchi quyidagi talablarga javob bermog‘i lozim: • o‘qituvchi o‘zining tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘rta umumta’lim maktablarida o‘tiladigan barcha fanlar asoslarini chuqur egallagan bo‘lishi kerak; • zamonaviy o‘qituvchi o‘z o‘quvchilarini ma’naviy va ma’rifiy jihatdan savodxon bo‘lishiga erisha olishi, milliy mafkurainiz g‘oyalarini o‘z o‘quvchilari ongiga va qalbiga singdira olishdck intellektual salohiyatga ega bo‘lishi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar haqida chuqur bilimga ega bo‘lishi kerak; • pedagogika, psixologiya va maktab gigienasi fanlari bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi; • o‘qituvchi o‘z kasbi bo‘yicha jahon ilm-fani erishgan yutuqlardan doimo xabardor bo‘lishi va innovatsion la’lim texnologiyalaridan o‘z kasbiy faoliyatida doimo foydalanib borishga ci ishmog‘i lozim; • ta’lim va tarbiyaning didaktik asoslarini chuqur egallagan bo‘lmog‘i lozim; • o‘z kasbiga nisbatan ijodiy munosabatda bo‘lishligi, ya’ni o‘z amaliy faoliyatini ilmiy-metodologik asosda olib bora olishligi kerak; 68 • o‘z o‘quvchilarining ichki dunyosiga kirib bora olishlik va ularni milliy g‘ururli hamda Vatan fidoyilari qilib tarbiyalashga ko‘maklasha olishligi lozim; • pedagogik mahorati va o‘z kasbiga tegishli bilimlar bazasini muntazam ravishda yuksaltirib borishligi va shu kabilar. Boshlang‘ich ta’lim mazmuniga bag‘ishlangan tadqiqot ishlari respublikamizda ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan olib borilmoqda. Ular to‘g‘risida respublika bo‘yicha tashkil etilayotgan ilmiy-amaliy anjumanlarda ko‘plab ma’lumotlar topish mumkin. Quyida ulardan ba’zilarining tadqiqot ishlaridan ma’lumotlar beramiz: 1. Tadqiqotchi – olim R.Ibragimovning “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilish faoliyatini shakllantirishning didaktik asoslari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasida kichik maktab yoshdagi maktab o‘quvchilarining bilish faoliyatini shakllanlirishga yo‘naltirilgan didaktik asoslar va unga mos ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab ehiqilgan. Bu ta’lim mazmunini takomillashtirishga innovatsion yondashuv qilishga ilmiy-uslubiy asoslardan biridir. Ushbu dissertatsiyaning qimmatini oshiruvchi himoyaga olib ehiqiladigan holatlar ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatini shakllantirishda mustahkam didaktik asos bo‘la oladi. 2. “Boshlang‘ich ta’lim mazmunini prognostika qilishning pedagogik omillari” mavzusidagi R.U.Nurjanovaning nomzodlik dissertatsiyasi boshlang‘ich ta’lim mazmunini prognostika qilishning pedagogik omillarini aniqlash va boshlang‘ich ta’limning yangi mazmunini belgilash bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Unda quyidagi ilmiy natijalar qo‘lga kiritilgan: boshlang‘ich ta’lim mazmunini prognostika qilishning ijtimoiy - pedagogik omillari belgilab chiqilgan; boshlang‘ich ta’limning istiqboldagi mazmunini belgilashning didaktik asoslari tadqiq etilgan; boshlang‘ich ta’limning istiqboldagi mazmuni va uning samaradorlik darajasi bir necha usullar yordamida aniqlangan. Ushbu tadqiqot ishining amaliy jihatdan ahamiyatli joyi shundaki, unda boshlang‘ich ta’lim mazmunining davlat va jamiyat taraqqiyoti talablari asosida belgilab berilgan yangi mazmuni ishlab chiqilgan. Bu tadqiqot ishi natijalari 69 boshlang‘ich ta’lim jarayoni uchun yangi mazmundagi o‘quv dastur, darsliklar, o‘quv-metodik qo‘llan-malar, didaktik materiallar ishlab chiqishga asos bo‘ladi 3. Tadqiqotchi A.Meliboevning tadqiqot ishi malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘z o‘quvchilariga ekologik ta’lim berishga, tayyorlashga bag‘ishlangan bo‘lib, unda malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ekologik bilim berishga tayyorlashning pedagogik shart- sharoitlarini aniqlash hamda o‘quvchi-larda ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirishga ynaltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish masalalari qaralgan. Ushbu tadqiqot ishidagi o‘qituvchilarni ekologik bilim berishga tayyorlash jarayonida ularning bilishlari lozim bo‘lgan ekologik bilimlar mazmuni va hajmi aniqlanganligi diqqatga sazovordir [40]. 4. Tadqiqotchi G.Boymurodovaning dissertatsion ishi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy-shaxsiy tayyorgarligining texnologik tizimini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Ushbu tadqiqot ishidagi quyidagi olingan natijalar e’tiborga molikdir: bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy-shaxsiy tayyorgarligini ta’minlashning texnologik tizimi ishlab chiqilgan; bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy-shaxsiy tayyorgarligini amalga oshirishning qulay shart-sharoitlari va vositalari aniqlangan; bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy-shaxsiy tayyorgarligini ta’minlashga ynaltirilgan texnologik tizimning samaradorligi bir necha usul bilan tahliliy aniqlangan. 5. Tadqiqotchi B.Sabirovning dissertatsiya ishi boshlang‘ich ta’limda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishga bag‘ishlangan bo‘lib, u “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini informatika ta’limiga tayyorlash metodikasi”, deb nomlanadi va unga boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini informatika ta’limiga tayyorlashning mazmuni va metodikasini ishlab chiqishni tadqiqot maqsadi qilib olingan. Mazkur tadqiqot ishida qo‘lga kiritilgan yutuqlardan quyidagilar o‘quvchilarni informatika ta’limiga tayyorlashning mazmuni va metodikasini boyitishga sezilarli ta’sir qiladi: boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarga informatika elementlarini o‘rgatishning ijtimoiy-pedagogik xususiyatlari aniqlangan; 70 boshlang‘ich sinflarda informatika elementlariga oid dastlabki bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishning didaktik imkoniyatlari aniqlangan; boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga informatika elementlarini o‘rganishga qaratilgan o‘quv faoliyat tuzilmasi ishlab chiqilgan; boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga informatika elementlarini o‘qitishning mazmuni va metodik tizimi ishlab chiqilgan; boshlang‘ich sinflarda informatika elementlariga oid dastlabki bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan pedagogik dastur vositalari majmui tayyorlangan 6. Tadqiqotchi G.Najmiddinovaning ta’lim oluvchilar o‘quv-biluv faoliyatini shakllantirishga bag‘ishlangan dissertatsion ishi “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘quv-biluv faoliyatini shakllantirishning didaktik asoslari”, deb nomlangan. Unda tadqiqot oldiga qo‘yilgan muammoga mos didaktik va psixologik imkoniyatlar aniqlangan hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-biluv faoliyatini shakllantirish texnologiyasi ishlab chiqilgan Endi bu borada olib borilgan boshqa tadqiqotlar haqida ham to‘xtalamiz. Z.Otaxonovaning tadqiqot ishlari bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini tayyorlashni takomillashtirishga bag‘ishlangan bo‘lib, ularda ko‘proq bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini tayyorlashning pedagogik-psixologik asoslari tadqiq etilgan. Ularda asosan bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogik-psixologik xususiyatlari quyidagicha ifodalanadi: o‘qituvchilarning o‘z Ona Vataniga sodiqligi, o‘z o‘quvchilarini sevishi va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalay olishligi; o‘z ona tilini ulug‘lashi; o‘z xalqi va uning madaniyatini sevishi haqida o‘z o‘quvchilarini davlat mustaqilligi ruhida tarbiyalay olishi; o‘qituvchining ma’naviy etukligi va olijanobligi; o‘qituvchining o‘z o‘quvchilari oldida o‘zini tuta bilishi va ya’ni ibrat-namuna ko‘rsata olishi. Ushbu xususiyatlar shunisi bilan ham qimmatliki, ular tufayli bo‘lajak o‘qituvchilar o‘z o‘quvchilarini ma’naviy jihatdan tarbiyalashga tayyor bo‘ladi. Bu hozirda bo‘lajak mutaxassislarga qo‘yiladigan davlat talablaridan biridir. Bunday talab bo‘lajak mutaxassislarni ma’naviy jihatdan etuk va kasbiy jihatdan barkamol qilib tarbiyalashdan iboratdir. 71 Bu borada tadqiqotchi S.Usmonovning tadqiqot ishlari diqqatga sazovordir. Uning nomzodlik dissertatsion ishi ham boshlang‘ich sinflarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishning pedagogik asoslarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Undagi boshlang‘ich sinflarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi o‘quvchilarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishga salmoqli hissa qo‘sha oladi. Bu esa o‘quvchi-yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga keng imkoniyatlar yaratadi . Yuqorida keltirilgan ishlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich ta’lim mazmunini istiqbolga ynaltirilgan holda belgilash lozim ekan. Kichik maktab-boshlang‘ich ta’lim kamolot bosqichi yosh va pedagogik psixologiya fan sohalari shaxs rivojida eng mas’uliyatli va muhim rivojlanish davridan birini tashkil etadi. • Psixologiya fanlari doktori, professor K.Mamedov fikri: “Umuman ta’limga, xususan boshlang‘ich ta’limga e’tibor, aytish kerakki, faqat mustaqillikdan so‘nggina ijobiy tomonga o‘zgardi. Bu tabiiy hoi. Chunki, boshlang‘ich ta’limda bolalarimizga ilmiy bilim asoslaridan etarli bilim berilmasa, undan keying! rivojlanish davrida buning o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydi”. • Pedagogika fanlari doktori, professor R.Safarova fikri: “Boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘qituvchilar o‘quvchilarda quyidagi ko‘nikmalarni shakllantirish ustida alohida ish olib borishlari talab etiladi: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalash; niuayyan mavzu doirasida bosqichma-bosqich kengaytirilgan murakkab inatnlar yaratish; muayyan mavzuni batafsil tavsiflash; mavzuni tavsillashda ona tilining ifoda imkoniyatlari va so‘z boyliklaridan samarali foydalana olish; matn yaratishda imloviy, uslubiy talablarga rioya qilish kabilar. Boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchilar o‘quvchilarning mustaqil, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantrish, o‘z fikrlarini mustaqil bayon qila olish, egallagan bilimlarini ijtimoiy faoliyatlarida qo‘llash hamda ta’limning ikkinchi bosqichida o‘qishni davom ettirish uchun zaruriy tayyorgarlik darajasini ta’minlashga erishishlari talab etiladi”. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling