Pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/69
Sana17.09.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1679945
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   69
Bog'liq
R.Ergashev darsligi

“a’lo” (besh) – dastur talablariga to‘liq hajmdagi bilimlarni egallagan 
o‘quvchiga qo‘yiladi; 
“yaxshi” (to‘rt) – dastur talablarini to‘la hajmda arzimas kamchiliklar bilan 
(masalan, materialni bayon etish mantiqi buzilgani va boshqalar) o‘zlashtirgan 
o‘quvchiga qo‘yiladi. 
“qoniqarli” (uch) – o‘quvchining bilim darajasi juda past bo‘lib, unga 
keyingi materialni o‘rganishida ilgarilashiga yordam beradigan bilim hajmiga 
qo‘yiladi; 
“qoniqarsiz” (ikki) – o‘quvchi o‘zidagi juda past bilimi bilan ilgarilashiga 
qodir bo‘lmasa qo‘yiladi; 
“yomon” (bir) - baho o‘quvchi hech narsani bilmaganda qo‘yiladi. Bu 
so‘nggi baho juda kam qo‘llanib, uning mazmuni deyarli “ikki” bahoga tengdir. 


83 
Bilimlarni baholashda xolislikni (obyektivlikni) saqlagan holda, ba’zi holatlarni 
ham nazarda tutish lozim: masalan, joriy yoki yakuniy bilimlar baholanadi (yozma 
ish, chorak bahosi va b.); 
- o‘quvchining intilishi, uning o‘quv ishlaridagi barqarorligi va h.k. O‘quv 
fanining xususiyatlarini, ba’zi bo‘limlar, ularning aloqadorligini o‘zlashtirish 
holatini nazardan qochirmaslik zarur. 
O‘quvchilar bilimini tekshirish va baholashning an’anaviy tizimi jiddiy 
nuqsonlarga ega, negaki u ta’limiy, tarbiyaviy, diagnostik va rag‘batlantirish 
funksiyalarini zarur darajada amalga oshirmaydi. Modomiki, shunday ekan, undan 
voz kechish yoki uni yanada takomillashgan shakliga almashtirish maqsadga 
muvofiq emasmikan? 
Ehtimol, bahoning jazolash vazifasidan xalos bo‘lgan o‘quvchilar yaxshiroq 
o‘qish va ta’limiy burchlariga ancha vijdonan munosabatda bo‘lar edilar. Bugungi 
kunda o‘quvchilarning o‘zlari bahoga qanday munosabatda bo‘lyaptilar? 
Boshlang‘ich sinflardagi o‘quvchilarning 98 foizi baho saqlanishi zarurligini 
aytadi. Bahoni bekor qilish o‘qitishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga, o‘qitishni ichki 
shakllantirishga yordam beradi, degan fikr ham o‘zini oqlamadi. 
O‘rta va yuqori sinf o‘quvchilarining o‘quv faoliyatini baholash zarurligini 
qayd etganlar soni boshlang‘ich maktabdagidek bo‘lishiga ishonamiz, albatta. 
Baholarni bekor qilish maqsadga muvofiq emasligi bir qiziq psixologik 
tadqiqotdan ham ma’lum. Amerikalik psixologlar o‘quvchilar o‘quv faoliyati 
natijalariga baho ta’sirini aniqlashga qaror qildilar. Eksperiment maqsadiga ko‘ra, 
bir sinfda o‘quvchilar muayyan vaqt davomida javoblarining aniqligi va to‘liqligiga 
e’tibor qilmay, faqat maqtaldi. Boshqa sinfda faqat tanqid qilindi, uchinchisida esa 
biron-bir baho berilmadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, bilish faoliyati 
maqtalgan sinflarda eng yuqori yutuqlarga erishilgan, eng yomon natija o‘quv 
faoliyati tanqid qilingan sinfda emas balki bilish faoliyati sira baholanmagan sinfda 
vujudga keldi. O‘qituvchining o‘qitishga bo‘lgan havasi qanchalik ko‘p bo‘lmasin, 
bilish faoliyatining ichki motivlari qay darajada shakllangan bo‘lmasin, u hamisha 
tashqi motivlashtirishga, tashqaridan maqtash va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘ladi. 


84 
Bola ko‘z o‘ngida o‘qituvchi qanchalik ahamiyatli, obro‘li bo‘lsa, uning maktabda, 
asosan, baholash va baholarda aks etuvchi maqtovlari shunchalik qadrli va 
ahamiyatli bo‘ladi. 
Pedagogik baholash bilimni dastur talablari va ta’lim andazalariga qiyoslab 
aniqlabgina qolmay, balki o‘quvchilar bilim faoliyatini motivlashtiradi va 
rag‘batlantiradi. 
Yuqoridagilardan xulosa shuki, bahoni bekor qilish pedagogik jihatdan ham, 
psixologik jihatdan ham o‘zini oqlamaydi. Bunday qator kamchiliklari bo‘lsa-da, 
besh ballik baho tizimiga muqobil xili topilganicha yo‘q. Shuning uchun gap uni 
takomillashtirish, o‘quvchilar bilimini baholashda xatoga yo‘l qo‘ymaslik haqida 
borishi kerak. 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling