Pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
R.Ergashev darsligi
“Innovatsiya” so’zi
lotinchadan kelib chiqqan, uning tarjimasi yangilanish, o’zgartirish, yangilik kiritish degan ma`noni bildiradi. 87 Yuqorida keltirilgan innovatsion jarayonning bir-birini vaqt bosqichida ketma- ket almashtirib, muntazam tizim uning real rivojlanib borishining soddalashtirilgan sxemasini ifodalaydi. Biror aniq innovatsion jarayon bu bosqichlarni o’z ichiga olnb, ular ketma-ketligi va bog’liqligiga so’zsiz rioya qilishi shart emas. Yangilik kiritishni yangilikni yaratish va tarqatish kompleks va maqsadga muvofiq jarayoni sifatida qarab, uniig maqsadi inson talab va ehtiyojlarini yangi vositalar bilan qondirish bo’lib, bu samaradorligi, muntazam va hayotiyligini ta`minlovchi uslub va tizimlarni ma`lum sifatli o’zgarishiga olib keladi. Innovatsion jarayon boshqa sifatli holatga o’tish, eskirib qolgan qoida, vaziyat va ahamiyatlarni qayta ko’rib chiqish bilan bog’liq bo’ladi. Bir darajali qator yangiliklar (yig’indisi) umumiyligi innovatsion yaxlitligini tashkil etadi. Yangilik kiritish ichki mantiq va yo’nalishlarga ega bo’lib, u yangilik g’oyasi (fikrni) tug’ilishidan to uning foydalanila boshlanishigacha bo’lgan harakterlarni rivojlantirish ham innovatsion jarayon ishtirokchilari o’rtasidagi munosabat mantig’ini ifodalaydi. Shu tariqa yangilik kiritish dinamik tizim bo’lib, ichki mantiq kabi vaqt davomida qonuniy rivojlanishi, uning atrof muhit bilan o’zaro bog’liqligini ifodalaydi. Innovatsion jarayoni tuzilishi yangilikning bir bosqichidan ikkinchi bosqichiga o’tib borishi bilan o’zgarib boradi. Shu bilan birga yangilikning dinamik xususiyatlaridan uning natija-yakuni va samarasi bog’liq bo’ladi. Yangilikning yakunlaganligi yoki uning imkoniyatlari amalga oshirilganlik darajasi innovatsion jarayon-ning hamma bosqichlari qanchalik muvaffaqiyatli o’tib borishiga bog’liq bo’ladi. Oddiy ishlab chiqarishdan kengaytirilganiga o’tish keskin vaziyat hisoblanadi, bu o’tish amaliyotda ko’p hollarda amalga oshiril-maydi, bu hol qaysi bir yangilikning yakunlanmasligiga sabab bo’lib, ko’pgina innovatsion muammolar mavjudligini yuzaga keltiradi. Yangilikning yakunlanganligidan uning samaradorligini belgilash kerak, ya`ni innovatsion jarayon amalga oshirilayottan tizim, turli ko’rsatkichlarga yangilikning amalga oshirilgan imkoniyatlari ta`sirini aniqlash mumkin, shu bilan birga ularning o’zaro bog’liqligi yaqqol ko’rinadi. 88 “Innovatsion” terminiga yaqin bo’lgan tushunchalar “o’zgarish”, “mukammallashtirish”, “isloh qilish” tushunchalari hisoblanadi. Ammo ular o’rtasida ma`lum fikrlar ham mavjud. Yangilik-pedagogik tekshirishlarni baholash asosiy o’lchovlaridan biri bo’lib, u iqtisodiy jarayonning asosiy natijasi, bu har qanday yangilik kiritishning mustaqil qimmati va xususiyatidir. “Yangi” tushuncha innovatsion pedagogikada markaziy tushunchalardan biri hisoblanadi. Agarda birinchi – “birinchi yaratilgan” – ta`rifi ilgari umuman ma`lum bo’lmagan biror narsa haqida tasavvur bersa, keyingi yaqindan beri va ayniqsa “yangitdan ochilgan” – ta`riflar esa yangilikda qandaydir darajada “eskilik” elementi, nimadir, ilgari bo’lgan biror narsa borligini ifodalaydi. Shu tariqa yangilikning ikki turi haqida gapirish mumkin. 1. Birinchi marta yaratilgan yangilik. Bu yangilik ixtiroga teng, ya`ni yana o’rnatilgan yangi haqiqat demakdir. 2. Avvalgi mavjud bo’lgan nazariyani yanada takomillashtirib, zamonaga moslashtirishdan iborat. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling