Pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
R.Ergashev darsligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.6. Boshlang‘ich ta’lim fanlarini o’qitishda innovatsion yondashuv
- Birinchi bosqich
- Uchinchi bosqichda
Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar:
1. Dars ta’limida rivojlantirish texnologiyasi nimalardan iborat? 2. O‘quvchilarning bilimini baholash texnologiyasi deganda nimani tushunasiz? 3. O‘quv usullarini aniq klassifikatsiyalash (tasniflash)ga misollar keltiring, uning o‘ziga xos xususiyatlarini ayting. 2.6. Boshlang‘ich ta’lim fanlarini o’qitishda innovatsion yondashuv Innovatika muammolariga murojaat etish va ularni muhim zamonaviy ilmiy fikrlash yo’nalishlariga qo’shish, jamiyatda innovatsion jarayonlar dinamikasi o’sib borayotganini tushunish natijasi bo’ldi. Bizning adabiyotlarimizda innovatsiya muammolari ko’p vaqtgacha iqtisodiy tadqiqotlar tizimida o’rganib kelindi. Ammo vaqt o’tishi bilan jamiyat hayoti faoliyatining hamma sohalarida innovatsion o’zgarishlar sifat harakteristikalarini baholash muammosi yuzaga keladi, ammo bu uzgarishlarni faqatgina iqtisodiy nazariyalar bilan aniqlab bulmaydi. 85 Innovatsion jarayonlarni o’rganish uchun boshqa yo’llar zarur, unda innovatsion tahlil faqatpgaa Fan va texnika erishgan zamonaviy yutuqlaridan foydalanishnigina o’z ichiga olmay, balki boshqarish, ta`lim, huquq va boshqa sohalarni ham qamrab oladi. Olimlar yangiliklar kirtishni tekshirish uch bosqichga ajratadilar. Birinchi bosqich, yangiliklar muvaffaqiyatiga yordam beruvchi yoki to’sqinlik qiluvchi omillarni o’rganish va turli xil yangiliklar ko’pgina empirik ma`lumotlarni analiz qilish bilan bog’liq. Ikkinchi bosqich, yangilik kiritish jarayonining o’zini, ularni bir soha muhitida ikkinchi sohaga olib o’tish mexanizmini hisobga olish bilan birgalikda o’rganish deb qaraydilar. Uchinchi bosqichda, tadqiqotchi diqqati turli xil innovatsion vaziyatlarni analiz qilish, tavakkalchilikni baholash metodlarini ishlab chiqish, yangiliklarni kiritish sohasida tavsiyanomalar yuzaga keltirishga qaratiladi. Bu bosqichda innovatsion siyosat davlat faoliyati bo’lib qoladi. Pedagogik innovatsion jarayonlarni G’arbda 50 yillar oxirlaridan boshlab bizning mamlakatimizda keyingi 10 yillikdan boshlab olimlar maxsus o’rgana boshladilar. Jahon pedagogik jamoatchiligining qiziqishi maxsus innovatsion xizmat, nashriyot, jurnallar nnnovatsion maqolalar ko’rinishida bo’lyapti. Xususan YUNESKO qoshida ta`limni rivojlantirish Osiyo pedagogik innovatsiyalar markazi mavjud bo’lib, dunyodagi turli mamlakatlardagi pedagogik yangiliklarni umumlashtirib, ta`lim masalalari bo’yicha xalqaro byuro bilan birgalikda pedagogik jamoatchilikka maxsus nashrlarda ular haqida ma`lumotlar tarqatadi. Bizning mamlakatimizda pedagogik innovatsiyaning rivojlanishi keng jamoatchi-pedagoglar harakati maktabning tez rivojlanishiga bo’lgan talab va uni pedagoglar amalga oshira bilmasliklari o’rtasidagi yuzaga kelgan qarama- qarshiliklar bilan bog’liq. Yangiliklarni qo’llash umumiyligi kengaydi. Shu sababli yangi bilimlarga bo’lgan talab, yangi “yangilik”, “yangi innovatsiya”, “innovatsion jarayon” tushunchalarini anglash talabi keskinlashdi. 86 Innovatsion jarayonning mikrostrukturasini o’rganib olishlar yangilik kiritishning “hayotiy tsikli, (davri)” kontseptsiyasini alohida ko’rsatdilar, u yangilik kiritish vaqt davomida o’tab boradigan jarayon degan fikrdan kelib chiqadi. Bu jarayonda yangilikni yaratilishi va ijro etilishini ta`minlovchi faoliyatlarni turlarga ajratuvchi bosqichlarga bo’linadi. Shu davrga kelib ilmiy adabiyotlarda quyidagi innovatsion jarayonni bosqichlarga ajratish sxemasi mavjud: 1.Yangi g’oya paydo bo’lishi yoki yangilik kontseptsiyasn yuzaga kelish bosqichi; uni shartli ravishda fundamental va amaliy ilmiy tekshirishlar (yoki birdan paydo bo’ladigan) natijalaridan kelib chiqadigan yangilik bosqichi deb ataydilar. 2.Kashf etish vaqti, ya`ni amalga oshgan ob`ekt, moddiy yokya ma`naviy mahsulot namuna ko’rinishidagi yangilik yaratish. 3- bosqichda yaratilgan yangilikka amaliy ko’payish topilib uni qo’shimcha ishlab mukammallashtirish amalga oshiriladi; bu bosqich yangilik kiritishdan mustahkam samaradorlikka erishish bilan yakunlanadi. Shundan so’ng yangilikning mustaqil mavjudligi boshlanib, yangilik kiritish jarayoni keyingi bosqichga o’tadi, bu bosqich faqatgina yangilikni qabul qilish shartidagina amalga oshadi. Yangilikdan foydalanish davrida keyingi bosqichlar ko’rinadi. 4- bosqichda yangilikning tarqalishi uning yangi sohalarga diffuziyalanib (qo’shilib) keng tatbiq etilishidan iborat. 5- bosqich yangilikning biror sohada hukmron bo’lishi, bunda xususan yangilik o’z yangiligini yo’qotib, yangilik sifatida mavjud bo’lmay qoladi. Bu bosqich yangi samarali yangilik paydo bo’lishi yoki uning yanada samarasi bilan almashishi bilan yakunlanadi. 6- bosqich yangilik qo’llanilishi doirasi qisqarib uning yangi mahsuldori bilan almashadi. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling